MUHAMAD SOLIH ILA…

Hadi ULUENGIN Turkiyada chiqadigan «Hurriyet» gazetasi
26.03.2002
Qarshimdagi odam shoir. Mukammal shoirlar kabi shoir. «Agar meni yerga urmasalardi , ko’kka qanday sakray olardim?» degan mag’rur shoir.

Keyin… qarshimdagi odam ziyoliy. Mukammal ziyoliylar kabi ziyoliy.

Pragadagi «Pankras» qamoqxonasidan o’zi bilan «ayni matodan to’qilgan» boshqa bir entellektual — Chexoslovakya Prezidenti Vaslav Havelga 5 dekabr 2001 sanasida yo’llagan «Mahkumning chehrasi bilan ayrilig’i» sarlavhali maktubida: «Qamoqqa olinib kameraga qamab qo’yilganlarga sud mahkamasiga chiqqunga qadar oyna bermaydilar. Va, shunday qilib kamina o’z cehramdan ayrildim,» deb yozadigan saviyada ziyoliy.

Buning ustiga qarshimdagi odam siyosatchi.

Yerga urmoqchi bo’lganlari uchun ham ko’kka sakragan – cho’qqiga yuksalgan qanotlari ila; va oynaga xiyonat qilmagani uchun ham chehrasidan ayrilgan va «siyosat» so’ziga sharaf qozontirgan bir siyosatchi.

Qarshimdagi odam — O’zbekiston muxolifat lideri Muhammad Solih.

* * *

Gapni o’z o’zini tanqiddan boshlayin. Bizlar, «so’l (sotsialistk g’oya tarafdorlari) madaniyat» urf-odatlari ila voyaga yetgan qalamkashlar uzoq vaqt turkchilik oqimidagi, hamda geopolitik turklik dunyosinidagi teranlikka ahamiyat berolmadik. Ahamiyat berish u yoqda tursin, xo’r ko’rdik. Kuldik.

Bu yerda, avvalo bizlarni bechora «so’l» jaholatidan; keyin esa turkchilikning va turklikning «zid» deb bilganimiz siyosiy qutbning tasarrufida ekanligidan va turkchilikni tamoman uning tasarrufiga topshirib qoyilishi tufayli o’rtaga chiqqan bu ko’rlikning sabablari hadiqa gapirmoqchi emasman.

Ammo shuni bilish kerak-ki, o’sha ko’rlik bitti! Ko’zimiz ochildi. Eng kamida, kaminanig ko’zlari ochildi.

Endi o’tgan kun uzun-uzun suhbatlashish sharafiga muyassar bo’lganim va bizlarni birlashtirgan mushtarak dunyoqarshimiz, umumiy «yo’lnoma»miz tufayli birbirimizini «lab demay turib lablabini anglayolganimiz» (og’iz ochmay, nima deganini anglamoq) o’zbek ziyoliysi — shoir — siyosatchi Muhammad Solihga haqida…

* * *

Birinchidan, lokomativ rolini o’ynagani O’zbekiston mustaqilligidan so’ngra darhol, mamlakat ichida ham demokratiya uchun mujodala boshlatgan va Toshkentda hokimiyatni egallab turgan Islom Karimovning uni sotib olish uchun oyog’i ostiga to’shagani maqom-mansab, unvon va pulni rad qilgan Solih, hech shubha yo’q-ki, moziysi va madaniyati e’tibori bilan Sovet Imperiyasi davrida «dissident» nomi berilgan «muxolif ziyoliy» toifasidan kelmoqda.

Ikkinchidan, boshqa, nihoyatda hayotiy bir farq bor: «Boshqa tilda beraman men o’z salomimni / Boshqa tilda nonushtaga qilishar taklif / Bu shaharning ko’chasida ko’r kabi meni / Boshqa tilning uch- to’rt so’zi yurar yetaklab…» deb yozgan Muhammad Solih hokim — xalqqa, ya’ni rusllikka mansub bo’lmaganidan, birdaniga ikkita «muxolif» shahsiyatni o’zida tashimoqdadir.

Va aynan mana shu yerda «Turkchilik» irqchi bir turtki sifatida emas, ozodlik xabarchisi, ogohlantiruvchisi»; «Turon» yoxud «Qizil olma» (Turklar birligi g’oyasi)ning pozitiv, musbat ko’rinishi sifatida maydonga chiqmoqda.

* * *

ZOTAN bu g’oya sababdir ki, despot Karimovning toyoqli mirshablar, kishanli zindon ve quvg’inlar bilan natija ololmagach, Solihga qarshi Moskvadan — qotil, Pragadan esa josus yollashga qadar manfur amallariga qaramasdan, “ERK” Partiyasi lideri O’zbekiston ozodligi uchun hech chekinmay kurashini davom ettirmoqdadir.

Solih «mustamlaka munavvari» bo’lishdan ko’ra, mustamlakachilar parchalagan Turkistonning yana o’sha tarixiy ismiga qovushajagiga ishongani uchun, erkin va mustaqil jog’rofiyaning himojachisi bo’lgani uchun surgunda yashahga majbur «dissident ziyoliy» bo’lishni afzal ko’rmoqda.

Zotan, bu yurt servgisidan, bu musaffo g’oyadan, bu entellektual nomusdan va bu haqqoniy siyosat tufaylidir ki, Anqara Toshkent diktatorini «qo’llab-quvvatlash» uchun Solihni uch marta badarg’a qilganiga qaramay, Turkiyadan xafa ham emas…

Ertaga, «Ko’tarmoq uchun ham bu judolikni / Shart emas devlarga xos bir iroda / Oddiy odam bo’lsa yetadi, yani/ Boshiga judolik tushgan bir odam,» degan Muhammad Solihni o’lkasidan ayro qolishiga chek qo’yish, juda bo’lamsa, bu ayriliq muddatini qisqartirish uchun Turkiyaning va Turkiya turklarining nimalar qila olishini qalamga olaman.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *