NORVEGIYA MATBUOTI MUHAMMAD SOLIH HAQDA

Norvegiya ommaviy axborot vositalarida Muhammad Solihning Pragada qamoqqa olinishiga doir ko’plab xabarlar tarqatildi, maqolalar yozildi. Norvegiya televideniesi avval Muhammad Solihning hibsga olinishi, keyin ozod etilishi va so’ngra Chexiya Prezidenti Vatslav Havel bilan o’tkazgan uchrashuvi xususida bir qancha lavhalar namoyish etdi. Televidenie Muhammad Solih taqdiri borasida Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi olib borayotgan ishlarni yoritib bordi, yaniy, o’zbek muxolifat lideri taqdiri bilan bog’liq bu jarayonni muttassil kuzatib bordi.
Shuningdek, Norvegiyaning eng ko’zga ko’ringan «Aftenposten» «Dagbladet», «VG» singari gazetalari bu voqealarni davomli yoritib bordilar. Xususan, «Aftenposten»da Muhammad Solih qamoqqa olinganining ilk kunlarida chiqqan «O’zek muxolifati lideri Chexiyada qamoqqa olindi» nomli katta maqolada, muxolifat liderining qamoqqa olinishi tafsilotlaridan so’ng shunday yoziladi:

”Biz Muhammad Solihni terrochi deb o’ylamaymiz,- dedi bizga intervyu bergan «Ozod Yevropa» radiosi matbuot kotibi Soniya Vinter — bizning fikrimizcha, Muhammad Solih O’zbekiston rejiminining qattiq tanqidchisi bo’lgani uchungina O’zbekiston rejimi tomonidan ta’qib etilmoqda,” — deya so’zini davom ettirdi Soniya Vinter.

Maqola davomida O’zbekiston hukumatining uch marta Norvegiya hukumatiga murojaat etib, Muhammad Solihning tutib berilishini talab qilgani va rad javobi olgani haqda yoziladi. Bundan tashqari, O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Muhammad Solihga qarshi suiqasd rajalashtirgani va qotillar yollagani, O’zbekiston muxolifati lideri Olmoniyaga borgan chog’da o’ldirilishi ko’zlangani haqda yozadi.

«VG» gazetining 1 dekabr kuni chop etilgan «Siyosiy qochqin bomba portlashlarida ayblanib qamoqqa olindi» nomli maqolada Chexiyada qamoqqa olingan Muhammad Solihning hali Sovetlar paytidayoq kommunistik rejimga muxolif bo’lgani va sovetlar hokimiyati bitganidan so’ng esa, davlat tepasida o’z o’rnini saqlab qolgan sobiq kommunist rahbarlarga qarshi kurashini davom ettirgani haqda yoziladi. «O’zbekiston hukumati Muhammad Solihni obro’sizlantirish uchun rasmiy kampaniya olib bormoqda», deyiladi maqolada.

«Dagbladet» gazetining 3 dekabr kungi sonida e’lon etilgan «Tashqi Ishlar vaziri Jan Petersen Muhammad Solihning ozod etilishiga optimstik qaramoqda» nomli lavhada Norvegiya Tashqi Ishlar vazirining Chexiya Tashqi Ishlar vaziri Jan Kavan bilan uchrashib, Muhammad Solih masalasini muhokama etgani va uning tezda ozod etilajagiga umid bildirayotgani haqdagi fikrlari bayon etiladi.

Muhammad Solihning Pragada hibsga olinishi voqeasi O’zbekistondagi despotik rejim yurgizayotgan siyosatni yana ham kengroq planda dunyo jamoatchiligi nazariga tushirdi va O’zbekistonda kechayotgan siyosiy jarayonlar hatto Norvegiya tashqarisidagi norveg muxbirlarining ham e’tiborini torta boshladi.

«Aftenposten» gazetining 11 dekabr kungi sonida chop etilgan «Despot o’zining prezidentlik muddatini uzaytirish uchun xalqdan ovoz so’ramoqda» nomli maqolada «O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’z prezidentlik mudatini 2007 yilgacha uzaytirmoqchi, u Afg’onistondagi urush bahonasida inson haqlarining poymol etilishiga hech kim e’tibor bermaydi», deb o’ylayapti», deya yoziladi. Karimov ilgari ham shu usulni qo’llab, o’z muddatini uzaytirib olgan edi, deya davom ettiriladi maqola, -birinchi bor u 1995 dan 2000 gacha o’z prezidentligi muddatini uzaytirgan edi». Maqolada, shuningdek, mamalakatda muslimonlarga va muxolifatga qarshi qattiq ta’qib-tazyiqlar qilinayotgani, o’lkadagi 900 ta masjid bekitilgani va 7 mingdan oshiq muslimonlar qamoqqa olingani haqda gapiriladi. Maqola davomida O’zbekiston rejimining muxolifat lideri Muhammad Solihga qarshi olib borayotgan kampaniyasi haqda aytilib, uning Pragada qamoqqa olinish tafsilotlari keltiriladi va Karimov rejimining o’z demokratik raqibini yo’q qilish uchun turli xil yo’llarga bosh urayotgani haqda gapiriladi..

(16.12.2001)

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *