BAHROM MO’MİNOXUNOV BILDIRISHI

Men, 1958 yilda tug’ilgan O’zbekiston fuqarosi — Bahrom Mo’minoxunov, o’zimning bir siyosiy qotillikning tayyorlanishiga guvoh bo’lganim haqda ma’lum qilaman. Men bu qotillikning tayyorlanishida asosiy guvohman.

1999 yilning sentyabr oyida mening uyimga tijorat ishlari bilan bir chechen guruhi keldi, ular gap orasida o’zlarining O’zbekiston muxolifati lideri Muhammad Solih bilan tanish ekanligini aytib qolishdi va bu suhbat O’zbekiston Ichki Ishlar vazirligigacha yetib bordi. Shunda O’zbekiston Ichki Ishlar vaziri Zokir Almatov, Ichki Ishlar vazirligi xodimi Botir Tursunov, Interpol direktori Mahmud Haitovlar mendan o’sha chechen guruhi bilan uchrashtirishni so’rashdi. Men ularning iltimosini bajardim. Uchrashuv paytida chechenlarga O’zbekiston muxolifati lideri Muhammad Solihni o’ldirish uchun 2 million dollar va’da qilishdi. Biz chechenlar bilan maslahatlashib, bu haqda Muhammad Solihni ogohlantirishga qaror qildik. Bu haqda xabar topganidan so’ng Muhammad Solih, Karimov rejimining jinoyatkorona rejasini fosh qilish maqsadida bizdan Ichki Ishlar vazirligining taklifini qabul qilishimizni iltimos qildi.

Bugungi kunda bu Karimov rejimning jinoyiy mohiyatini to’la fosh qiladigan materiallar yetarlicha to’plandi.

Mening quyidagi butun gaplarim ushbu hujjatlarga asoslangandir:

Menda Interpolning O’zbekiston bo’limi Direktori M. Hayitov bilan o’tkazgan muzokaralarim aks ettirilgan video va audio yozuvlar mavjud — bu yerda ochiqdan-ochiq o’zbek muxolifati lideri Muhammad Solihni o’ldirish buyurtma qilinadi. Men 25 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 8 da Ichki Ishlar vaziri Zokir Almatov, terrorizmga qarshi kurash bo’limi boshlig’i Botir Tursunov va O’zbekiston Interpoli Direktori Mahmud Hayitovlarning O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan uning rezidentsiyasida qabul qilinib, birgalikda ushbu buyurtma muhokama qilingani haqda guvohlik beraman.

2000 yilning sentyabr oyida chechen guruhiga “bu aksiyani tayorlash uchun” 135 ming dollar naqd berildi. Qotillik uchun to’la to’lov Muhammad Solih yo’q qilinganidan so’ng berilishi kerak edi. Pul mavzui — mening Interpol Direktori Mahmud Hayitov bilan bo’lgan suhbatlarimdagi asosiy mavzudir, chunki, faqat shu mavzugina bu suhbatdoshlarimning qalbini ochishga qodir edi. Chunki, 2 million dollardan 1 millionini polkovnik Botir Tursunov va o’zbek Interpoli Direktori Mahmud Hayitov bo’lib olishlari kerak edi.

O’zbek hukumati bizga ishonishi uchun biz Muhammad Solihdan bir necha hafta bekinib turishini va uning qarindoshlari uning yo’qolib qolganini e’lon qilishlarini iltimos qildik va bu narsa haqiqatga yaqin darajada ijro qilindi. Qotillik buyurtmachilari ishonganday bo’lishdi, ammo chechenlarga qolgan 870000 dollarni to’lash uchun Botir Tursunov va Mahmud Hayitov muxolifat lideri jasadining rasmiylar tomonidan tanilishi va ERK Partiyasining radio orqali “Muhammad Solihning jasadi falon joyda topildi,” degan bayonoti berilishini talab qilishdi. Bu gaplarning hammasi audio-lentaga yozdirib olingan.

26 aprel kuni Botir Tursunov va Mahmud Hayitov “pulni bo’lib olish” masalasini batafsilroq muhokama qilish uchun Xavfsizlik xizmati raisining bir o’rinbosari bilan Moskvaga, mening yonimga kelishdi. Ular tezroq pulni olishdan juda manfaatdor edilar, shuning uchun meni tezroq “o’ldirilgan muxolifat liderining shaxsini tasdiqlash”ga undashdi.

Biz bu talabni bajara olmaganimiz uchun o’yinni suhbat eng ochiq-oydin va eng cho’qqi nuqtalarga chiqqan bir paytda to’xtatishga majbur bo’ldik.

Ammo bu bir yarim yil ichida to’plangan materiallar g’ayri-insoniy Karimov rejimining qo’rqinchli basharasini to’la ochib tashlash uchun etib ortadi.

Bahrom Mo’minoxunov

10.05.2001

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *