Muhammad Solihga qarshi suiqasd

Svoboda” radiosi, 15.05.2001
Programma redaktori Tengiz Gudava

Progammani Tengiz Gudava olib oradi. Suhbatda o’zbek ishodami Bahrom Mo’minoxunov; o’zbek siyosiy muhojri, yozuvchi, muxolifatdagi ’’ERK’’ Partiyasi lideri Muhammad Solih; Ekstremal jurnalistika Markazi Direktori Oleg Panfilovlar qatnashadi; shuningdek, Bahrom Mo’minoxunovning O’zbekiston Interpoli Direktori Mahmud Hayitov bilan telefonda qilgan suhbati keltiriladi.
Tengiz Gudava: 10 may kuni men elektron pochta orqali quyidagi maktubni oldim (o’qiyman):

Bildirish
Men, Bahrom Mo’minoxunov, 1958 yilda tug’ilgan, O’zbekiston fuqarosi, shuni bildiramanki, men siyosiy qotillikning tayyorlanishiga bevosita guvoh bo’ldim.
Va bu yerda ushbu aksiyaning asosiy guvohi sifatida chiqmoqdaman…”

Va bildirish davomida hozir muhojirlida yashayotgan o’zbek muxolifati lideri Muhammad Solihga qarshi suiqasd tayyorlangani haqida gapiriladi. Men telefon orqali hozir Ovrupo davlatlarining birida yashayotgan (tushunarli sabablarga ko’ra, bu mamlakat nomini aytmayman), ushbu bildirish muallifi Bahrom Mo’minoxunov bilan telefon orqali bog’landim. Mana, yozib olingan suhbatmiz:

Bahrom Mo’minoxunov:

Men, Mo’minoxunov Bahrom, 1958 yilda tug’ilgan, O’zbekiston fuqarosi, shuni ma’lum qilamanki, ERK partiyasi lideri Muhammad Solihga qarshi suiqasd tayorgarligining bevosita guvohi bo’ldim. 1999 yilning sentayabr oyida menikiga mening tijorat bo’yicha do’stlarim kelishdi — bu bir guruh chechenlar bo’lib, ular o’zlarining Muhammad Solih bilan aloqada ekanliklarini aytib qolishdi. Bu gap mening boshqa do’stlarim yonida aytilgani uchun ertasigayoq Ichki Ishlar vazirligiga yetib bordi. Meni Ichki Ishlar vaziri Zokir Almatov, terrorizm bilan kurash bo’limi polkovnigi Botir Tursunov va O’zbekiston Interpoli direktori Mahmud Hayitov chaqirdilar. Ular mendan ushbu chechen guruhi bilan uchrashtirishni iltimos qildilar. Men bu chechen guruhi bilan uchrashuvni tashkil qilib berdim — bu odamlar yana bir marta Toshkentga kelishdi. Ularning kelishdan maqsadi tijorat edi, bunday odamlar bilan uchrashish, bilasizmi, tijorat bizda faqat MVD (Ichki Ishlar vazirligi) va SNB (Milliy xavfsizlik xizmati)ning kuchli “tomi” ostidagina quriladi, xullas, men ularni uchrashtirib qo’ydim, ular mening yonimga kelib, Ichki Ishlar vazirligi ularga 1 million dollar badaliga o’zbek muxolifati lideri Muhammad Solihni yo’q etishni taklif qilganlarini aytishdi. Men ularga bu aksiyada ishtirok etmasligimni aytdim, ammo muzokaralar olib borilayotgani va bu odamlar faqat meni taniganlari uchun, vaziyat shunday bo’ldiki, men Ichki Ishlar vazirligi va ushbu guruh o’rtasida bog’lovchi zanjirga aylanib qoldim. Ammo men ularga bir shart qo’ydim — bu haqda Solih xabar topishi kerak. Bu guruh, bu odamlar Solih bilan bog’landilar. U o’ziga qarshi bir necha yildan beri ana shunday harakatlar bo’layotganidan xabardor ekanini aytdi va Karimov rejimining butun jinoiiy rejalarini fosh qilish niyatida Ichki Ishlar vazirligining ushbu taklifni qabul qilishni iltimos qildi. Aytmoqchi bo’lgan gapim shu.

Tengiz Gudava:

Savolim shundan iboratki, agar Muhammad Solihga qarshi suiqasd tayyorlanayotgan bo’lsa va siz ushbu guruh va MVD o’rtasida bog’lovchi zveno sifatida xizmat qilar ekansiz, qurbonning bu suiqasd haqida xabar topishi sizning shartingiz bo’lishi mumkinmi?

Bahrom Mo’minoxunov:

Bu mening shartim edi… Bu chechen guruhi qotillar guruhi emasdi va yana… Bu tijorat bo’yicha jiddiy struktura, uning juda katta aloqalari bor. Bular jangarilar emas, bular — tijorat bilan shug’ullanayotgan normal odamlar va ular bizning, aytaylik, huquq — tartibot organlari rahbarlari tarafidan tushgan bu taklifni eshitib, larzaga tushganlar. Yaniy, bu — chechenlarning aynan buyurtma qilingan qotillikni amalga oshirish uchun kelganini bildirmaydi.

Tengiz Gudava:

Yaniy, ularga bu taklif qilingan?

Bahrom Mo’minoxunov:

Ularga bu taklif qilingan, chunki ular Muhammad Solih bilan aloqada bo’lganlar. Tabiiyki, tijorat sohasida ham ularga juda katta imkoniyatlar va’da qilingan, yani, ish bitganidan keyin.

Tengiz Gudava:

Bu odamlar, tijoratchilar, kerak bo’lgan paytda sizning so’zlaringizni tasdiqlay oladimi?

Bahrom Mo’minoxunov:

Albatta.

Tengiz Gudava:

O’zingizchi, so’zlaringizni qasam ostida tasdiqlay olasizmi?

Bahrom Mo’minoxunov:

Qanday qasam ostida?

Tengiz Gudava:

Masalan, odatda so’raganlariday…

Bahrom Mo’minoxunov:

Men Qur’onda qasam ichishga tayyorman.

Tengiz Gudava:

Siz bu informatsiya bilan biron joyga murojaat qildingizmi?

Bahrom Mo’minoxunov:

Albatta, murojaat qilganman. Bu haqda Amerikaning Moskvadagi elchixonasi xabardor — bu taxminan bir oy oldin bo’lgan edi. Men AQSh elchixonasiga murojaat qilganman, kimga murojaat qilganimni aytaymi?

Tengiz Gudava:

Siz bu o’lkaning huquq-tartibot organlariga murojaat qilmadingizmi, har holda Muhammad Solih bu o’lkada yashaydi?

Bahrom Mo’minxonov:

Biz… Bu haqda gapirishga hali erta. Ammo albatta, murojaat qilganmiz. Bu yerda bu haqda allaqachon xabarlari bor, uni qo’riqlayotgan xavfzizlik xizmati buni bilishadi. Bu bildirish haqda Tashqi ishlar ministrligining ham xabari bor, juda ko’p yozuvlar mavjud. Men o’z do’stlarim orqali Norvegiya elchiligining ikkinchi kotibi Bart, Bart Gorman bilan uchrashdim, u ikki kundan so’ng menga: “Siz xavotirlanmang, u kishi bu aksiya haqda ogohlantirilgan,” deb aytdi.

(Tuzatish: “Svoboda” radiosida berilgan eshittirishda Bart Gormanning kimligi aytilmagan,tarjimon ham uning Norvegiya elchixonasi xodimi deb o’ylagan va shunday tarjima qilgan.

Aslida, Bart Gorman Moskvadagi Amerika elchixonasi 2-kotibi ekan. Buni Baxrom Mo’minoxunov e’tirof qildi. B. Mo’minaxunov Moskvada tayyorlanayotgan suiqasddan AQSh elchixonasini ogoh qilgan va Bart Gorman unga o’sha yuqorida keltirilgan gaplarni aytgan, — Tahrir.)

Tengiz Gudava:

Aytingchi, janob Mo’minoxunov, siz lozim bo’lganda ko’rsatish mumkin bo’lgan hujjatlar bor deyapsiz, bu qanday hujjatlar?

Bahrom Mo’minoxunov:

Bular -yozib olingan suhbatlar, telefon suhbatlari.

Tengiz Gudava:

O’zbekiston Ichki Ishlar vazirligi xodimlari bilanmi?

Bahrom Mo’minoxunov:

Ha, ha.

Tengiz Gudava:

Marhamat qilib, yana bir marta takrorlasangiz, O’zbekiston Ichki Ishlar vazirligidagilardan konkret kimdan bunday buyurtma keldi?

Bahrom Mo’minoxunov:

Bu buyurtma Ichki Ishlar vazirligining buyurtmasi emas, chunki, na ministr, na Interpol direktori mustaqil ravishda bunday odamni yo’q qilish haqda qaror qabul qila olmaydilar. Bu buyurtma tepadan kelayapti, yaniy, bu Karimovning buyurtmasi.

Tengiz Gudava:

Buyurtma qanday ifodalarda berilgan?

Bahrom Mo’minoxunov:

U yerda konkret ravishda bajarish muddatini talab qilishadi.

Tengiz Gudava:

Yaniy, aniq bir muddat haqida gapirilgan?

Bahrom Mo’minoxunov:

Ha, albatta.

Tengiz Gudava:

Va to’lanishi lozim bo’lgan pul miqdori ham?

Bahrom Mo’minoxunov:

Ha, albatta.

Tengiz Gudava: Bu pul miqdori?

Bahrom Mo’minoxunov: Million dollar.

Tengiz Gudava: Oldin siz siyosat bilan shug’ullanganmisiz?

Bahrom Mo’minoxunov: Men hech qachon siyosat bila shug’ullanmaganman va Muhammad Solih bilan hech qachon tanish bolmaganman. Men xalq ichida katta obro’ga ega bo’lgan ‘’ERK’’ Prtiyasi borligini bilardim. Men juda yaxshi tushunaman… Mening u yoqda qarindoshlarim qolgan, u yerda mening yaqinlarim bor. Men juda yaxshi tushunaman, ularga nimalar qilishlari mumkin, ammo ortiq qo’rquv bilan yashashdan charchadik… tushunasizmi, oddiy qilib aytganda qo’rqib yashashdan charchadik. Men hech qachon ”ERK” Partiyasiga a’zo bo’lmaganman, men hech qachon siyosatga aralashmaganman, men normal ishlaganman, mening o’zimning tijoratim bor edi, normal aloqalarim bor edi, xotinim rus…

Tengiz Gudava: Bu — mening va o’zbek demokratik muxolifati lideri Muhammad Solihga qarshi suiqasd tayyorlanayotgani haqda asosiy guvoh sifatida chiqayotgan O’zbekiston fuqarosi Bahrom Mo’minoxunov bilan telefon orqali o’tkazgan suhbatimiz edi.

Muhammad Solih — o’zbek yozuvchisi, shoir, muxolifatdagi ”ERK” Partiyasi lideri. 1991 yilgi prezidentlik saylovlarida prezident Karimovning asosiy raqibi bo’lgan. 90-yillar o’rtalaridan beri siyosiy muhojirlikda yashayapti. 2000 yilning noyabr oyida O’zbekiston Oliy sudi uni 1999 yil 16 fevralda Toshkentda yuz bergan portlashlarda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Hukm sirtdan chiqarildi. Muhammad Solihning o’zi unga qo’yilayotgan aybnomalarni bema’ni deb hisoblaydi.

Bahrom Mo’minovning ochiq Bildirishidan:

“2000 yilning sentyabr oyida chechen guruhiga bu aksiyani “tayyorlash” uchun 135 ming dollarlik avans puli haqd berildi. Qotillik uchun to’la hisob-kitob esa, Muhammad Solih yo’q etilganidan so’ng berilishi lozim edi. Pul mavzui mening Mahmud Hayitov bilan telefon orqali o’tkazgan suhbatlarimda (yozdirib olingan) asosiy mavzudir, chunki, faqat shu mavzu mening suhbatdoshlarimning axloqiy mohiyatini ochib bera olishi mumkin edi. Chunki, berilishi lozm bo’lgan 2 million dollardan 1 millionini polkovnik Botir Tursunov va O’zbekiston Interpoli Direktori Mahmud Hayitov bo’lihib olishlar kerak edi.

O’zbek hukumati ishonishi uchun biz Muhammad Solihdan bir necha hafta bekinib turishini iltimos qildik. Bu juda ishonarli chiqdi. Qotillik buyurtmachilari ishonganday bo’lishdi, ammo chechenlarga 1 million dollardan qolgan (870 ming dollarni) qismini Botir Tursunov va Mahmud Hayitovlar muxolifat lideri jasadining rasmiy tan olinishini, “ERK” Partiyasining radio orqali “Muhammad Solihning jasadi falon joydan topildi”, degan shaklda e’lon qilishini talab qildilar. Bu gaplarning hammasi audiokassetaga yozdirib olingan.

(Bahrom Mo’minoxunovning Bildirishidan olingan iqtibos tugadi).

Bahrom Mo’minoxunovv qotillik buyurtmachilaridan biri bo’lgan O’zbekiston Interpoli direktori Mahmud Hayitov bilan telefon orqali qilgan muzokaralarini yozib olgan.

Mana, shu yilning 8 may kuni o’tkazilgan o’sha telefon suhbati, bu yerda muzokara buyurtmachilarga qanday qilib, “buyurtm”aning bajarilganini ma’lum qilish va qurbon o’ldirilgani haqda xabar berish haqda ketadi. Bahrom Mo’minoxunov buyurtmachilardan birining kelishini talab qiladi, Interpol direktori Hayitov esa, rasmiy e’lon qilinishi va Muhammad Solihning o’ldirilgani haqda ekspert xulosasining o’zi yetarli ekanini aytadi. Qurbon — Muhammad Solih suhbatda ”hujjat” nomi bilan ataladi.

Ayol ovozi: Allo…

Bahrom Mo’minoxunov: Salomu alaykum.

Ayol ovozi: Salomu alaykum.

Bahrom Mo’minoxunov: Mahmud akani mumkinmi telefonga?

Ayol ovozi: Ha, ha, hozir.

Bahrom Mo’minoxunov: Ale, Mahmud aka?

Mahmud Hayitov: Ha, ha, eshitaman.

Bahrom Mo’minoxunov: Salom aleykum.

Mahmud Hayitov: Bahrom, demak, masala shunday qo’yilayapti…

Bahrom Mo’minoxunov: Ha…

Mahmud Hayitov: Rasmiy organlarning hujjatning kimga qarashli ekanini aniqlashlarining o’zi yetarli.

Bahrom Mo’minoxunov: Ha… Ammo rasmiy organ deganda nima nazarda tutilayapti?

Mahmud Hayitov: Xo’sh, mana bu, masalan, kim ketadi o’sha joyga…

Bahrom Mo’minoxunov: Yo’q, mayli… Ha, ha, ammo bu haqda ular kimga xabar berislari kerak, sizlargami?

Mahmud Hayitov: O’ylaymanki, shuning o’zi yetarli…biz bilib olamiz… Allo.

Bahrom Mo’minoxunov: Ha. Agar siz bu haqda xabar topmasangizchi?

Mahmud Hayitov: Qanaqasiga «xabar topmayamiz»? Bu bizga o’sha zahotiyoq ma’lum bo’ladi. Mana, qara, hozir hujjat egalari hujjatning yo’qolgani haqida gapirmoqdalar.

Bahrom Mo’minoxunov: Ular yo’qoldi, deyotganlari yo’q, ular «u allaqachon yo’q», deyishmoqda… Shundan gap ketsa, Mahmud aka, men nima qilay, qanday harakat qilay?

Mahmud Hayitov: Quloq sol, bizda bu yerda hujjat yo’qolsa kim u yerga ketadi, buni bilasan, to’g’rimi?

Bahrom Mo’minoxunov: Ha, albatta.

Mahmud Hayitov: Mana, mana shuning o’zi yetarli, hujjatni topsalar bo’ldi. Hujjatni topib, kimga qarashli ekanini aniqlaydilar.

Bahrom Mo’minoxunov: Yo’q, bu hujjatning bizga yetib kelishiga kim garantiya beradi? Bu hujjatning borligini qanday bilasiz?

Mahmud Hayitov: Bu haqda ertasigayoq aytishadi anovi nimadan…

Bahrom Mo’minoxunov: Mahmud aka, siz har holda, meni eshiting, men bilmayman, umuman, vaziyat shunday: ular hozir menga shunday deyishayapti: hech narsaning keragi yo’q, pul ham kerak emas, hech narsa kerak emas, siz durust odam emassizlar. Biz ishimizni 150 foizga bajardik. Menga aytishayaptiki, ular istamaydimi — demak, keragi yo’q… Qani garantiya, masalan birov Dudaev yoki boshqa birisi tirik deb aytmasligiga? Kimdir yana uni ko’rgan, kimdir u bilan gaplashgan, degan gaplar yana ko’payadi, yana hammasi ch’oziladi…

Mahmud Hayitov: Ale…

Bahrom Mo’minoxunov: Ha, eshitayapman…

Mahmud Hayitov: Men hujjat haqida gapirganda odam haqda gapirayapman, tushunayapsanmi?

Bahrom Mo’minoxunov: Ha, men tushunaman, albatta.

Mahmud Hayitov: Men sizlarga bironta hujjat kelsin, deyotganim yo’q. Joyga mas’ul organlar o’sha joyga borishadi va topishadi, to’g’rimi?

Bahrom Mo’minoxunov: Shunday…

Mahmud Hayitov: Mas’ul organlar shaxshini aniqlashadi, bu… bizda militsiya, u yoqda politsiya, to’g’rimi?

Bahrom Mo’minoxunov: Shunday.

Mahmud Hayitov: Ko’zdan kechirishadi, sen faqat uning topilganini ayt va men o’zim bilaman qanday xabar olishni, sen faqat telefon qil-da ayt: «Tamom, hujjatni topishdi». Men o’zim bilaman buni qanday tekshirishni.

Bahrom Mo’minoxunov: Birov kelsin, Mahmud aka, ular bu narsaga ishonishmayapti. Men ularni ishontirolmayapman. Ular «bu ishni qilamiz» deyishayapti, ammo bunga ishonishmayapti.

Mahmud Hayitov: Nega ishonishmaydi?

Bahrom Mo’minoxunov: Ishonishmayapti, ular aytishayapti-ki: ular kelishmaydi, hujjatni ko’rishmaydi, ertaga yana birov qaerdadir nimadir deydi, yana hammasi buziladi, asablarimiz buzamiz. Birov kelsi, Dilshod kelsin, birovga ayting…

Mahmud Hayitov: Men senga yana tushuntirman, hech kim u yoqqa bormaydi. Hujjatni topiganda shaxsini aniqlashadi, tushnayapsanmi yoki yo’qmi?

Bahrom Mo’minoxunov: To’g’ri, ha…

Mahmud Hayitov: Bo’ldi, voqea bo’lgan joyga ketib, hammasi rasmiylashtiriladi, to’g’rimi? Va rasmiy qarindoshlari so’rashadi — bizga qaytaring, biz uni qoida bo’yicha qo’yishimiz kerak- to’g’rimi?… Ale…

Bahrom Mo’minoxunov: Ha, ha.

Mahmud Hayitov: Bu hujjat mangu qayerdadir yotmaydi-ku, to’g’rimi, uni egalariga topshirishadi, egalari uni seyfga ko’mishlari uchun.

Bahrom Mo’minoxunov: Ha.

Mahmud Hayitov: Umuman, vaziyat…

Bahrom Mo’minoxunov: Umuman, ular aytishayaptiki: «keragi yo’q, biz o’zimizning harakatimizni qilamiz, sizdan hech narsa kerak emas».

Mahmud Hayitov: Quloq sol, men ularni tushunmayapman, agar odamlar ishlayotgan bo’lsa…

Bahrom Mo’minoxunov: Ular bu ishni qilishga tayor… ammo bir gap bo’ldi, ikki gap bo’ldi… shart o’zgarayapti, ular kimdir kelsin, deyapti,. Rustamni jo’natib o’tirmang, men u bilan rasmga tushay, Dilshod rasmga tushsin, ertaga bu narsa yana 30 marta e’lon qilinadi, biz o’zimizning ustimizdan hukm chiqarayapmiz, biz o’zimizning ustimizdan hukm chiqarayapmiz…

Mahmud Hayitov: Quloq sol, men bu yerdagilarga shunday tushuntirsam: ular… menga qara, ular ishni qilamiz, deb bo’yniga olishdi, endi bu ularning problemasi.

Bahrom Mo’minoxunov: Mayli bo’lmasa…

Mahmud Hayitov: Xo’p.

(Bu telefon suhbati qisqartirilib tarjima qilindi, — Tahrir.)

Tengiz Gudava: Bu Bahrom Mo’minoxunov va Muhammad Solihni o’ldidrishni buyurtma qilganlardan biri O’zbekiston Interpoli direktori Mahmud Hayitov o’rtasida bo’lib o’tgan telefon suhbati edi. Yana bir marta aniqlik kiritaman: Suhbatdoshlar nazarda tutyaotgan «hujjat» — bu Muhammad Solih.

Mana, tayyorlangan suiqasd haqda Muhammad Solihning o’zining fikrlari:

Muhammad Solih: Yaniy, ular faqat shunday xabarning tarqalishi bilan, 2 millionni berishmoqchi bo’lishgan yaniy, bir millioni chechenlarga, qolganini o’zlari bo’lib olmoqchi bo’lishgan.

Tengiz Gudava: Yaniy, ular 1 million dollarni o’zaro bo’lib olishmoqchi bo’lishgan? Botir Tursunov va Mahmud Hayitov?

Muhammad Solih: Ha.

Tengiz Gudava: Millionni chechenlarga bermoqchi bo’lishgan?

Muhammad Solih: Chechenlarga, endi million emas, chunki, 135 ming dollar allaqachon to’langan bo’lgan…

Tengiz Gudava: Muhammad, shunday savol, demak, chechenlar — mana bu odamlar, yaniy, Almatov, Tursunov va Hayitovlar ularga sizga qarshi suiqasd uyushtirishni taklif qilganlari zahoti bu haqda sizga xabar berishdimi?

Muhammad Solih: Ha, bir haftadan keyin telefon qilishdi.

Tengiz Gudava: Bir haftadan so’ng telefon qilib, shunday gap borligini xabar qilishdimi?

Muhammad Solih: Ha, ular shunday xavf borligi haqda ogohlantirishdi, ular aytishdiki: biz buni qabul qilmadik, ammo buni boshqalarga ham taklif qilishlari mumkin, shuning uchun, iltimos, ehtiyot bo’ling», deyishdi. Shunda men ularga: «Inkor etishning keragi yo’q, qabul eting», dedim…

Tengiz Gudava: Yaniy, siz bu o’yinni o’ynashni taklif qildingiz, shundaymi?

Muhammad Solih: Men bu o’yinni o’ynashni taklif qildim, chunki, ularni fosh etishning boshqa yo’li yo’q edi.

Tengiz Gudava: Va chechenlar bunga rozi bo’lishdimi?

Muhammad Solih: Ha, chechenlar: «Biz gaplashamiz», deyishdi. Ular Bahrom bilan gaplashib, «O’ynaymiz», deyishdi. Keyin Bahrom yana bir guruh tayyorlanayotgani haqda xabar berdi — bu guruh SNB tarafidan tayyorlanayotgan bo’lib, Boltiqbo’yidan snayperlar guruhi jo’natilishi kerak bo’lgan, balki, allaqachon yollashgandir, dedi menga Bahrom. Boltiqbo’yi jumhuriyatlari bilan bu davaltlar o’rtasida viza rejimi yo’q, shuning uchun ham u yerdan skandinav o’lkalariga qotillarni olib o’tish oson.

Tengiz Gudava: Xotima o’rnida Bahrom Mahmudovning Bildirishidan yana bir parcha keltiramiz:

«Men guvohlik beramanki, shu yilning 25 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 8 da Ichki Ishlar vaziri Zokir Almatov, terorizm bilan kurash bo’limi boshlig’i Botir Tursunov, O’zbekiston Interpoli direktori Mahmud Hayitovlar O’zbekiston Prezidenti rezidentsiyasida Prezident Islom Karimov tomonidan qabul qilinib, ushbu buyurtmani muhokama qilishdi.” (tsitata tugadi)

O’zbekiston demokratik muxolifati lideri Muhammad Solihga qarshi suiqasd tayyorlangani haqda Norvegiya Tashqi Ishlari xabardor. Bu mavzuda bir mashhur teleprogramma film hozirlamoqda.

(Eshittirish matni qisqartirilgan holda tarjima qilindi, — Tahrir.)

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *