IQTIDORSIZ OSHIQ

Yog’mir OTSIZ ‘’Milliyat’’ gazetasi (Turkiya)
16.06.2000
‘’Turkiya’’ gazetasining 31 iyul kungi sonida e’lon qilingan gazetachi Yog’mir Otsizning ’’Iqtidorsiz oshiq’’ nomli maqolasida Turkiyaning samarasiz tashqi siyosati haqida mulohazalar yuritiladi. ’’Tashqi siyosat, — deya yoziladi maqolada, — «ofansif» (hujumkor) o’ynaladigan bir o’yindir. Boqing, Putin O’rta Osiyoga bir borgan edi, har narsa ostin-ustun bo’ldi! ’’Shanxay beshligi’’ degan maqsadi noaniq bir maxluqot ijod etdi, Ovraosiyo qartalari qaytadan ko’rila boshladi!

Bizning O’zbekiston diktatori Islom Karimov bilan mummomiz bor. Bu odam Turkiya va Turk qavmlaridan jirkanadi. Bundan tashqari oramizda Muhammad Solih (muxolifat lideri) va talabalar problemasi bor. Rusiyadan qo’rqish muammosi bor. O’rta Osiyodagi strategik lider va nufuzli bo’lish masalalari bor.

Rusiya o’n yil davomida maydonni Turkiyaga qo’yib berdi, Turkiya esa, ho’ril-ho’ril uxladi. Endi esa Anqaradagi ba’zi zotlarning etagiga o’t tushdi! Hurmatli bosh boqonimiz xumor qarashlari bilan Chinni sharaflandirishdan erinmaydi, nima, Toshkent Pekindan uzoqroqmi? U Osloga ketdi va Islom Karimovga yaltoqlanish uchun Turkiyadan quvililib, Osloda yashayotgan Muhammad Solihning uchrashish iltimosini rad qildi! O’zbekistondagi demokratiya uchun kurashayotgan (shoirni, uchunchi darajali shoir emas, katta shoirni) hech bo’lmaganda yarim soat qabul etsa, injulari to’kilarmidi?

Islom Karimov Olmoniyaga borganida «Temur Yildirimni yengib, Ovruponi turklardan qutqardi», degan odamdir…

Yo mujmallashmasdan harakat qil, yo, hal etolmasang, muxolif fikrga uyg’un harakat qil. Iqtidorsiz oshiq kabi na xotinni eplay olasan, na, uning ustidan tushasan! Turkiya bunday siyosatchilarga muhtojmi?» deya yakunlanadi «Turkiya» gazetasidagi bu maqola.

(Maqola qisqartirilgan shaklda tarjima qilindi)

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *