MUHAMMAD SOLIH GAPIRMOQDA…

Yalchin BAYER Turkiyada chiqadigan «HURRIYAT» gazetasi
20.09.2001
O’zbekistonda Prezidentlik saylovlarida Islom Karimovga qarshi muxolifatda bo’lgani tufayli Turkiyaga kelgan va so’nggi paytda Norvegiyada yashayotgan Muhammad Solih bilan o’g’li Umida Solih haqidagi iddaolarga oydinlik kiritilajagi haqda e-maillar yuboribdilar.

«O’rta Osiyo tuzog’ida Turkiya» (18.09.2001) nomli maqolamizda M. Solihdan so’z ocharkan, uning o’g’lining Muhammad bin Ladinning yoniga ketganini aytgandik.

Solih bu iddaoni rad etdi: «Na men, na o’g’lim Shimoliy Afg’onistonga bormaganmiz, Bin Ladin-la ko’rishmdik. Qo’lida dalili bo’lganlar dalil keltirsinlar. Karimovning lobbilari bu propagandani 1999 dan beri ko’tarib kelayaptilar.»

— O’tgan iyun oyida Ejevit Norvegiyada sizni nima uchun qabul etmadi?

— Osloda bunday bir talabim bo’lmadi, Anqaradan iltimos qilgan edim. Ammo talabimni Tashqi ishlar vazirligi qabul qilmadi. Muhtaram Ejevitdan xafa bo’lmadim, chunki, u kishi biz hurmat qiladigan va sevadigan bir Turk lideridir. Turkiya ikkinchi vatanimizdir, u yerda do’stlarimiz bor. Turkiyadan uzoq tutilishim inson haqlariga xilofdir. Bu yerda shuni ta’kidlamak istardim: Turkiya va O’zbekistonning muammolari aynidir, afsuski, hali ham oydinlikka chiqa olmayapmiz, ammo chiqajakmiz.

-Tolibon harakatiga nima deysiz?

-Tolibon va Bin Ladin begona unsurlardir, zehniyatimizga, hayotimizga begonadir. Ular va ularga o’xshaganlar bilan bir yerda bo’lolmas qadar qadriyatlarimiz bor. Markaziy Osiyoda, O’zbekiston va Turkistonda 1998 dan beri davom etib kelayotgan harakatimiz tamoman demokratik siyosiy kurashdan iboratdir.

— General Do’stim va Afg’oniston…

— Afg’onistondagi Turk liderining harakatini oldin ham dastaklagandik, bugun ham dastaklaymiz. Hozircha u muvaffaqiyatga erisholmayapti, ammo erishajakdir. U yerda ko’pchiligi o’zbek bo’lgan, qozoq, turkman, qirg’izlardan iborat 4,5 — 5 million Turk bor. Afg’oniston aholisining 20 foizini tashkil etmoqdalar. Afg’onistondagi hozirgi vaziyat urushning davom etajagini, ammo so’ngida mintaqaning qorong’ilikdan qutulajagini ko’rsatmoqda.

— Yana bir marta so’raymiz: Tolibon va Bin Ladin-la aloqangiz…

— Sizning maqolangizdan so’ngra kecha Norvegiya televidenyasi ham shu savolni berdi. «Yo’q, bu noto’g’ri», dedim. Buning Karimovning propagandasi ekanligini aytdim.

— Bin Ladinning yordamchilari Jumaboy Namangoniy va Tohir Yo’ldoshlar bilanchi?

— Birinchisini tanimayman, Tohir 1995-1996 yillarda Turkiyada ekan, o’zbek muxolifatining butun liderlari bilan ko’rishgan. U paytda bugungi singari bir harakat ichida emasdilar. Ular 1998 yilda Islom harakati ichiga kirdilar. Men esa, milliyatchi-demokratik harakat yo’lidan kelayapman.

— Tolibonlashish qanday paydo bo’ldi?

— Karimovning stalincha terrori diniy guruhlarnining radikallashishiga sabab bo’ldi. Dindorlarga nisbatan to’g’ri siyosat olib borilganida edi, o’lka bugungi kabi fuqarolar urushi vaziyatiga kelib qolmagan bo’lar edi.

— Ammo siz ham Erondagi Mashhad radiosida chiqishlar qilib, «bular Karimovning zulmiga uchragan mazlum dehqonlardir», deyotgan emishsiz…

— Ha, shunaqa deyapman… Bu gapni men har bir radioda aytayapman. O’zbekistonda begunoh insonlar ta’qib-tazyiq ostiga olindi, hibsga tashlandi, o’ldirildi. Bular 1994 yilga qadar radikal dinchi emasdilar. Ammo bugun yo’qsil xalq podpolega ketdi, jangari bo’ldi. Afg’onistondagi terrorning sababchisi Karimov rejimidir, O’rta Osiyodagi diktatorlardir.

IZOH:

Muallif Yalchin Bayer ushbu materilaida ismlarda ba’zi xatoliklarga yo’l qo’ygan, masalan, u «Muhammad Solihning o’g’li» deyarak, uning qizining ismini (Umida Solih) ismini keltiradi; Usama bin Ladinni esa, u Muhammad bin Ladin deb atagan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *