O’ZBEKISTON — QIYNOQ VA PORTLASHLAR

”SVOBODA” RADIOSI, 20.02.2001
Programma muharriri Tengiz Gudava

Bugungi O’zbekiston hayotida ikkita ko’rinish, ikkita dahshatli ko’rinish — qiynoqlar va portlashlar bir-birini oziqlantirmoqda. 16 fevral kuni Toshkentda yuz bergan, 16 nafar begunoh insonning umrini olib ketgan portlashlardan so’ng oradan 2 yil vaqt o’tdi. Bu portlashlar hokimiyat va islomiy muxolifat o’rtasida yangi davrni — hokimiyat va islomiy muxolifatning bir-biriga qarshi terrorizmi davrini boshlab berdi. Yaqinda inson haqlarini himoya qiluvchi xalqaro Human Rights Watch tashkiloti ”Yana boshdan-oyoqqacha jahannam…” degan nom bilan O’zbekistonda mahbuslar ustidan o’tkazilayotgan qiynoqlar haqidagi dokladini e’lon qildi. Qiynoqlar portlashalrni tug’adi va aksincha — hokimiyar zulmi muxolifat terrorizmni tug’adi, terror esa, o’z navbatida muxolifatni bo’gish uchun hokimiyatning qo’llarini ozod qiladi… O’zbekistondagi bugungi voqealarning qusurli doirasi ko’rinishi shunday.

Toshkentdagi muxbirimiz Inera Safar Human Rights Watchning O’rta Osiyo bo’yicha tadqiqotchisi Kassandra Kavano bilan suhbatlashadi.

Irena Safar:

Qiynoqlardan qancha odam halok bo’lgan, sizda bu haqda informatsiya bormi?

Kassandra Kavano:

Bizda 15 kishining qiynoqlar paytida halok bo’lganligi haqida aniq ma’lumotlar bor. Bular 1999-2000 yillar ichida halok bo’lganlar. Ammo qiynoqdan o’lganlar soni, ancha ko’p, faqat bu haqda ma’lumot to’plash juda qiyin, chunki, halok bo’lganlarning oila a’zolari bu haqda ma’lumot berishdan qo’rqishadi, hokimiyatning bosqisidan qo’rqishadi.

Human Rights Watch dokladidan:

“Mahbuslarni qiynash O’zbekistonda oddiy holga aylangan. Shuningdek, qiynoqlar hokimiyatning mustaqil islomiy guruhlarga qarshi repressiyasining o’ziga xos jihatiga aylangan. Hukumat qiynoqlar o’tkazayotgan militsiya va xavsizlik xizmati xodimlarini jazolashdan mutlaqo bosh tortmoqda va hatto, siyosiy mahbuslarning “ommaviy axborot vositalari orqali chiqarib, “aybiga iqror” qilishlar bilan qiynoqlar o’tkazishni rag’batlantirmoqda. Mahbuslar qamoqqa olinganlarining ilk daqiqalaridanoq, ularga nisbatan militsionerlar tomonidan mutlaqo noqonuniy bo’lgan psixologik va jismoniy tazyiqrlar o’tkazila boshlanadi. Mahbuslarga nisbatan qilinayotgan shafqatsizliklarning tobor kuchayib borayotganini so’nggi 2 yil ichida mahbuslar ichida o’lganlar sonining tezlik bilan ko’payib borayotganidan ham bilsa bo’ladi. O’zbekiston qonunlari bo’yicha mahbuslarni qiynoqqa solish jinoyat hisoblansa ham, tartibot organlari xodimlaridan hech kim jinoyiy javobgarlikka tortilmaydi. O’zbekiston sudlari esa, qonunga zid bo’lganiga qaramay, o’z ishini faqat qiynoqlar ostida berilgan ko’rsatmalar asosiga quradi.”

Kassandra Kavano:

Shuni aytish kerakki, qiynoqlar faqat diniy sabablar bilan qamalganlarga nisbatan emas, balki, barcha sabablar bilan qamalganlarga nisbatan qo’llanilmoqda. Yani, oddiy jinoyat bilan qamalganlarga ham, siyosiy mahbuslarga nisbatan ham, diniy sabalar bilan qamalganlarga ham. Ba’zan, militsionerlar va prokurorlar amalga oshirilayotgan jinoyatlarni o’rganib o’tirishdan erinayotganday ko’rinadi. Aslida, militsiya organlaridagi madaniyat shunday. Qiynoqlar o’tkazayotganlar uchun asosiy stimul shunday: chunki, qiynoqlar o’tkazish ruxsat qilingan, chunki, bu rag’batlantiriladi. Eng dahshatlisi — hukumat bu qiynoqlar haqida bila-turib ham, hech qanday tadbir ko’rmaydi.

Tengiz Gudava:

O’zbekistondagi siyosiy mahbuslar sonini faqat maxfiy xizmat xodimlari biladi. Minglab siyosiy mahbuslar bor, ularning ko’pchiligi diniy sabablarga ko’ra qamalgan, yani, ular — vijdon tutqunlaridir. Yana Human Rights Watch dokladidan parcha keltiramiz:

“Qiynoqlar oddiy jinoyatlar uchun qamalgan mahbuslarga nisbatan ham, siyosiy sabablar bilan ayblanib qamalganlarga nisbatan ham o’tkazilmoqda. Ammo muxolifat vakillarining ommaviy qamoqqa olinishlaridan so’ng, sudlar paytida mahbuslar o’zlariga nisbatan o’tkazilga qiynoqlar haqida batafsil ma’lumot berib, sirni oshkor qildilar. 1998 yil davomida o’tkazilgan repressiyalar asnosida minglab diniy qarashdagi insonlar ekstremizmda ayblanib, qamoqqa olindilar. O’zbekistonda sovetlar davridagi dinni Diniy boshqarma orqali boshqarib turish sovet sistemasi saqlanib qolgan, bu tashkilot barcha diniy ulamolarni o’zi tayinlaydi, diniy tarbiya va nima haqda va’z o’qish lozomligini belgilab beradi va diniy adabiyot chiqarish huquqini ham monopoliya qilib olgan. Mahbuslar faqat qilmagan jinoyatiga iqror qilinishi uchun emas, balki, o’zlari bilan birga namoz o’qigan yoki, Qur’on o’rgangan boshqa insonlarga tuhmat qilishlari uchun ham qiynoqqa solinadilar. O’zbekiston hukumati noqonuniy diniy faoliyatda bo’lganlar uchun ularning oila a’zolari ham javobgar bo’lajagini ochiq e’lon qildi. Shundan kelib chiqqan holda, shubha ostiga olinganlar yoki qidiruvda bo’lganlarning oila a’zolari garovga olinmoqda, qamalmoqda, ularni qiynashlarini aytib, qo’rqitilmoqda va hatto qiynoqqa ham solinmoqda.”

Tengiz Gudava:

O’tgan yili oktyabr oyida Toshkentda dabdabali sud o’tkazildi — go’yo 16 fevral portlashlari aybdorlarini sud qilganday bo’lishdi. Bu sud jarayoni hatto kattaroq narsaga iddao qildi, go’yo islom terrorizmi ustidan sud o’tkazilgan bo’ldi, hatto islom terrorizmi paranjisini Prezident Islom Karimovning diktatorlik siyosatiga qarshi bo’lganlarning barchasi ustiga tortishga da’vogarlik qildi. Bu sudda 6 kishiga o’lim hukmi chiqarilib, hukm ijro qilindi va yana 2 kishiga sirtdan o’lim hukmi chiqarildi. Bu o’lim hukmlari dunyo inson haqlari himoyachilarida chuqur shubhalar uyg’otmoqda, hukmlar qiynoqlar ostida olingan iqrorlar ustiga qurilgan degan shubha bor. Ammo yana bir sudlanuvchi, dunyoviy muxolifat lideri, “ERK” Partiyasi raisi Muhammad Solihga nisbatan chiqarilgan qamoq hukmining mutlaqo asossizligiga hech qanday shubha yo’q — yozuvchi va shoir Muhammad Solih ustidan qiynoqqa solingan guvohlar ko’rsatmasiga asosan hukm chiqarilgan, bunga dalillar bor.

Human Rights Watch tashkiloti dokladidan:

“O’zbekistonda qamoqqa olingan shaxs o’zining noqonuniy ravishda hibsga olingani haqda yoki o’ziga nisbatan noqonuniy munosabatlar ko’rsatilayotgani haqda, sud boshlanmaguniga qadar, sudga shikoyat bilan murojaat qilolmaydi va bu mavjud xalqaro normalarning qo’pol ravishda buzilishidir.”

Muxbirimiz Inera Safar “ERK” Partiyasi bosh kotibi, sobiq mahbus Otanazar Oripov bilan suhbatlashadi.

Irena Safar:

1999 yil fevral voqealari mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga qanday ta’sir qildi?

Otanazar Oripov:

Portlashlardan so’ng shundoq ham murakkab vaziyat yanada murakkablashdi. O’zgacha fikrlovchilarga qarshi bosim yana ham kuchaydi. Bu boshqacha g’oylarga chidamsizlik siyosati faqat bir kishi tomonidan yo’naltirilmoqda. Portlashlar ushbu siyosatning mutlaqo yaroqsizligini, siyosiy sistemaning tuzatib bo’lmas darajada xastaligini ko’rsatuvchi simtomdir.

Inera Safar:

O’zbekistondagi syd sistemasi qanday prinsipga asoslangan?

Otanazar Oripov:

O’zbekistondagi sud sistemasi sud ishining asosiy prinsipini — aybsizlik prezumpsiyasini buzmoqda. Bu prinsip aybdorik prezumpsiyasiga aylantirilgan. Yani, har bir inson shubha ositda saqlanadi. Ikkinchi jihat shundan iboratki, O’zbekiston sudida, xuddi Stalin davridagi kabi, aybiga iqror bo’lish asosiy dalil sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun ham iqror qildirish asosiy maqsadga aylangan, mahbuslani ”iqror” qildirish uchun hamma narsa ishga solinadi, qiynoqlarning keng qo’llanilayotgani ham mana shundan kelib chiqmoqda. Qiynoqlaning xilma-xil turlari ishga solinmoqda. Sud sitemasi bugun mutlaqo yaroqsiz holga kelgan, odamlar adolatli sudga ishonmay qo’yganlar. Ko’plar fevral portlashlarini hukumatning o’zi uyushtirgan demoqda. Biz ham, 50 foiz hukumatning bu portlashlarda qo’li bor, deb hisoblaymiz. Butun bu sud jarayonlari, portlashlar haqidagi filmlar, kitoblar haqiqatni ochishga emas, balki, aksincha, bekitishga qaratilgandir.

Irena Safar:

Bilishimcha, portlashlarda Muhammad Solih ham ayblangan?

Otanazar Oripov:

Muhammad Solihni islomiy harakat va uning rahbarlari orqali ayblashmoqda. Sudda guvoh sifatida qamoqdan Muhammad Solihning ukalarini olib kelishdi. Suddan keyin, ular hukumatga yoqmagan ko’rsatmalar bergani uchun mislsiz qiynoqlarga solindilar — Muhammad Solihning bir ukasinining urib oyog’ini sindirishdi, ikkinchi ukasining esa, zarbalardan bir ko’zi ko’rmaydiga bo’lib qoldi.

Irena Safar:

Bashorat qilolasizmi, sizningcha, hozirgi boshqaruv usulida, 5 yil, 10 yildan so’ng O’zbekistonda nimalar bo’ladi?

Otanazar Oripov:

Men juda umidliman — bu boshqaruv sistemasi 5 yilgacha etib borolmaydi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *