BAHROM MO’MINOXUNOV: ”MEN ULAR BILAN EVROPADAGI HAR QANDAY SUDDA UCHRASHISHGA TAYYORMAN…”

Muhammad Solihga qarshi Karimov hukumati tomonidan tayyorlangan suiqasdga asosiy guvohlik berayotgan Bahrom Mo’minoxunov bilan «Ozodlik» radiosi o’tkazgan suhbatdan parcha
(Suhbatning uchinchi, so’nggi bo’limi)
(19.05.2001)

Muxbirning: «Agar O’zbekiston hukumati bunday ayblovlaringiz uchun sizni sudga bersa-chi?» degan savoliga B. Mo’minoxunov shunday javob berdi:

B. Mo’minoxunov: Men ular bilan har qanday sudda uchrashishga tayyorman va ularga adresimni ham berishga tayyorman. Biroq ular mensiz ham oilamning Amerikadagi adresini bilishadi. Men buni hech qachon sir saqlamaganman. Men yana bir marta takrorlayman: ular bilan Evropadagi har qanday sudda uchrashishga tayyorman. Mening O’zbekistonda va undan tashqarida bu odamalar bilan muloqat qilganimni bilgan ko’plab guvohlarim, jumladan, sizning hamkasblaringiz — jurnalistlar ham bor. Ular mening ular bilan suhbatlarimning shohidlari bo’lishgan. Yana qaytaraman; menda ulardan yashirinish niyati yo’q. Bilaman, ular ertaga nomimga dog’ tushirish uchun meni «terrorchi, qallob, narkobaron», deb e’lon qilishlari mumkin. Buni havoga uzatishingiz yoki uzatmasligingiz mumkin, bu sizning ishingiz. Ertaga ular mening O’zbekistondagi yaqinlarimga ham bosim ko’rsatib, meni ular orqali qoralashlari ham mumkin. O’zbekistonda bu oddiy holga aylanib qolgan. Hatto o’zim ularga telefon qilib ularga, agar shunday talab qo’yishsa, mayli, gapiringlar, deyman. O’zbekistonda vaziyat shunday. Mening yoshim hozir 43 da, aqli-hushim joyida bo’lgan odamman. Nima deyotganimni va o’zimni qanday tahlika ostiga qo’yayaotganimni yaxshi bilaman.

Muxbir: Tushunishimcha, Bahrom aka, siz javob berishga tayorsiz-u, ammo buning uchun sudga berish tashabbusi bilan O’zbekiston rasmiylari chiqishlari kerak, shundaymi?

B. Mo’minoxunov: Aslo unday emas, bularning hammasi boshlanishi, xolos. Yaqin 10-15 kun ichida, xudo hohlasa, bu hodisa haqdagi yirik material katta ekran orqali namoyish etiladi. «CNN» kompaniyasi tomonidan ham bir taklif bor. Biroq bu haqda hozircha biz uzil-kesil bir qarorga kelmadik. Hozir biz materiallarni jamlayapmiz. “ERK” Partiyasi, shaxsan Muhammad Solih, hukumat ustidan, Karimov ustidan va o’sha odamlar ustidan sudga berishga tayyor. Agar ular sudga berishsa, men bu ishda asosiy guvoh bo’laman.

Muxbir: Bahrom aka, hozirgina siz «CNN» telekanalining sizga qilgan taklifi haqda gapirdingiz. Shu munosabat bilan menda bir savol tug’ildi: siz bo’lgan hodisa haqda 10-may kuni bayonat berdingiz, oradan bir hafta vaqt o’tdi, siz bilan bu suhbatni o’tkazishdan oldin men yana teletayplarni ko’rib chiqdim, nahotki, O’zbekiston hukumatiga qarshi shunday jiddiy ayblovlar bilan chiqqaningizga qaramay, xalqaro axborot agentliklari bu haqda biron axborot bermagan. Bunday e’tiborsizlikni qanday izohlagan bo’lardingiz?

B. Mo’minoxunov: Bilmadim, men bu bayonotni jahon axborot agentliklarining e’tiborini o’zimga jalb etish, men haqimda maqolalar chop etilishi, mendan intervyu olish uchun jurnalistlarning ketimdan quvib yurishlari uchun qilmaganman. Menimcha, bu o’ylab qilinayotgan siyosat bo’lsa kerak, bilmadim. Bu haqda biron narsa deyolmayman. Balki, ular bunga jiddiy qarashmayotgandir, balki, bu bir taktikadir. Balki, ular hodisaning kengroq oshkor bo’lishini, yanada asosliroq va tasdiqlangan faktlarning paydo bo’lishini kutishayotgandir. Balki, ular o’shanda bu mavzuga jiddiyroq qarashar… Balki, bu mavzu ularga qiziqarsizdir. Bilmayman, men ular uchun javob berolmayman. Men yana qaytarib aytaman, men bu narsani o’zimni reklama qilish uchun qilganim yo’q, bu menga kerak emas. Men o’zimga yarasha badavlat odamman. Hozir bu mavzu bilan taniqli jurnalistlardan biri shug’ullanmoqda. Menimcha, 10-15 kunlardan keyin, uning materiallari e’lon qilinganidan so’ng, o’ylaymanki, bu narsaga o’zingiz ham ishonasiz.

Eshittirish so’nggida prezident Islom Karimov matbuot kotibi Rustam Jumaevning so’zlari keltirilib, uning «bunday soxta lenta yozuvlarini yosh bolalar ham yasay oladi», degan gaplariga radio muxbiri: «albatta, bunday yozuvlarni yosh bolalar ham yasashi mumkin, ammo xuddi o’sha yosh bolalar bu yozuvlarning soxta yoki haqiqiyligini ham aniqlab berishi mumkin», degan so’zlar bilan yakun yasaydi.

(Suhbat qisqartirilgan holda tarjima qilindi).

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *