AMERIKANING TERRORGA QARSHI SHUBHALI ITTIFOQI

(«Nyu York Times» 11.03.2002)

Sovet Ittifoqi qulaganda, mahalliy diktatorlar u bilan birga qulamadilar. Aksincha, ular bu davlatdan zudlik bilan ajralib, yaqindagina o’zlarining dushmanlari deb sanaganlari — milliyatchilar tarafiga o’tib, ularning shiorlarini baland ko’tarib oldilar. O’z jumhuriyatlarida Kommunistik Partiyaning Birinchi kotibi bo’lgan bu zotlar bir lahzada avtomatik ravishda «mustaqil davlatlarining prezidentlari»ga aylanib, o’zlarining qadrdon Kompartiyalarini haqorat qila boshladilar. Men bunday metamorfozani, yaqinda Vashingtonga kelayotgan prezident Islom Karimov misolida kuzatganman.

G’arb, bunday «turlanish»ga bir oz hayron bo’lib qaragan bo’lsa ham, o’z samimiyatidan shubhalanishlaridan cho’chib, «yangi mustaqil davlatlarni» qo’llab-quvvatlay boshladi. O’shandan beri 12 yil o’tdi va G’arb shu davr ichida biron marta ham rostakamiga bu davlatlardan inson haqlariga rioya qilish va demokratlashtirishni talab qilgani yo’q. Mintaqada doimo nimadir yuz berib turdi — yadroviy materillarning tarqalishidan qo’rquv, Rossiya yoki Xitoy bilan ziddiyatdan andisha va hakozolar doim «vaziyatni oqlab» turdi va G’arbning ushbu davlatlarga nisbatan keskin tadbir ko’rishni orqaga surdi. Yaniy, «mustaqil davlatlar» diktatorlarining doim omadi kelib turdi. Ularninng eng katta omadi 2001 yilning 11 sentyabrida, Nyu-Yorkda terroristik aksiyalar o’tkazilgan kuni keldi. Chunki, o’sha kuni, yillar davomida Amerika bilan diplomatik aloqalarda O’zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi erisholmagan yutuq bir lahzada qo’lga kiritildi… Ushbu portlashlardan bor-yo’gi 15 kun oldin Karimov, Super Davlatning hayrihohligini qozonish uchun bir necha ming mahbusga avf e’lon qilishni mo’ljallagandi, bu ro’yxatda bir necha siyosiy mahbuslar ham bor edi. Ammo 11 sentaybr portlashlaridan so’ng O’zbekiston Prezidenti avval avf haqdagi ro’yxatga nomi kiritilgan siyosiy mahbuslarni avf qilish haqdagi qarorini bekor qildi. Chunki, bunga ehtiyoj qolmadi, Super Davlatning o’zi Toshkentga keldi. Bu so’nggi «omad parvozi» shu qadar yuksak edi’ki, O’zbekiston Prezidenti endi o’zini faqat O’zbekistonninggina emas, balki, butun Markaziy Osiyoning lideri his qila boshladi. Qozog’iston, Qirgiziston, Tojikiston liderlari unga tom ma’noda hasad ko’zi bilan qaray boshladilar.

Rusiyaning siyosiy elitasi ham O’zbekistin rahbarini xavotir bilan kuzatib, Putinni uning «o’zbek do’sti» borgan sari «proamerikanizm» tarafga og’ib borayotgani haqda ogohlantirmoqda. Amerikalilarning o’zi ham shunday o’yalyotgan bo’lsa, ajab emas. Aslida esa, tom reskarisi, O’zbekiston to’ppa-to’gri antiamerikanizm sari ketmoqda edi. Albatta, agar «amerikanizm» deganda demokratiya nazarda tutilsa. Agar bu so’z zo’ravonlikka, inson erkinligini toptashlarga, davlat terroriga qarshi kurashni anglatsa…

11 sentaybrdan so’ng O’zbekiston Prezidenti avval avf etilganlar ro’yxatiga kiritilgan siyosiy mahbuslarni avf qilish haqidagi qarorini bekor qildi. (800 ga yaqin Xizbi-ut Tahrir a’zolari, huquq tartibot organlarining doimiy nazorati ostida yashash sharti bilan qamoqdan ozod etildilar, ammo siyosiy mahbuslar ozod etilmadi). Karimov endi bunday siyosiy «doping»larga hojat qolmadi, Amerika shundoq ham do’st va inson haqlari bo’yicha qanaqadir standartlarga hech ehtiyoj yo’q, deb hisoblay boshladi.

Hukumat militsiyaning jilovini mutlaqo qoyib yubordi, endi militsiyoner istagan uyiga kirib, odamlarni qamoqqa olishi, zo’rlashi va hatto o’ziga yoqmagan odamni o’ldiridhi mumkin edi. Unga prokurorlik, tergovchilik va hakamlik huquqlari berildi. Odamni o’ldirib, uni terrorist, Usama bin Ladinning safdoshi sifatida rasmiylashtirishlari mumkin. Va hech kim buning rost yoki yolg’onligi bilan qiziqib o’tirmaydi.

Davrlar bo’ldiki, Amerika o’zi yaratgan narsasini o’zi yo’q etishiga to’g’ri keldi. Afg’oniston bunga misol. Masalan, Amerika bir islomiy guruhning isyonini qo’llab-quvvatladi, keyin esa uni (Tolibon degan bir davlatga aylanganidan so’ng) yo’q qilishga majbur bo’ldi. Xuddi shunday hodisa, hozir anterror kampaniyasida asosiy davlat hisobanayotgan O’zbekiston taqdirida ham takrorlanishi mumkin.

Janob Karimovning «demokratik tadbirlari»ga kelsak, 1995 yilda u, saylovlarni chetlab o’tish uchun Referendum o’tkazdi. Bu referendumda, rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 99, 8% foiz saylovchi qatnashgan. 2000 yilgi Prezidentlik saylovlarida esa, u 92% ovoz oldi, hatto uning saylovdagi raqibi ham unga, Karimovga ovoz berganini e’lon qildi. Janob Karimov 2002 yilda yana Referendum yordamida o’z Prezidentlik muddatini uzaytirdi, bu referendumda u 91,7% foiz ovoz oldi. Amerika bu tadbirga, uni «gayrimashru» (nolegitim) deb atadi va o’z kuzatuvchilarini yubormadi.

O’zbekiston 60 millionlik aholiga ega bir mintaqaning qoq markazida joylashgan. Bu aholining uchdan biri O’zbekistonda yashaydi. Mintaqa ijtimoiy portlashga homilador bir bo’lgadir. O’zbekiston repressiv va mutajovuz davlat sifatida o’z atrofidagi qoshnilariga yomon o’rnak bo’layapti. Orta Osiyo davlatlari liderlari o’zbek Prezidentiga qarab o’z mamlakatlarida bo’layotgan ozgina demokratik siljishlarni ham to’xtatib qoyishi hech gap emas. Chunki o’zbek Prezidenti ularga qanday qilib hokimiyat muddatini uzaytirish, qanday qilib millionlab pul qozonish va ayni paytda bu post-terror dunyosida Amerikaday bir davlatning yordamini olish mumkinligini juda yaxshi namoyish qildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *