IZMA – IZ QILINGAN XATOLAR

Jengiz CHONDOR (Turkiyaning ‘’SABAH’’ gazetesi analitigi )
10. 06. 2000
Turkiya, yuksak darajada ust-ustiga qilinayotgan xatolar yomg’iri ostida qoldi. Eng tepadan boshlaylik: prezident Ahmad Sezarning ECO uchrashuvuga bormaslik qarori birinchi xato bo’ldi. prezidentning bormaslik qarorini ’’dinchi’’ vazir Mahmat Kechachining e’lon qilishi ikkinchi xato. Go’yo ECO Tehronda bo’lgani uchun diniy tashkilot-u, bu haqda e’lonni ham dindor vazir qilishi kerakday. Kulgili.

Islarining kopligi sababli prezident Sezar Eronga bora olmas emish.

Turkiyaning ham tashabbusi bilan qurulgan bir tashkilotning ko’p davlatlar prezidentlari to’planayotgan bu mashvaratdan ham o’namli nima ishi bo’lishi mumkin Turkiya prezidentining?

Qolaversa, Tashqi ishlar vazirligining Sezarning bu mashvaratga borishini tavsiye qilgani ham e’lon etilgandi. Xo’p, uning bormasligini qaysi kuch tayinladi?

Biz turgan joyimizdan Turkiya va Eron orasini qaysi Kuch Markazi, to’g’rirog’i, Tashqi Kuch markazi ochishga urinayotganini ravshan ko’rib turibmiz. Bu Kuch Turkiyani o’z mintaqasida zaiflashtirib, atrofida notinchlik paydo qilib, o’z jilovida tutishni istagan kuchdir (matn shu nuqtada qisqartirildi, — Tahr.)…

Prezident bilan bir qatorda Bosh vazir ham, ichki siyosatdagi xatolariga tashqi siyosat xatolarini qoshdi. Bosh vazir Oslo shahrida O’zbekiston muxolifat lideri Muhammad Solih bilan uchrashuvni Tashqi ishlar vazirligi maslahati bilan bekor qilgan. Bunu bugunga qadar na O’rta Osiyo, na da O’zbekistonni tanigan bir gazetachining maqolasidan o’rgandik.

Ejevitga vazirlik ’’Muhammad Solih’ning sizga aytmoqchi bo’lgan gaplarining hammasi to’g’ri bo’lishi mumkin, faqat uchrashuvingiz O’zbekiston bilan aloqalarimizning tuzatilishini qiyin mojoroga sudrashi mumkin’’.

O’zbekiston Turkiya bilan aloqalarini buzmaslikdan qo’rqayotgani yo’q. Turkiya qo’rqayapti. Bu qanaqa O’rta Osiyo siyosatidir? Sulaymon Demiral tarafidan kommunist sarqiti, Rusyaga bog’liq totalitar rahbarlarga topshirib qo’yilgan Turkiya’ning O’rta Osiyo siyosatidagi zaharli tuxumlari yo’q bo’lmadi hali.

Bu orada Muhammad Solih’ning ’’Turkiya va Turk Jumhuriyatlari munosabatlariga doir’’, degan mukammal bir maqolasi chiqdi. Ejevit www.uzbekistanerk.org sitesidan olib oq’ishi mumkin. Ertadan boshlab Turkiyaning ‘’Turk jumhurriyatlar siyosati’’ni tahlil etamiz. Va Muhammad Solihning maqolasiga ko’p-ko’p murojaat qilamiz. Atrofda bir o’lkaning Amerikadagi eng ektremistik fraksiyonlariga bel bog’lab, Turkiyada mansab orqasidan chopayotgan yuzsiz kimsa bilan Sulaymon Demiral davrida ich ve tashqi siyosatda paydo bo’lgan vayronagarchilikni bir soatda tuzatish qiyin, lekin prezident ve Bosh vazirlik o’zlarini osongina junbushga keltirishlariga yo’l qo’ymasliklari kerak. Na ich va na tashqi siyosatda…

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *