BU MASHAQQATLARDAN FAQAT DEMOKRATIYA ORQALI O’TILISHI MUMKIN!

Halit QAQINCH
«Star»gazetasi, 30.04.2001

Turk Dunyosi bilan oramizdagi aloqalar kunlardan bir kun orzulangan saviyaga kelajak… Turkiyaning munozarali ”og’alik” pozitsiyasi tenglar orasida oldinga chiqajak.

Ammo hamma narsa bu o’lkalarda demokratiyaning qurilishi va mustahkamlanishiga boq’liqqa o’xshaydi.

Ham o’lkalari, ham demokratiya uchun buyuk mujodalalar qilgan Turkiyadan tashqaridagi uch Turk liderni tanidim. Biri Rauf Denktashdir… Biri, makoni jannat bo’lsin, Abulfayz Elchibey edi… Uchinchisi esa, hozir surgunda yashayotgan O’zbekiston muxolifati lideri Muhammad Solihdir.

So’nggi zirva ortidan Muhammad Solihning bu mavzudagi nuqtai-nazarini keltirmak istayman:

”Og’alik sizning qo’lingizda emas-ki, og’abeylik qilmay qo’ysangiz… Og’abeylik, qardoshlik bir unvon bo’lsaydi, undan voz kecha olsangiz… U sizga Olloh tomonidan berilgan bir ne’mat, undan nega uyalasiz?

Sizning bobolaringiz bundan ming yil avval o’troq hayotdan zerikib, Turkistonning go’zal shaharlarini tark etaroq, Qafqaz vodiylaridan oshib, Onadoli yaylovlarini vatan etganlarida, mening bobolarim ularga og’alik qilgan edi.

Karvon uzun bo’ldi. Ahmad Yassaviy yo’llagan xalifalardan Temurning nevarasi Ulug’bekning shogirdi Ali Qushchiga qadar… Undan esa, Otaturk boshchilik qilgan Qutulish savashiga qurol-aslaha jo’natgan Istanbuldagi O’zbek Takkasiga qadar cho’zildi…”

“Og’aning o’zi yaxshi o’rnak bo’lmog’i lozim…”

Bu yergacha ishning adabiyot tarafi. Muhammad Solih “Moviy oqim” kabi mavzularning yangidan kun tartibiga kelgan bir vaqtda, boshqa bir narsalarni so’ylaydi-ki, to’qmoq kabi gumburlaydi:

“Og’a, har narsadan avval, qardoshlar orasida adolatni ustivor qilmog’i lozim. U qardoshlariga yolg’onning, ro’yoning va xiyonatning chirkin ekanini o’rgatmog’i kerak. Og’aning qardoshlari orasidagi zolimlarni dastaklashi mumkin emas.

Qardoshlarning inson haqlari, fikr erkinligi va boshqa umumbashariy qadriyatlarga hurmatni o’zgarmas prinsiplar o’laroq qabul etishlari shartdir. Bu mavzularda eng yaxshi o’rnakni esa, Og’aning o’zi ko’rsatmogi lozim…”

Bu mavzuda gap ochilganida, asosan, “Eng avvalo, Turkiyaning milliy manfaatlari” deya o’tib ketamiz. Yana ham to’g’rirog’i, ishning oson tomonini tutib, tom ochiq gapirolmay, gapni olib qochamiz.

Men bu nuqtada so’zni yana Muhammad Solihga bermak istayman:

Bir oz sabr…

Navbat kelajak…

“Bir O’zbekistonlik o’laroq, so’rayman: o’lkamning demokratiya bilan emas, diktatura bilan boshqarilishi Turkiyaning manfaati bo’la oladimi?

Bir diktatorlikning qardosh o’lkani kun sayin qorong’ilikka tomon sudrashi — Turkiyaning manfaatidami?

Bu – bo’lsa, O’zbekistonga moliya yotqizgan bir-ikkita xolding bilan uch-to’rt tijoratchining manfaati bo’lishi mumkin.

Agar u yerlardan rahmatli Turg’ut O’zal aytganiday, ammo amalga oshirolmay ketganiday, “bir qo’yib, ikki ola bilsangiz” bu — Turkiyaning manfaati bo’lishi mumkin edi.

U yerlarda sizni aldab, shilishni xayol qilmagan, qarzlarini qaytarib berisni o’ylaydigan hukumatlar bo’lsa edi, bu — Turkiyaning manfaati bo’lishi mumkin edi.

Bunday bir zehniyat faqat va faqat demokratik saylovlar orqaligina iqtidorga kelishi mumkin. Demokratik saylov esa, demokratik muhitda amalga oshishi mumkin. Demakki, Turkiyaning u yerlardagi manfaati — demokratiyaning u yerlarda tezroq qaror topishiga yordamchi bo’lmoqdan iboratdir.”

Muhammad Solih, qardoshim, haqlisan… Haqlisan, ammo bir oz sabr… Avval Turkiyaning o’zidagi demokratiyani begona o’tlardan bir tozalab olaylik… Oldin Og’ani yaxshi bir o’rnak qilaylik, qolgani oson…

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *