MUHAMMAD SOLIHNI HIBSDAN OZOD ETISH KAMPANIYASIGA DOIR «OZODLIK» RADIOSI MA’LUMOTLARI

Oldingi eshittirislarimizda shu kunlarda Praga qamoqxonasida qolayotgan Muhammad Solihning taqdiri yuzasidan tashvishlanish bildirib, Chexiya rahbariyatiga uni O’zbekistonga topshirmaslik va uni ozod etish haqda qator xalqaro tashklotlar, inson huquqlarini himoya qilish guruhlari, xorijiy diplomatlar murojaat qilgani haqda ma’lum qilgan edik.

Kuni kecha ularning safiga Xelsinki inson huquqlari Xalqaro Federatsiyasi ham qo’shildi. Chexiya Prezidenti Vatslav Havel nomiga yo’llangan maktubda Muhammad Solihning hibsga olingani va u Toshkentga topshirilib, u yerda qiynoqlarga solinishi mumkinligi haqadgi xabar Federatsiya a’zolarini chuqur tashvishga solayotgani qayd etilgan. Xelsinki Vatch tashkilotining tegishli idoralarga, xususan, Ichki Ishlar vazirligi, hamda Adliya vazirligini Muhammad Solihning Norvegiyada siyosiy muhojir statusida ekanini inobatga olib, uni o’zi istiqomat qilayotgan mamlakatga qaytarish va ekstraditsiya bilan bog’liq masalaning ko’rib chiqilishini Norvegiya rasmiylariga berishga chaqirishgan.

Shuningdek, 3 dekabrda Londondagi Xalqaro Pen Klub delegatlari Assambleyasi taniqli shoir va siyosatchining hibsga olinishi munosabati bilan Interpol rahbariyati va Interpolning Chaxiya bo’limiga xat yo’llab, Muhammad Solihni ekstraditsiya qilish-qilmaslik masalasini hal qilishda terrorizm — xalqaro sahnada tanilgan shoirning ichki dunyosiga mutlaqo zid ekanini inobatga olishga chaqirishgan. Ushbu mazmundagi maktub Pen Klub delegatlari Assambleyasi tomonidan Chexiya Prezidenti, Muhammad Solihning ham qalam, ham xalqaro demokratik harakat bo’yicha hamkasbi Vatslav Havelga ham yo’llandi.

“ERK” Partiyasi rahbarini ozod etish borasidagi tashabbuslar diplomatik jabhada ham davom etmoqda. 3 dekabrda Evropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari yigi’ni doirasida Norvegiya Tashqi ishlar vaziri Yan Petersen Chexiyalik hamkasbi Yan Kavan bilan uchrashib, o’zbekistonlik dissidentni Norvegiyaga qaytarishni so’radi. Uning so’zlariga ko’ra, bu haqdagi rasmiy murojaat Chexiya hukumatiga yo’llangan. Chexiya Tashqi ishlar vazirligining yuqori martabali vakili Karl Borutsaning matbuotga bergan intervyusida aytishicha, Chexiya Tashqi ishlar vaziri Norvegiyalik hamkasbining iltimosini qo’lab-quvvatlashga uringan.

Inson huquqlari faollari va kuzatuvchilar Muhammad Solih atrofidagi hodisaning terrorizmga qarshi xalqaro kurash bilan bog’lanayotgani haqda tashvishlanish bildirishmoqda. Human Rights Watch vakilasi, 2000 yil noyabrida Muhammad Solih ustidan o’tkazilgan sud jarayonining borishini kuzatgan Akeysha Shilds, O’zbekiston rasmiylari Muhammad Solih ustidan hukm chiqarilganidan ko’p o’tmay, Interpoldan uni hibsga olishlarini so’raganlarini aytdi. Aftidan, deydi Akeysha Shilds, rasmiy Toshkent bundan bir-ikkita hafta oldin Interpolga yana murojaat qilgan ko’rinadi.Watch tashkiloti vakilasining so’zlariga ko’ra, Interpol hozirgi harakatlarini xalqaro hamjamiyatning antiterror choralari bilan bog’lamoqda.

Meni deydi, Akeysha Shilds, Interpol odamlarni besabab qamoqqa tashlayotgan rejim sifatida tanilgan hukumatning xizmatkoriga aylanib qolishi tahlikasi qo’rqitmoqda.

Markazi Londonda joylashgan Xalqaro Amnistiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo’limi vakili Meiziy Veychnerding ham radiomizga bergan intervyusida Chexiya Muhammad Solihning taqdirini hal qilishda inson huquqlari masalasini keyinga surib qo’yishi ehtimoldan tashvishlanish bildirdi. Biz, bu ishni kor’ib chiqadiganlar uni aksilterror jarayoniga bog’lamasliklariga umid qilamiz, deydi Xalqaro Amnistiya tashkiloti vakilasi.

«Ozodlik» radiosining 2001 yil 4 dekabr kungi dasturidan olindi

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *