Karimov’dan Solih’ga qadar … Toshkent-Anqara hatti (liniyasi)

Halit KAKINCH
”Star” gazetasi (Turkiya),
28.12.2000-1.01.2001

(1-maqola)
Bu uzun ta’til, yaxshi bir bahona bo’ldi. Ikki oydir pishqirib-ko’pirgan suvlar tiniqlashdi, ichki sotsial zilzilalar tanaffusga chiqdi. Bu fursatdan foydalanib qator maqolalar bilan O’rta Osyodagi nufuzu eng ko’p qardosh cumhuriyat haqida batafsil yozmoqchiman. Muammoga aylangan Muhammad Solih mavzusi… 

10 yildir bu o’lkade yashagan bir eski do’stim ziyoratimga keldi, ismini zikr etmasligimni iltimos qilib shu bilgilarni berdi. Unga tashakkurlarimni bildirmoqchiman.

Voqeani boshdan boshlaylik: Perestroyka davrining so’nggi b’olimida Kreml uch qirrali bir muaommo orasida qolgandi. Sovet Ittifoqi iqtisodiy buxronda tamomila cho’kkandi. Ittifoqdagi o’lkalarning olgani berganidan ko’proq bo’la boshlagandi. Va bu o’lkalarda Rus nufuzu yerli xalqqa nisbatan borgan sari ozayar edi.

Turk cumhuriyatlarining liderlari ham bezovta edilar. Balki, Kreml ularni sinayotgandir deb xavotir olishayotgandilar.

Optimizmdan haqiqatlarga

Estonya va Litva, ilk odimni otgandan so’ng taraddud bulutlari tarqaldi. Mustaqillik bayonotlari izma-iz e’lon qilina boshladi. Turkiya ko’ksini kerib “BMT da 6 ta Turk Cumhuriyati bor!” deyajak qadar bir umidvor shabada esdi. Lekin g’oz oyoqlarining farqli ekani tez ma’lum boldi…

Otaturkning Sovetlarda dini va tili bir qardoshlarimiz yashayotgani, bir kuni ular o’z mustaqilliklarini e’lon etajaklari va u kunga biz ham tayyor bo’lishimiz kerakligi haqidagi gaplarini biz unutgandik. Ya’ni biz tayorgarliksiz edik.

O’rta Osyodagi qardoshlarimiz kim degan savol anchagacha aqillarimizni garang qilib qo’ydi: kim bular, Turkmi yoki o’zlari aytganlariday «Turkiylar”ga uyg’un xalqlarmi? Ziyoratlar qilindi, rahbarlar uchrasdilar, elchixonalar ochildi, ishodamlari borib kela boshladi, talabalar keldi, askariy va xavfsizlik sohasida Turkiya yordam bera boshladi, u yerlarda turk maktablari ochildi, Turkiya tashqaridan qarz olib bu qardoshlarga qarz berdi.

”Yangi Og’a”

Ammo bir muddat so’ngra hafsalalar ”pir” bo’la boshladi. Turkiya bergan so’zini kuchi yetganicha bajarishga intilardi, ammo ”qardosh rahbarlar” hech so’zida turmasdilar. Turkiya turk ish odamlariga qilinayotgan haqoratlarni ham ichiga yutdi, ammo, masalan, Turkmaniston tabiiy gazi bir ertak o’laroq qolib ketaverdi.

Elchibeyning o’limidan so’ngra Ozarboyjon neft hatti (heft quvuru) ham erishib bo’lmas bir orzuga aylandi…

Turkiya sabr qilsa ham O’zbekiston degan o’lkadan g’alati saslar chiqa boshlagadi. Besh yil avval Anqarada o’tgan Turk Qurultoyida o’zbek olimining minbardan ”biz Turk emasmiz” deganiga qarshi Ozariy va Turkman delegatlardan ”Turk bo’lmasang, minbrdan pastga tush!” deya hayqirgandilar. Ammo bu “farqli ovoz” sunday der edi: ”Bolshe starshi brat ne nado!”

Turkiya esa bu matbuotning injiqliklari qarshisida Turkistan Turkchasi bilan aytganda “tishini tishiga bosib” jim turardi.

Bu “farqli ovoz”ning sohibi O’zbekiston Prezidenti Islaom Abdug’aniyevich Karimov edi.

Aloqalar taranglasmoqda

(2-maqola)
O’zbekistonda o’ziga ishongan bir yosh deputatning borgan sari xalq ichida obro’si yuksala boshlagandi. Ismi Muhammad Solih edi. Va Karimovdan Parlament Raisligini so’rayotgan edi. Karimovning bu talabni ma’qullamagani oralaridagi munosabatni taranglashtirdi, bir muddat keyin esa xuddi banan cumhuriyatlaridagi kabi iplar echib bo’lmaydigan bir ko’r tugunga aylandi..

Nurali Qabulov degan bir millatvakili, ‘Modamiki ki bu majlisda istaganlarimni gapira olmas ekanman, bu millat vakilligi menga nimaga kerak” deb millatvakillikdan iste’fo qildi..

Bu nutqdan so’ngra katta janjal chiqdi, Muhammad Solih ham Karimovga ikki yumruq (musht) tushirdi…

Karimov 1992 yilgi talaba voqealarining boshida bo’lgani uchun doim shubha bilan qaragani Solihni fursatdan foydalanib darhol hibsga oldi…

Muhammad Solining Turkuya sarguzastlari

Hibsdan chiqqandan keyin Mamadali Mahmud (1999 yil fevral portlashlari bahonasida qamalgan)ning maslahati bilan O’zbekistondan g’oyib bo’lgan Muhammad Solihning Turkiyada ekanligi iddao qilindi. Xafa bo’lgan Karimov Demiralga bir maktub yozib Solihning O’zbekistonga taslim etilishini talab qildi. Demiral esa ”Muhammad Solihning jinoyat qilmagani, bor-yo’g’i bir rejim muxolifi ekanligi, boshpana so’raganni taslim qilish Turk urf-odatiga to’g’ri kelmasligini” aytdi.

1995’da yana bir voqea yuz berdi. M. Solih O’zbekistondagi bir do’stiga maktub yozib Turkiyada tijorat kolejida o’qitish uchun 50 ta o’quvchi yuborishni, ularni yetim bolalardan tanlanishi(!!!) kerakligini istadi. Bu bolalar kolejdan so’ng O’zbekistonda ochiladigan magazinlarda ishlayajagini qosgimcha qildi. Haqiqatan ham Qarshi shahridan 49 yosh yigit Turkiyaga keldi, bir yotoqxonaga joylashdi.

Bundan keyingi voqealar bir oz majhul va noaniq, bu yoshar go’yoki bir tog’li bo’lgada partizan harakatlariga o’rgatilib, Chechenistonga jo’natilgan emish. Bu taraflar qorong’ilik ammo aloqalarimiz qanday qo’pgani ma’lum…

Bu yoshlar O’zbekistonda boshqa bir aybdan hibsga olindi, go’yo Turkiyadagi partizan kampida tushirilgan suratlarni ko’rsatganlar…

”Nahotki?!.. Nahotki?!.”

O’zbek ma’murlari papka-papka dosy’elar tayyorlab Turkiya Buyukelchiligining eshigini qoqdilar. Va diplomatik yo’ldan Turkiyani protest qildilar. Turkiya, rasmiy maktub bilan voqeani takzib qildi. Bunday hol yuz bergan bo’lsa ham bundan xabardor emasligini bildirdi…

O’zbek tarafining iddiolari bu bilan cheklanib qolmadi. Turkiyaga yuborilgan 2 ming talaba allaqachon Muhammad Solihning tuzog’iga tushgan emish… Talabalarning hammasi rejimning ashaddiy muxoliflariga aylangandi ularga ko’ra.

Karimovning yuzu alamdan burushib, bu haqda gap ochilganda: ”Nahotki!.. Nahotki!.. Turkiya kabi bir davlatning shunday voqeadan habari bo’lmasa!!??” derdi.

Voqealar chigallashmoqda

(3-maqola)
O’zbekiston dose’sining natomatli qaydlari voqealar rivojlangani sari ko’paya bordi. Prof. Dr. Ahad Andiconnni taniysiz, u bir paytlar “Turkiston” jamiyatining raisi edi. Istanbul’da bir bino sotib olib u yerda jamiyat markazini ochgandi…

Turkiyaga kelgan Karimovni o’zbek elchisi Abdurazzoq Bey vositasida jamiyatga taklif qildi va minbarga chiqib “Sen begunoh insonlarni qamoqqa tashlayapsan, demokratiyaga ot’ising kerak!!” deb nutq otdi. Karimov esa tashqariga chiqqandan so’ng elchi Abdurazzoq beyning yoqasiga yopishdi va “sening onangni… sening xotiningni si… bu odamlarni sen tayorlading!!” degan haqoratlar bilan uni elchilikdan bo’shatdi.

Karimov shunaqaydi.

Bir marta Markaziy Bank raisini kasalxonaga tushadigan darajada kaltaklaganmish. 1999 yilda bir vazir va uning yardamchisi Karimovning kaltagidan qorqib, 6 qavatdan sakrab intihor qilishgandi…

Turkiyaga qarsi propaganda

Bolasi Turkiyada oqiyotgan ota-onalar o’yinga kiritildi. Maxsus tayorgarlikdan o’tganlar televizorda chiqib gapirtirildi: ”Mana, bolamning surati, bitta suyagi qolgan bolaginamning, hurmatli Prezidentimiz, bolam yozganiga ko’ra, ularga Turkiya davlati bergan ovqatlar yetmayaotgan emish, bolaginam och uxlar emish!!” deya yig’lagan onalar…

Senariy sunday yozildi.

Qo’qon sahridan o’z oilasiga maktub yozgan bir xayoliy (haqiqatda bo’lmagan) bir qiz obrazi ijod etildi. “Uning e’tirof qilisicha” uni navbatma — navbat zo’rlashgan emishlar…

Bu kulguli senariylarga davlat ijro idoralari ham darrov aralashib, Turkiyaga yaqin ko’ringan ma’murlar ishdan quvildi.

Shariatchi oqimlarni qo’llaydi degan bahonada “Ulker” fabrikasiga ham hujum qilishdi, uning bankadagi hisobini muhrladilar. O’sha davrning Bosh vaziri Tansu Chillar kelganda o’zbek TVsida Muhammad Solihning davlat to’ntarishi tashabbusi va bunga Turkiyaning yordam bergani haqida programmalar ko’rsatildi.

Karimov Parlamentda “Bu Turklarning hammasi- sotqin!” degan kurakda turmaydigan gaplari quloqdan quloqqa o’tdi.

O’lim jazosi tahdidi

1998 bahorida Turk Ay-Sel inshoat firmasining bir ischisi pichoqlanib o’ldirildi. Bu shirkatda ishlaganlar “Bizning xavfsizligimizni ta’minlang!” degan talab bilan ko’chaga chiqib, Turkiya Elchiligiga qarab yurgan zahoti atrofi xuddi urushdagi kabi askarlar bilan qushatildi. Va hammasi O’zbekistondan quvildi… Bu xususda Demiral bilan Karimov o’rtasida shunday telefon dialogi bo’lgan:

“Sulayman Aka… Sizning ischilar, bizning qonunlarni buzdi. Nima qilaylik?..”

“Mendan so’rab nima qilasan, uka, qonunlaringiz nima desa suni bajo keltiring.”

“Lekin Sulaymon Aka… Bizning qonunlar bu borda juda qattiq, bu, davlatga qarshi isyon hisoblanadi, jazosi — o’lim bo’ladi!”

“Unday bo’lsa, ularni o’lkadan quvib yubora qol, ukajon!” deydi Demiral.

Turklik… O’zbeklik…
(4-maqola)

Kim bu o’zbeklar?.. Osmondan tushdilarmi? Asl kelib chiqishlari, Turklik bilan aloqasi nimada? Tarixda o’zbek degan bir xalqni uchratmaysiz. O’zbek so’zi Oltin O’rdadan kelgan O’zbek xon bilan bog’liq bir ism.

Masalaning qiziq tarafi bu ”o’zbeklar” 1923 yilgacha o’zlarini ”Turk” deb atab Turkiyadagilarni ”Usmonli” deganlaridir. Undan ham qiziqrog’i, Shayboniy xonni ajdod sifatida qabul etishi kerak bo’lgan o’zbeklar o’zini Turk deb atagan Temur va Boburga sohib chiqmoqdalar. O’zining ”Tuzuklar” kitobida ”o’zbek hasaklardan tozalab To’xtamishga qarshi yuraman” degan Temurning bu so’zlarini go’yo unutganlar. Unga haykallar qo’yadilar.

Boburning qabrini Agradan olib kelinib Andijonda xotira ma’badi shaklida xalqqa taqdim qilishmoqda. Temurning “Bizkim, Turk’ning bosh bo’g’inimiz…” deb boshlangan ifodalarini untib, sun’iy “o’zbek xalqi” paydo qilishga intilmoqdalar.

Hech qanday ilmiy asosga tayanmagan safsatalar ba’zan kulgili ahvolga tushiradi insonlarni. Tipik bir o’rnak keltiraman:

Prof. Dr. Hamid Ziyoyev, O’zbekistanning eng taniqli tarixchi olimidir. Xuddi rahmatli Prof. Dr. Zaki Validiy To’g’on Turkiya uchun kim bo’lsa Prof. Dr. Ziyoyev ham O’zbekiston uchun ayni darajada qiymatli olimdir.

Bu olim bir kuni televizorda chiqish qilib o’zbeklerning asli Hunlardan kelganini aytadi. Oradan ikki kun o’tgach televizorda Karimov bir guruh tarixchini o’tqazib ularga shu maslahatni beradi: ”ba’zilar bizning aslimizni Hunlar’ga olib borib taqamoqdalar… Ovrupa, Hunlar’ga ‘varvar’ deydi, agar biz aslimizni Hunlarga bog’lasak bu ”varvarlikdan” biz ham nasibimizni olgan bo’lamiz. Hunlarning davomi bol’gan Ko’kturklar ham Oltoy tog’larida yashaganlar. Bir qismi bu yerlarda qolib, bir qismi Turkiya tarafiga ketganlar… Ular ko’chmanchi, biz esa o’troq bir millatmiz. Bizning ularga hech bir aloqamiz yo’q!!!”

“Faqat janob Prezident…” deya duduqlanadi bechora Prof. Dr. Hamid Ziyoyev… “Tarix va haqiqat bu bol’sa, biz nima qilaylik?..” Karimov: “Men bu fikirlarning miyangizga qayerdan suqilganini juda yaxshi bilaman, sizlarni Turkiyaga chaqirib cho’ntaklaringizga uch yuz besh yuz dollar qo’yib miyangizni yuvmoqdalar. Menga haqiqiy o’zbek tarixini yozadigan odamlar lozim… Bunday odamlar bormi, yo’qmi?”

“Yo’q, janob Prezident” deya boshini egadi Prof. Dr. Ziyoyev… “Men haqiqiysini bilmayman, yaxshisini boshqalar yozsin!”

Tubdandinchilik paranoyasi
(5-maqola)

Karimov Orta Osiyo liderligiga havasmand

Faqat tutruqsizligi bilan katta bir maqolaga mavzu bo’ladigan Safarmurod Turkmanboshi, Karimov’dan nafratlanadi.

Turkmanboshi’ning Toshkent’dagi Turk Dunyosi Zirvasi’da, Amir Temur Muzeyining ochilisini kutmay ketib qolishi hech kimning esidan chiqmadi. Sababi Turkmeniston Prezidenti Amir Temurning turkmanlarni cho’lda oyoq yalang yurgizib jazolantirganidan Temurni yomon ko’rgani emish. Qozoqiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, televizordagi suhbatlarida Karimovni ”ahmoq” deganiga sabab Krimovning uni televizorda ”jinni” degani emish.

1999’daki portlashlardan keyin Bishkekda bo’lib o’tgan bir yigilishda TV kameralari oldida tortishar ekan Karimov qo’lidagi piyolani Nazarboyevga, Nazarboyev esa qo’lidagi stakanni Karimovga otishgan.

Qirgiziston Prezidenti Askar Akayevga Karimov haqoratomuz ”Ukayev” deydi…

Toshkentdagi bir yig’ilishda Karimov Akayevga ko’pchilikning yonida ”Ukayev” deb kamsitganidan keyin Akayev Karimov munosabatlari bugungacha sovuq bo’lib qolayapti.

Tojikiston Prezidenti Rahmonov, Karimovni o’lkasidagi fuqoralar urushiga sababchilardan biri sifatida ayblaydi. Boshqa tarafdan ”mening tomirlarimda tojik qoni oqar ekan, menga nega dushmanlik qilasan?” deydi unga Karimov. Rahmonov TVga chiqib Karimov haqida ”hatto Kreml ham bunday qo’pol muomala qilmadi bizga, bu odam o’zini kim deb oylayapti?” deya g’azablanadi.

16 fevral 1999 yilda Toshkentdagi portlashlarda Karimov suiqasddan qutuladi. Avval ham Do’rmon rezidentsiyasida Karimovning mashinasi granatomyot bilan havoga uchiriladi, ammo unda Karimov bo’lmaydi.
Samarqanddagi bir majlisga ketayotganda ham ayni shaklda hujumga uchraydi, ammo sog’ qoladi.

Karimov shariatchi oviga chiqadi

Karimov butun bu natijasiz suiqasdlarni shariatchilarga bog’laydi. Va bu “mikroblar”ga qarshi qonining so’nggi tomchisi qolguncha kurashisga qasam ichadi.

Va minglarcha kishi hibsga olinadi, tezda bu raqam 18 mingga yetadi…

Karimov bu bilan cheklanmay ishga Muhammad Solihning otini ham qorishtiradi. Muhammad Solihning Farg’onada to’plangan bir lashkar bilan Karimovning suiqasdda o’lishini kutayotgani haqida habar beriladi.

Bir paytlar Karimov hokimiyatida mirshab tizimlaridan uzoqlastirilgan Juma Namongoniy va Tohir Yoldalevlar ham qidiruv ro’yxatiga kiritiladi. Ularning saflarida 2 ming partizan bor deya mish-mish chiqadi. Bu orada turklar ham ayblana boshlandi. “O’zbekistonda faoliyat ko’rsatgan turk shirkatlari terroristlarga moddiy yordam berdi!” degan iddao o’rtaga tashanadi.

Turklar tarafidan ishlatilgan restoranlar va fabrikalar bosqin qilinib 12 ta turk qo’llariga kishan kiydirilib, hibsga olinadi. Turk Elchisi Umur Apaydin o’zbek hukumatiga nota beradi.

Uch kun so’ngra o’zbeklar “O’zbekistonda ishlagan Turklar diniy kitoblar sotib, shariat propagandasi yurutdilar” degan bahona bilan hibsga olingan 13 kisidan 8 tasi o’lkadan quviladi, 3 tasi esa 13 yildan og’ir qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Karimov Usama bin Ladin’ning ismini qo’llanib AQSh nazdida o’zini haqli qilib ko’rsatishga intiladi. Bin Ladin’ning 150 milyon dollar yuborib o’zbek terro’ristlariga yordam bergani haqida iddao qilishadi. Ammo isboti topilmaydi..

O’zbekistan Moliya Vazirligi birdan Turk firmalarini taftish qila boshlaydi. Bu tazyiq 2 oy davam etadi, 26 ta Turk firmasi eshigiga qulf uriladi.

2000 yilda Prezidentlik saylovlarida Karimov katta farq bilan g’olib keladi. Bir o’zbek muxolifi: “Albatta g’olib keladi, Sovetlarning 70 yilda qilmagan zulmini u 9 yilga sig’dirdi. Stalinning siyosatini uyg’ulayapti xalqqa, yani ”Itni och qo’y, shunda u sening orqangdan keladi’’ degan siyosat,” deydi muxolif.

“23 milIiyon qo’yi bor”

To’g’risi uyalib bo’lsa ham aytmoqchiman (uyalaman, chunki misolni Rusyalik fashist Jirinovskiydan keltirmoqchiman): 1998 yilda ORT televizion kanalidan bir chiqishida Jirinovskiy shunday dedi: “Dunyoda eng boy odam kim bilasizmi?

— Kim ekan? — deydi jurnalist qiziqib.

— Dunyoning eng boy odami Karimov, — deb javob beradi Jirinovskiy.

— Nega endi, Ingliz Qirolicasi bor, Saudiya Arabistoni Qiroli…

— Tog’ri, ammo ularning hech birining 23 milliyon qo’yi yo’q!”…

Endi bir narsani ochiq aytmog’im kerak. Nega bu mavzuni 6 kundan beri yazayapman, nima boshqa mavzu yo’qmi? Mavzu ko’p, ammo bu aytilayotganlarni, Turk davlatlarida bo’layotgan voqealarni bizning jamoatchilik yaxshi bilmaydi. Bu haqda gap ochilsa xuddi Patagoniya haqida hikoya qilganday gap boshlaydi har kim. Milliyatchi Harakat Partiyasi (Turkiyada hukumat koalitsion o’rtog’i) esa “onavatan-otavatan” romantizmidan qutula olmaganlari uchun oyoqlarini yerga to’g’ri bosa olmayaptilar.

Men na Islom Karimovnining dushmaniman na da boshqalarining do’stiman.

Yanglish rasmlarga qarab yanglish qarorlar olinmasligi uchun bu mintaqaga qiziqqan bir qalamkash o’laroq menga tushgan vazifani bajarishga harakat qilayapman…

Katta imperiyalar yiqilgandan keyin bunday voqealarning bo’lishi tabiy jarayondir, albatta.

Mening tilagim, Anqaraning voqealarga uzoqni ko’zlagan maqsad bilan yondoshishini istardim. Va sobit bir siyosat tadbiq qilishini istardim, albatta. Pozitsiyalarida qati’y turib nima istayotganini aniq belgilab olishini istardim…

Tarix oqimiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan zararli harakatlardan qochib, zolimlarning safidada emas, mazlumlarning yonida turish kerakligini bilmog’imiz lozim.

Aks holda, ertaga bir kun O’zbekistondagi qardoshlarning yuziga qaray olmaydigan darajaga kelib qolishimiz mumkin.

Avvallari bu mintqaga hissiy motivlar bilan yondoshgan edik, endi hech bo’lmasa bu yog’iga aql va mantiqni qo’llanib harakat qilaylik.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *