O’z yuziga qovushgan odam

Erdal Guven
Turkiyada chiqadigan «Radikal» gazetasi
06.01.2002

”Hibsga olinganlarga mahkamaga chiqqunlariga qadar ko’zgu bermaydilar. Menga ham berishmadi, va men o’z basharamdan ayrildim… Masalan, men panjara orqasidan ziyoratchimga kulimsirasam, mening yuzim ham kulimsiraydimi, yo’qmi, men buni bilolmayman… tabassum -ayniqsa, dunyomizning «madaniy» qismida — inson chehrasining eng ko’p ehtyoj tuyadigan harakatdir… Kulimsirash fetishizmi hayotimizga shu qadar o’rnashib olganki, hatto diktatorlar ham oyna oldida turib, yuzlarining paylarini o’ynatib, tabassum sanatini mukammal egallash uchun ishga…”

Bilmayman, o’tgan kun ”Radikal”da bosilgan bu satrlarni o’z ichiga olgan esseni o’qidingizmi? O’qimagan b’lsangiz, ko’p narsani yo’qotdim deb hisoblayvering. O’zbekiston muxolifat lideri Muhammad Solihning Praga Pankrats turmasida yozib, keyin Chexiya Prezidenti Vatslav Havelga hadiya qilgan essesini aytayapman. Solih Sovet Ittifoqi yiqilgandan keyin 1990 yilda ”ERK” Partiyasini qurgan edi. 1991 yilda Karimovga qarshi Prezidentlikka nomzodini qoydi va bunday bir hangomada aslo oz hisoblanmaydigan 12 foiz ovoz oldi. Bu ovoz miqdori ham Karimovni qo’rqitib yuborisghga yetdi. Solihning partiyasi ta’qiqilandi, o’zi surgun qilindi. U so’nggi yillarini Wagnerning «uchgan Hollanda»asi kabi bir xavfsiz sohil, bir boshpana axtarib kechirdi. U boshpana topolmagan o’lkalar qaysi o’lkalar edi, bilasizmi?

Karimovning diktatorligi yil sayin tobora quyuqlashib bordi va Solihning vataniga qaytish umidi ham ozaya boshladi.

Diktatorlar o’ziga muxolif bo’lganlarni yoqtirmaydilar. O’zbekistonda Solihning qarindoshlari va yaqinlari hibsga olinib, qamoqqa hukm qilindilar. ”ERK” Partiyasi to’rt tarafdan siquvga olindi. 1999 yil fevral oyida Toshkentda bombalar portlatildi. Milliyatchilardan dindorlargacha butun muxolif guruhlar shubha ostiga olindi va albatta “ERK” ham ayblana boshladi. Solihning hissasiga 15.6 yil ogir qamoq jazosi tushdi.

Qator voqealarni boshidan kechirgandan song Solih 1998 yil Norvegiyadan siyosi boshpana oldi. Uning ta’biri bilan aytganda «Norvegiyaning O’zbekistonga na strategik bog’liqiligi bor edi, va yoki na da O’zbekistondan paxta sotib olar edi».

Bunday der ekan, Solih qaysi o’lkaga ishora qilyapti, ajabo? 11 sentayabrga qadar yana uning tabiri bilan «bir Kafka qahraomoni» kabi yashashga boshladi u.

U xalqaro maydonda obru sohibi bir shahsiyat edi, ammo surgunda edi.

11 sentayabrdan keyin boshlangan «ajina ovida» nimadir bo’lib ismi terroristlar ro’yxatiga ham tushdi. Keyin bir oz vaqt o’tib buning xato bo’lganligi ma’lum bo’ldi. Ammo «ajina ovi» Solihni ta’qib etishda davom etdi. 28 noyabirda O’zbekiston hukumati talabi bilan hibsga olindi. Yana qayerda deng, Chex jumhuriyatida. Solih o’rnak olgan bir siyosi lider boshqaruvidagi mamlakatda. Va Praganing Pankrats turmasiga tashlandi.

Interpol 11 sentayabir iqlimidan foydalanib, demokratik muxolifatni «terrorist» atab, uni yo’q qilish uchun faoliyatga kechgan Karimovning tuzog’iga tushgandi.

Ammo chex huquq organlri bu tuzoqqa tushmadi. Solih hakkidagi «dalillarni» yetarsiz deb topdi. Solih avval mahkamagacha qamoqdan ozod qilindi, keyin mahkamada oqlandi va to’la erknlikka chiqarildi.

Mahkamaning bu qarorida xalqaro jamoatchilikning katta hissasi bor edi. Shuningdek, avvalambor Norvegiya hukumati, keyin Hollandiya, Buyuk Britaniya, hatto terrorga qarshi kurashning bayroqdori, Karimovning yangi do’sti Amerika ham Solihning turmadan chiqishi uchun davraga kirdi.

Bu ishda qaysi o’lkalar «davraga kirmadi», bilasizmi?..

Albatta, bu ishga Prezident Havel ham qo’lidan kelguncha o’z hissasini qo’shdi. Aslida, Solihning hibsga olinishi boshidan beri Havelning asabini buzgandi. U «afsuski, turma hujrasining kaliti mening qo’limda emas», deya boshlagandi birinchi kundanoq.

Shuningdek, Xalqaro Avf Tashkiloti va Inson Haqlarini Kuzatish tashkiloti va Baynalminal Krizis Guruhu kabi tashkilotlar ham katta kampaniya boshladilar va mahbusni ozod qilishga muvaffaq bo’ldilar. Solih endi yana o’z sohiliga qaytdi.

Turmadan chiqqan kuni bergan matbuot konferentsiyasida Solih jon oluvchi bir savol bergan edi dunyoga: «Masala juda jo’n va sodda. G’arb kimning yonida? Diktatorlarning yonidami yoki demokratiyaningmi?»

Solih bu savoliga ijobiy javob oldi.

Yuqorida men ham ba’zi savollar so’ragandim, «qaysi o’lka» deya boshlagan savollar so’ragandim. Afsuski, bu savollarning hammasiga bitta cavob bor: so’ralgan o’lka Turkiyadir.

Aslida, Anqaraning Muhammad Solihga ravo ko’rgan muomilasi O’rta Osiyo va Ozarboyjon siyosatining bir oynasidir. Yani «geopolitik va ekonomik manfaatlar uchun» demokratik muxolifatga teskari qarash, ismi Karimovmi, Aliyevmi yoki Niyozovmi — diktatorlar bilan o’ynashish…

Solih Turkiyani sevgan bir inson. O’zbekistondan quvg’in qilingandan so’ng Istanbulga kelgandi. O’rta Osiyodagi boshqa liderlar kabi u ham Turkiyadan ko’p narsa kutgan edi. Lekin kutgani bo’lmadi, Solih 3 yil ichida 4 marta Turkiya hududidan chiqarib yuborildi. Karimov Anqaraga kelayaptimi, darrov Solih hududdan chiqarilardi, yoki Anqaradan bittasi Toshkentga ketmoqchimi darhol Solih Turkiyani tark etishi kerak edi.

Kichik bir mamlakatning buyuk lideri Vatslav Havel Solihni butun dunyoning ko’zi oldida, o’z saroyida mehmon qilar ekan, biznikilar Solih bilan yonma-yon turishga ham qo’rqadilar…

Bu qachongacha davom etajak?

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *