O’RTA OSIYO, STRATEGIYА, TASHQI SIYOSАT

Cengiz Chondar Turkiyada chiqadigan SABAH gazetasi analitigi
06.2000
O’zbekistonning Turkiyani sevgan, ammo Toshkent diktatorini mamnun etmak uchun Turkiyadan chiqarib yuborilgan, shu sabab Oslo’da yashashga majbur bo’lgan muxolifat lideri Muhammad Solih ’’TURKIYA VA TURK JUMHURIYATLARI degan muhim bir maqola e’lon qildi. 

Taqdirning jilvasiga qarang-ki, Muhammad Solihning maqolasi cjiqqan kuni ve Oslo’da Buland Ejevitning u bilan uchrashuvni rad qilishi bir-biriga teng keldi. Ejevit ’’O’zbekiston bilan munosabatlarimiz buzilishi mumkin edi’’, deye bahonasini e’lon qildi. Go’yo, bizning O’zbekiston bilan juda yahshi aloqalarimiz borday. Go’yo bir necha hafta avval, Putinning oldida tiz cho’kib, O’zbekiston o’z havfsizligini Rusyaga taslim etib, Turkiyadan yanada uzoqlashmaganday…

Ishning xazin tarafi, Ejevitning o’zi bir zamonlar ’’demokratiya qazosi (avariyasi) qurboni’’ edi. Agar 1980-1983 yillarda u sevgan Skandinav o’lkalari Turkiyada Ejevitni ziyoret qilishga kelayotib, ’’Turkiya bilan aloqamiz buzilishi mumkin’’, degan bahona bilan uni qollamaganda edi, bugun Muhammad Solih nimani his qilsa, Ecevit ham shuni his qilgan bo’lardi. Endi Muhammad Solih nimani his qilayotganini u o’ylasin. Bosh vazir umr bo’yi demokrat bo’lib turishning naqadar mushkul ish ekanini ko’rsatmakdadir.

Mavzu hissiy masala emas. Mavzu Turkiyaning strategik hadaflari va tashqi siyostidir.

Muhammad Solih shu yil 6-iyunda e’lon qilingan maqolasini shu so’zlar bilan boshlaydi: ’’Bir oydir, turk jamoatchiligi Turkiya’ning O’rta Osiyo siyosatining xato bo’lganini tortishmoqda. Afsus-ki tashxis (diagnoz) tog’ridir. Faqat masalaning qiziq tarafi shunda-ki, xato sabablari, xuddi xatoning o’zi kabi, ters perspektivdan ko’rsatilmoqda. Turk siyosatiga yon bergan davralar ’’O’rta Osiyo jumhuriyatlari bilan oramiz buzilganiga sabab, ularning rahbarlaridan demokratiya talab qilganimiz, ba’zi rejim muhaliflarini qo’llaganimiz, ihtilollarga izin berganimiz bo’ldi’’, deya yozg’iradilar. Bu davralar O’rta Osiyo derkan, xayoliga darrov Turkchilik kelgani uchun u yerda Qayta Qurish davrida paydo bo’lgan butun Milli harakatlarni ham ular bir turkchi harakat o’laroq tasavvur qiladilar. Va bu kompleks ularni Sovetlar Ittifoqi tugagandan keyin ham tark etmagan ko’rinadi.’’

Tog’ri. Faqat, bizningcha, Turkiya’ning bu sohadagi muammosi yanada chuqurroqdir. Turkiyada tashqi siyosat havfsizlik siyosati bilan esh, yani ikkisi bir narsa degan tushuncha hokim bo’lib qoldi.

Tashqi siyosatning havfsizlik bilan bog’liq jihati albatta bor, ammo tashqi siyosat faqat havfsizlik bilan emas, asosan ’’strategik maqsadlar bilan bichimlanadi.

Nima bo’lganda ham Turkiyaning tsahqi siyosati chizilmagani aniq… (maqola shu nuqtada bir oz qisqrtidi, — Taht.)

Bunday bir zehniyetdan ’’O’rta Osiyo siyosat ve strategiyesi’’ chiqmaydi. Chiqsa edi, Turkiyaning Rusya ve Eronga bo’lgan munosabatlari bugungidan farqli bo’lar edi. (Bu mavzuni yaqinda qalamga olamiz). Bu zehniyet turk jumhuriyatlarining kommunist liderlari bilan ichini poraxo’rlik va haromxo’rlikka to’ldirish mumkin bo’lgan munosabatlarga yo’l ochadi xolos. Bunday munosabatlar ustasi ve timsoli hurmatli Demiral edi…

Turkiya bu o’lkalarda demokratiyaing bayroqdorligini boshlamaguncha, hech qachon joziba markazi ve O’rta Osiyoning kelajagida rol o’ynay olmaydi.

Muhammad Solih o’z maqolasini shu so’zlar bilan bitiradi: ’’Biz Turkisto turklari demokratiyaga tayyrmiz, bunu eng qisqa zamonda butun dunyo ko’rajaktir, insholloh. Fakat qardoshlarimiz bizga ishonsinlar, hurriyatni bizga ravo ko’rsinlar. Qardoshlarimiz shuni bilsinlar-ki, o’z xalqiga sodiq bo’lmagan kommunist rahbarlar sizga sodiq bo’laolmaydi, o’z xalqiga yolg’on so’ylab, sizga to’g’risini aytishlari mumkin emas, ular demokratiyadan nafratlanar ekan, sizga do’st bo’lishlari ham mumkin emasdir’’.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *