Aqlning yo’li – demokratiya

Daniyada (bu yanglish habar, Solih Norvegiyada yasayapti, — Tahr.) surgunda yashayotgan O’zbek muxolifati lideri Solih, “Radikal” gazetasiga “Karimovning Turkiyaning yordamiga mahkum ekanini, ammo Turkiyaning manfaatlari O’zbekistonda demokratuyani qo’llasda ekanini ta’kidladi 

Jeyda QORON

Radikal, 15 yanvar, 2001 yil

Jeyda Qoron: Bosh Vazir Bulend Ecevit bir paytlar sizning she’r kitoblaringizga so’zboshilar yozar va sizning “erk masalasini baland ko’targaningizni” aytar edi. Sobiq Prezidentlar O’zal va Demiral ham sizga qo’l qanot kerib, yordam bermoqchi edilar, endi nima bo’ldiy-u yordamga eng muhtoj bo’lgan bir davrda sizni chetga chiqardilar. Nima bo’ldiki, ”bu masala” Turkiyadan quvildi?

M. Solih: Turkiyaga ilk kelganimda butun siyosiy liderlar bilan tanisgandim va bir Turkistonli o’laroq Turkiya siyosiy hayotidagi sog’-so’l (chap-o’ng qanot partiyalar) masalalariga aralashmaslikka qaror bergandim. Rahmatli O’zal O’rta Osiyoga safaridan keyin juda tushkun kayfiyatda qaytgandi. U yerdagi rejimlarning mintaqada beqarorlik paydo qila boshlaganini o’z ko’zlari bilan ko’rgandi.

17 aprel 1993 yili O’zal bilan uchrashishimiz kerak edi, ammo nasib qilmadi, o’sha kuni O’zal vafot qildi. Keyin Bosh vazirlik paytida Demirel ham muxolifatni qo’llashga so’z berdi, ammo Karimovning tazyiqi bilan so’zidan qaytdi.

Karimov kuchlilarga bosh egib zaiflardan nafratlanadigan shaxs. Turkiyaning diplomatik chekinishlarini ojizlik deb qabul qildi va darrov aktiv hujumga o’tdi. “Turkiya mening dusmanimga boshpana berdi deb elchisini chaqirib oldi. Tazyiq men Turkiyadan chiqib ketguncha devam etdi. Nihoyat men 1994da Olmonyaga ketdim. Ammo Turkiyadan xafa bo’lmadim, chegaralar uniki, istaganini bu chegaradan chiqarishi mumkin.

Ha, u paytlar Turkiyaning yordamiga ehtiyojimiz bor edi, bugun ham bor. Ammo biz yordam der ekan, demokratiyaning eksport qilinishini istayotganimiz yoq, biz demokratiyani o’z qollarimiz bilan, quvg’inlar, qamoqlar, idomlar iskanjasida qurishga mahkummiz. Biz yordam der ekan, bu og’ir bosqichda Turkuya kabi bir qardosh o’lkaning siyosiy va ma’naviy yordamini nazarda tutdik.

Jeyda Qoron: Prezident Sezar, O’rta Osyo sayohatini O’zbekiston’dan boshladi. Turkiya Tashkentga harbiy va texnik yordamlar va’da qildi, bunga qanday qaraysiz?

M. Solih: Bu ziyoratga juda sevindik. Sezar har narsani o’z ko’zi biklan ko’rdi. Biz muxolifat o’laroq Turkiyaning Turk Jumhuriyatlariga yaqinligini doim istadik, buning uchun nimani ichga yutish kerak bo’lsa yutdik. Turkiyaning O’rta Osyo siyosatini NATO strategiyasi doirasida yuritgani kutilgan samarani bermadi. NATOning Sovet davridan keyingi “O’rta Osyo davlatlarining demokratiyaga yumshoq o’tishi” umidi ro’yobga chiqmadi.

Zotan, bu rejimlarning o’zagini tashkil qilgan rahbar kadrlar demokratiyaga dushmanlik ruhuda voyaga yetgan kishilar edi. Ular “xalqimiz demokratiyaga tayyor emas” der edilar, chunki ulrning o’zlari tayyor emasdilar. Bu haqiqatni ko’rish uchun ham o’n yil kerak bo’ldi. Bu bosqichda Turkiyaning O’rta Osyo siyosati o’zgarmagani kabi O’zbekistonga ham munosabati o’zgarmadi, albatta. O’zgargan doim Karimov va uning “Turkiya siyosati” bo’ldi. Endi hurmatli Karimov og’ir ahvolda. Xalq yo’qsillikdan isyon qilishga tayyor vaziyatga kelgan, muxoliflar zindonlarga sig’mayapti, radikal islomchilar o’lka chegaralariga tinimsiz xavf solmoqda va hurmatli Karimov albatta yana Turkiyani quchoqlaydi, undan yordam istaydi, bu eng aqlli ish, chunki Turkiya yordam etmoq istagan davlatlar ichida g’arazi eng oz bo’lgan davlat.

Ishoning-ki Karimov bu og’ir ahvoldan to’la qutilmaguncha Turkiyadan yuz o’girmaydi, Turkiya siyosatini o’zgartirmaydi. Turkiya bundan foyfdalanishi kerak. Masalan, Turkiya bugungacha hech talab etmagan “inson haqlari va demokratlshuv”ni bemalol tilga keltirishi mumkin.

Karimovning “Turkiya allergiyasidan” qo’rqqan ba’zi turk byurokratlar” Karimovni hurkutib yubormaylik, og’alik qilmaylik” deya boshladilar. Vaholanki, 1994 yilgacha o’zbeklar Turkiston turklari sanalardi, Turkiya turklarini esa “usmonli turklar” deyishardi.

Karimov bugun minbardan “biz turk emasmiz” degan bo’lsa bu, faqat bu so’zlarni aytgan odam uchun to’g’ri bo’ladi. Bir zamonlar mening bobolarim sizning bobolaringizga og’alik qilgan edilar. Og’alik karvoni Ahmad Yassaviyning Onado’luga yollagan muridlaridan to (Otaturk boshchilik qilgan) Qutilish Jabhasiga qurol aslaha yetishtirib turgan Istanbuldagi o’zbek darvishllarining honaqohigacha, undan Buxoro Jumhuriyatinig Antanta iskancasida qolgan Turkiyaga yuborgan oltinlariga qadar uzangandir.

Endi navbat ukamiz Turkiyaga kelibdi. Xitoy nima deydi, Rusya nima der ekan deb istihola qilmasdan vazifangizni bajarmoq fursati keldi… Og’aning avvalambor, ukalar o’rtasida adolatni o’rnatmog’i lozimdir. So’ngra to’g’rilikni, diyonatni o’rnatmog’i kerak. Va og’aning bir zolimni qo’llashi hech mumkin emas. O’zbekistonning diktatorlik bilan boshqarilishi qanday qilib Turkiyaning milliy manfaati bo’lishi mumkin? Yo’q, bu Turkiyaning manfaati bo’la olmaydi. Juda nari borsa, bu O’zbekiston’da shirkat qurgan o’zbek diktatorining harom dasturxoniga yaqin uch-to’rtt biznesmenning manfaati bo’lishi mumkin.

Bu mintaqda Turkiyadan olgan milliyonlarini tekin olishga intilmagan, olgan qarzini vaqtida to’laydigan nomusli bir hukumat bo’lsaydi, bu Turkiyaning manfaati bo’lardi. Faqat bunday zehniyat O’rta Osiyoni idora qilayotgan liderlarga begonadir. Bunday zehniyat demokratik saylovlardagina hokimiyatga kelishi mumkin. Demak, u yerlarga demokratiyaning kelishi Turkiyaning voz kechib bo’lmaydigan manfaatidir.

Jeyda Qoron: Karimov sizni o’ziga qarshi uyushtirilgan suiqasdda aybladi, bu voqeaga aloqangiz bormi?

M. Solih: Karimov o’z-o’ziga suiqasd tayyorladi, ammo juda muvaffaqiyatsiz tayyorladi bu suiqasdni. Bir kishini o’ldirmoq uchun oltita joyda bomba portlatish qaysi dohiy provakatorning aqliga kelgan ekan?

Bomba portlatganlarga “agar aybni muxolifatga yuklasanglar qutulib ketasizlar” deyishdi va ular ham rozi bo’lishdi, ammo mahkamadan keyin darhol o’ldirildilar. Shunday qilib “suiqasd” senariyasi ham ular bilan yerga ko’mildi. Mahkama jinoyatni ochich uchun emas, uni yopish uchun qilindi. Bu mahkama portlashlarda mening ishtirokimga oid bitta ham dalil topa olmadi. Bu provakatsiya “ERK” Partiyasini saylaovlarda qatnashtirmaslik uchun qilingandi. Va ”ERK” saylovlarda qatnasha olmadi.

Jeyda Qoron: Sizning milliyatchi va dindor ekanligingiz haqida gap-so’zlar bor. O’zbekistondagi diniy oqimlarga qarashingiz qanday?

M. Solih: So’filar “Mo’minmisan?” degan savolga “ Э nshOlloh, mo’minman!” deb javob berarkanlar. Men ham ularga taqlid qilib “ Э nshOlloh, dindorman!” deb javob beraman. Lekin bu mendan boshqani qiziqtirmaydi, mening e’tiqodim bu. O’zbek milliyatchisi emasman, chunki o’zbeklarni etnik jihatdan boshqa turklardan ayri bur millat o’laroq ko’rmayman.

Jeyda Qoron: Turkiyada ba’zi doirlar tarafidan shariatchi va milliyatchi qatlamlar bilan ismingizni bog’lab gapirishadi, bu mish-mishlarning manbai qayerda sizningcha?

M. Solih: Menga shariatchi deganlarga avvalroq bir cevob bergandim, shuni yana takrorlayman: “…Ollohga inonaman, agar inonmoq shariatchilik bo’lsa, o’zbeklarning deyarli hammasi shariatchidir. Bir-ikki o’zligini tanimagan o’rtaga chiqib “men Vahhobiyman” yoki “men Xizbi ut tahrirchiman” deya Diktatorning tegirmoniga suv quyib, uning dindorlarga qilayotgan zulmini yanada o’shishiga sababchi bo’lgan bo’ldi, afsus. Ammo o’zbeklarni na diniy taassub va na da kommunistlarning ateizmi to’g’ri yo’ldan adashtira oladi. Turkiston turklari muslimon o’laroq doim o’rta yo’lni tutib kelgandirlar. Ulardan “tubdandinchi” (fundamentalist) chiqara olmaydilar. Men Turkiyada qolganim muddat ichida dindor bilan ham dindor bo’lmaganlar bilan ham ko’rishdim va bu bir kuni men uchun muammo bo’ladi deb o’ylamadim. Karimovning menga qarshi propagandasi Turkiyada g’iybat va mish-mish darajasidan yuqoriga ko’tarilmagandir.

Jeyda Qoron: Karimovning bir Prezident sifatida xalq tarafidan qo’llab-quvvatlangani haqida gapirish qiyin, u qanday qilib hokimiyat tepasida qolishga muaffaq bo’layapti?

M. Solih: Karimov klassik bir diktator sifatida atrofidagi hammadan shubhalanadi. Э kki-uch kishini istisno qilganda, atrofidagi kadrlarni davomli almashtirib turadi. Hokimiyatda qolishning yana bir tayanchi, KGB va mirshabdagi o’zbek bolmagan zobitlar. Ular yaxshi pul evaziga josuslikni ham muhofizlik vazifasini ham istalgan saviyada bajarishadi. Bu vazifani bir o’zbek bajarishdan bosh tortishi mumkin. Shuning uchun ham Karimovning hech o’zgarmagan Bosh Vaziri bir arman xotinning og’li… Bu odam o’ziga shu qadar ishonadiki, O’zbekistonda tug’ilganiga qaramasdan hali ham o’zbekchani o’rgangani yoq… O’zbekiston zindonlarida siyosiy va diniy qarashlari sababli taxminimzcha 40 mingga yaqin odam yotibdi.

Karimovning yaqinda e’lon qilingan amnistiyasi xalqqa achiganidan emas balki yangi mahbuslarga qamoqxonalarda o’rin qolmaganidan olingan bir tadbir, xolos. Karimov rejimi KGB va mirshabning kuchi bilan oyoqda turibdi. Bu ikki tashkilotning personali songi 5 yil ichida o’n baravar ko’paytirilgan. Bu tashkilotda ishlaganlar katta maosh oladilar, davlatning turli imtiyozlaridan foydalanadilar. Muhimi, biror jinoyat qilsalar, ishi hech qachon sudgacha bormaydi ularning ishi.

Jeyda Qoron: O’zbekiston xalqi nega Karimovga qarshi isyon qilmaydi hech?

M. Solih: Xalq isyonning ostonasida turibdi. Karimovning qo’rquvli ruyosi bo’lgan “islomi terroristlar” o’tgan yil 700 tagacha mujohid bor edi, bugun ularning soni 3 mingga yetdi. Bu mujohidlarning aqilli siyosati emas, Karimovning aqlsiz siyosati mevasidir. Xalq bu zolim va g’addor rejimdan qutqaraman degan har qanday to’dani qo’llash darajasiga keltirilgadir.

Jeyda Qoron: ” ERK” Partiyasi sifatida o’zbek xalqiga taklif qilgan alternativingiz nimadir?

M. Solih: ” ERK” Partiyasi O’zbekistonda milli birlikni o’rnata olishga qodir yagona tashkilot desak mubolag’a bo’lmaydi. 1991 yil dekabr oyida xalq ”ERK” Partiyasi taklif qilgan rejim alternativini ma’qullagandi, ammo Karimov saylovlarni ochiqchasiga soxtalashtirib, hokimiyatda qolish mug’ombirligini ko’rsatdi. Bizning alternativimiz: demokratik va huquq davlatidir. Iqtisodda — erkin bozor, siyosatda — xalqchil demokratiklashuv…

Jeyda Qoron: Karimov va siz haqqingizda ko’p gaplar aytilgan sarguzashtlar bor, Parlamentda bir tepki yeganingiz va Karimovga ikkita musht tushirganingiz haqida, masalan. Bu voqea qanday yuz berdi?

M. Solih: Parlamentda Karimovga “tushirigan mushtlar” doim so’z shaklida bo’lgan, jismoniy mushtlashuvga qadar tanazzul qilmadim. Karimov ham meni tepmagan, agar tepsa albatta, “qarshi tanazzul” qilishga majbur bo’lardim…

(Turkiya turkchasidan tarjima)

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *