BUG’DOY VA SOMONNI QORISHTIRMOQDALAR!

Halit QOQINCH (”Star”, 27.09.2001)

Qo’rqqan narsam yuz berdi. Kechagi gazeta xabarlariga ko’ra, Vashington, Bin Ladin bilan bog’langan degan iddao bilan 27 kishining moliya-hisob daftarlari faoliyatini muzlatdi.

Bularning orasida O’zbekistonning Norvegiyada yashayotgan muxolifat lideri Muhammad Solih nomi ham bor.

Turkiyam… Dunyoning har tarafida komplo teorialari bir-birini izlarkan, mening o’lkam ham bu suronga qo’shildi. Turk dunyosini zarracha tanimagan qalamsho’rlarning hay-hayi bilan bug’doy va somonni bir-biriga qorishtirdilar. Fundamentalistlar ila mujodala nomi ostida osiyolik diktatorlar noniga yog’ suruvchi yanglishliklar qilina boshlandi.

Ma’lumotga ega bo’lmay turib, fikrga ega bo’lganlar uchun uyalaman!

Bin Ladin va Tolibon, Turk Dunyosining kelajagi uchun eng buyuk tahlikalardan birisidir. Fundamentalist oqimlarning Turk Dunyosiga yo’natgan tahdidlari yangilik emasdir.

70 YIL OLDINGI ILON YANA PAYDO BO’LDI

Bundan yuz yil oldingi tolibonlarning u paytdagi ismi «qadimchilar» bo’lib, ular avval rus bosqinchilari bilan qo’lni-qo’lga berib, Jadidchi-Turkchi oqimiga qarshi savash ochdilar. Buxoro, qadimchilarning O’rta Osiyodagi markazi holiga keldi. Yuzlarcha jadid yoshlar qatl etildi.

Qadimchilarning bosh homiysi Buxoro amiri, jadidlarni Toshkentga surgun qildi.

70 yillik kommunistik rejim ortidan, qadimchi harakat yana tiriltirildi. Arab o’lkalari va Turkiya ustidan Turk Dunyosiga tariqat eksporti boshlandi.

Sevgili do’stim tadqiqotchi Haqon Jo’shqinarslon bir kinoyali maqolasida «O’tmishning Buxoro amiri bugungi Karimovdir» deya yozgan edi. Karimov Muhammad Solih kabi demokratik qarashli ziyolilarni o’lkadan quvib chiqardi. Bu ham kamlik qilganiday, butun muxolifatni fundamentalistlikda aybladi.

Dunyoning eng boy tabiiy gaz va neft manbalariga ega bo’lgan O’rta Osiyo tashqi kuchlar tomonidan bir paytlar «yashil doira» nomi bilan atalarkan, o’z qo’llari bilan paydo qilingan mavjudot nazoratdan chiqqan zahoti, u sobiq sovetlardan qolgan diktatorlarga belbog’ vazifasini o’tay boshladi.

XATOLAR DAVOM ETAVERSA, QADIMCHILIK BITMAYDI…

Muhammad Solih sovetlar davridan beri Jadidchi-Turkchi siyosiy harakatga rahbarlik qilgan bir kishidir. Boshqacha aytganda, tarixdagi Tolibonga o’xshaganlarning Rusiya ila ittifoq tuzib, zindonlarda chiritganlari bir siyosatning yo’lboshchilaridandir. Hech bir yozuvida yoki nutqida dunyoviy siyosiy tuzumdan boshqa narsa haqida gapirmagan, gapirmaydi ham.

Muhim bo’lgan narsa, shu haqiqatning yaxshilab anglab olinishidadir: mabodo, AQSh Bin Ladinni va Tolibonni yo’q etishning uddasidan chiqqan holda ham, agar yanglish siyosatini davom ettirsa, O’rta Osiyoda qadimchilik va qadimchilarning so’nggi ko’rinmayajakdir.

Super kuchlarning vaqtinchalik hisob-kitoblariga o’yinchoq bo’lgan bu johillarga barhan berishning yagona yo’li — diktatorliklar tugatilib, demokratik o’lkalrni qurishdan iboratdir.

Amerika Qo’shma Shtatlari va erkin dunyoning aqlli boshlari ayni xatoni takrorlamasinlar… Shuncha yanglishliklardan so’ng endi bug’doy va somonning farqiga borsinlar va Osiyoga endi 19 asrning koloniyachilari singari qaramasinlar.

Ayniqsa, johillar tarafidan otilayotgan balchiqlarning izlarini farqlashni o’rgansinlar!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *