O’ZBEKISTON BILAN YANGI BAHOR

Samih Idiz ‘’Star’’ gazetasi (Turkiya)
19.09.2000
Turkiya bilan O’zbekiston orasidagi munosabatlar ancha paytdan beri yomon edi. Ba’zilariga bu g’alati ko’rinadi, nima bo’lganda ham ‘’qorindash’’ cumhuriyatlarmiz. Ammo Sovet Ittifoqining cho’kishindan so’ngra paydo bo’lgan katta muhabbat Toskentning o’pka-ginalari oqibatida sovuqlikka aylandi, o’zbek lider Islom Karimov 9-nchi Jumhurboshqonimiz (Prezident) Sulaymon Demireldan xafa bo’ldi. U o’pka-ginasini BMTning Milenyum Zirvasiga ham tashimoqchi bo’ldi. Prezident Sezerg’a randevu berishni ham paysalga soldi. Faqat oz vaqt o’tgach birdaniga o’zgarib qo’ldi va Sezer bilan uchrashdi. Iltifotlarini ham ayamay ‘’sochdi’’. O’zbeklar hozir Ichki ishlar Vazirimiz Saodaddin Tantanni qarshilab, mehmon qilmoqdalar. Xo’sh bayram yo’q-sayron yoq, bu og’aynimiz bizni nimaga birdaniga quchoqlab o’pa boshladi?

Avvalo ishning o’tmishiga boqaylik. Bir necha yil avval o’zbek hukumatidan g’alati bayonotlar kela boshlagan edi. Turkiyani ‘’terrorist’’larga boshpana berganlikda aybladi ular. Bu yerda ‘’boshpana berilgan terrorist’’ esa ta’qiqlangan ERK Partiyasining lideri Muhammad Solih edi.

Normal mezonlarga ko’ra, ERKni bir ‘’terrorist’’ tashkilot, uning lideri Solihni esa bir ’’terroristboshi’’ deb e’lon etmak uchun xayol kuchumizni qattiq qamchilashimiz kerak bo’lardi. Hozir Norvegiyada yashayotgan Solihning asos ayibi kuchli muholif bo’lishi edi, xolos. Eng muhimi, agar erkin saylov bo’lganida uning g’alaba qozonish ehtimoli yuksak bo’lshi edi.

Shunga qaramay, Anqara, ‘’qarindoshlik buzulmasin’’ deye Solihdan Turkiyani tark etishini istadi. Ammo bu Karimov uchun kamlik qildi. U bir kara ’’Terroristlarimiz Turkiyada tayyorlanayapti’’ deya ishongan va Toshkentda 1999 yilda portlagan bombalardan so’ngra bu ishonch yanada kuchaygandi.

Boshqa bir ifoda bilan aytsak, Turkiya ila O’zbekiston arosidaki aloqalar, Solihning quvilishiga qaramasdan tuzalmadi. Hatto yanada yomonlashdi. O’zbeklar, qaysarlik bilan ‘’Terro’ristlarimizi bering’’, deb, Turkiya esa qarorli bir shaklda ‘’bu kishilar bizda emas,’’ deb kun o’tkazdilar.

Karimov so’ngra Turkiyani ‘’diniy radikalizm’’ni import qilgan o’lka sifatida aybladi. Qo’rqinchli ro’yosi bo’lgan radikal dindorlarning xuddi hammasi Turkiyada deganday hatti-harakatlar qila boshladi. Fatthulloh Gulanga oid bo’lganlarni ham qo’shib o’lkadagi butun turk makatablarini yopti. Turkiyada o’qigan o’zbek talabalarini qaytarib oldi. Bu orada turk shirkatlariga turli to’siqlar qo’ya boshladi.

Qisqasi, Turkiya Karimov uchun ikki ma’noda ‘’tahlikali o’lka’’ bo’ldi. Birinchisi, demokratiya o’rnagi bilan, ikkinchisi, bu demokratik iqlimda yetishgan siyosiy Islom.

Faqat, mujohitlar Afg’onistondan Karimovning o’lkasiga kirib, sotsial-iqtisodiy shakli e’tibori ila shariat propogandasiga moyil bo’lgan Farg’ona vodiysiga qarab yurgan zahot, Karimov haqiqatlarni ko’ra boshladi.

Avval vahima ichida boshqa O’rta Osiyo liderleri bilan birlikda Rusya Prezidenti Putin bilan ko’rishib, islom fundamentalizmiga qarshi hamkorlik shartnomasini imzoladi. Ammo dindor partizanlar bilan otishmalar ko’paysa ham Rusyaning ‘’yordamga kelaylik’’ taklifiga uncha rag’bat etmadi.

Ravshan-ki, bo’lgada rus gegemonyasini yangidan tashkil etish niyatida bo’lgan Putinga, ‘’kirsalar qaytib chiqmaydilar’’ deya O’zbekistanaa askar kiritish shansini bermak istemedi.

Bu vaziyatda Karimov uchun bitta yo’l qolgandi Demokratiya va inson haqlari mavzusida AQShdan kelgan qattiq tanqidlarni ichiga yutib, Turkiyadan keladigan ’’demokratiya o’rnagi’’ qo’rquvini yengib, Vashington va Anqaraga tarafga burulishga qaror berdi. Turkiya ham o’tmishni eslab o’tirmay, o’zbek askarlarini tayorlashda lojistik, quroql-aslaha, harbiy ashyolar va ta’lim-tarbiya sohasida yordam berishga so’z berdi. Bu orada Amerika ham, Karimovning qo’rqinchli ro’yosiga aylangan ‘’O’zbekiston islamiy harakati’’ni ‘’Terrorist tashkilotlar’’ ro’yxatiga kiritib, Toskentga fundamentalistlar bilan kurashda dastak bo’ldi.

Xullas, Karimovning din qorquvi demokratiya qo’rquvidan kuchliroq chikti. Bu orada Karimov yana o’lkada vahobiy tushunchalar ko’paymasin deye, Buxorali islom mutafakkiri Bahauddin Naqshibandiyning quchog’iga otildi. Vahobilarning yo’lini Naqshbandiya yo’li bilan to’smoq istayapti.

Tabiiyki, Karimovning o’z o’pka-ginasini yengib, Turkiya mavzusida birdaniga ‘’hidoyatga erishgani’’ga bizning Naqshbandichlarning ta’siri bo’ldimi-yo’qmi bilmaymiz, ammo bir ta’sir borligiga hech shubha yo’q. Shu munosabat bilan O’zbekiston ila yangi bir bahor havosiga kirayapmiz.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *