«OZODLIK» RADIOSI TINGLOVVCHILARI SAVOLLARIGA JAVOBLAR

«Ozodlik», 08.05.2002
«Ozodlik» radiosining «Siz so’ragan savollar» rukni ostida berib borilayaotgan suhbatning matnini e’tiboringizga havola qilamiz.

Programmanig mehmoni taniqli shoir, “ERK” demoqratik partiyasi raisi Muhammad Solih.

Suhbatni har galgiday shoira Gulchehra Nurulloh qizi olib boradi.

Savollarning mualliflarini xavfsizlik nuqtayi nazaridan ismlari berilmaydi.

Gulchehra Nurulloh: Assalom-alaykum Muhammadjon!

Muhammad Solih: Vaaleykum-salom, Gulchehra opa!

Gulchehra Nurilloh: Xabaringiz bo’lsa kerak, men olib borayapgan “Siz so’ragan savollar” programmasining oldingi menmonlari O’zbekiston xalq shoiri Rauf Farfi va taniqli adabiyotshunos Ozod Sharafiddinov edilar. Ular bilan ham savol-javoblar o’tkazdik va bu galgi savollar sizga atalgan. Ruxsatingiz bilan savollarni birma-bir taqdim eta boshlasam.

Birinchi savol: Hurmatli Solih aka, ilgari she’rlaringizni o’qib turardik, hozir ham she’r yozayapsizmi? Agar yozayaotgan bo’lsangiz, ularni qayerdan topib o’qisak bo’ladi?

Muhammad Solih: Rahmat, she’r haqida savol berganingiz uchun. Sovet davrida 1985 villarning o’rtalarigacha she’riyat men uchun mujodala usuli bo’lib keldi. Qayta qurish boshlanib, millatimizning zulmdan ozod bo’lish imkoni tug’ilgandan keyin men she’rni tashlab, maqolalar yoza boshladim. Chunki, xalqimiz uchun bu zarur edi. Siyosat she’riyatdan muhimroq edi. Men uchun bugun ham siyosat she’riyatdan muhimroq bo’lib qolayapti. Bir kun millatim ozodlikga erishsa, men siyosatni tashlab, she’r yozaman.

Gulchehra Nurilloh: Muhammadjon, ruxsatingiz bilan ikkinchi savolni tagdim qilsam.

Savol: Solih aka, eshitshimizcha, siz chet elda yashayapganmishsiz. Oilangiz siz bilan birgami va ular nima ish bilan mashg’ul bo’lishayapti?

Muhammad Solih: Rahmat, oilam men bilan va beshta farzandim bor, ular ham bu yerdalar. Har kim o’z kunini ko’rayapti. Mening uyqumni qochiradigan narsa oila tashvishi emas, albatta. Mening uyqumni qochiradigan narsalar O’zbekistonda chidab bo’lmas zulmdan va adolatsizlikdan o’z joniga qasd qilayaotgan singillarimiz, qamoqlarda vahshiyona qiynoqlardan jon taslim qilayaotgan yigitlarimizdir. Men ularga Alloh yordamchilari bolsin, deb duo qilishim mumkin, xolos.

Gulchehra Nurilloh: Marhamat qilib, keyingi savol beruvchini tinglang.

Savol: Sizning O’zbekistonga qaytishingiz demokratik o’zgarishlarga sababchi bo’ladi va xalqimiz ham buni kutayapti. Siz qachon qaytmoqchisiz? Kechayaotgan har bir kun yoqotishdir, buni siz ham bilsangiz kerak.

Muhammad Solih: Albatta, kechayaotgan har bir kun men uchun yo’qatishdir, buni bilaman, ammo qaytish, afsuski, mening qo’limda emas. Vatanga qaytish — meni tutib turgan tirgaklardan biri desam, mubolag’a bo’lmaydi. 1993 yildan 1999 yilgacha har kun men vatanga qaytish uchun shay bo’lib turdim. Bugun ham shu tayorgarlik ichidaman. 1999 yil fevral portlashlari mening kabilarning vatanga qaytishini to’xtatish uchun qilingan hiyla deb bilaman. Bu portlashlar menga qarshi uyushtirilgan tuhmatlarning eng dahshatlisidir. Mening yagona umidim xalqimnig farosatidir va u bu tuhmatni ertami-kech, anglayajak, albatda. Shu savolni bergan singlimga ishontirib aytamanki, sizlar chekayaotgan qiyinchiliklarni baham ko’rishga men har doim tayyorman. Lekin qaytish mening qo’limda emas.

Gulchehra Nurilloh: Siz uchun savollar yana davom etayapti. Mana, yana savol beruvchimizni tinglang.

Savol: Siz o’z siyosiy faoliyatingizda qanday kamchiliklarga yo’l qoydim, deb o’ylaysiz. Ular nimalardan iborat?

Muhammad Solih: Mening siyosatda kamchiliklarim juda kop. Lekin men uchun bo’rtib ko’ringani va ba’zan pushaymonlik tuyg’usini boshdan kechrishga majbur qilgan narsalardan birisi odam tanlashdagi beparvoligim desam, bo’ladi. Buni qayta qurish davrida «Birlik» harakatini tuzgan paytimiz yaqqol ko’rindi. Ammo kech bo’ldi, o’shanda mening tavsiyam bilan «Birlik»ka qabul qilingan va uning rahbaryatiga keltirilgan og’aynilarimz bu tashkilotni xalq harakatidan bir mahalliy gruppaga aylantirishga erishdirlar. Harakatga qo’shilgan bizning ziyoliylarimiz bu harakatdan ketdilar yoki quvildilar. Hatto meni ham bu harakatdan ketishga majbur qilishdi. Ustiga-ustak men bu harakatdan ayrilgandan keyin Muhammad Solih bu harakatni bo’ldi, degan tuhmatga ma’ruz qoldik. Bu mening odam tanlashdagi xatolarindan bittasi va buni o’zimning zimmamga olaman. Bu men uchun bir dars bo’ldi va bundan keyin ancha ehtiyot bo’lishga harakat qilamiz.

Gulchehra Nurilloh: Muhammadjon, hozir eshitadigan savol hamma uchun shunchaki bo’lmasa kerak.

Savol: Hurmatli Muhammad Solih, O’zbekistonda Sizga qarshi bir nechta jinoiy ish ochilgan. Agar siz o’zingizni beayb deb hisoblaydigan bo’lsangiz, nima uchun xalqaro mahkamalarga murojat qilmaysiz? Agar murojat qilgan bo’lsangiz bular haqida nimalar deya olasiz?

Muhammad Solih: Rahmat! Habaringiz bo’lsa, otgan yil noyabr oyida Pragada meni hibsga olishgandi. O’zbekiston hukumatining iltimosiga binoan. Lekin Praga shahri mahkamasi O’zbekiston Oily sudining menga qarshi aybnomasini o’qib, meni aybdor deb topmadi, aksincha, O’zbekiston rejimini aybdor deb topdi. Endi dunyo jamoatchiligi O’zbekiston rejimining ”ERK” partiyasiga qarshi va kaminaga qarshi uyishtirilgan ayblovlarning soxta ekanligini va juda sayoz ekanligini biladi. Buni siz ham bilishingizni istardim.

Gulchehra Nurilloh: Keyingi savol beruvchi sizning faoliyatigizdan ancha xabardor ko’rinadi.

Savol: Muhtaram Muhammad Solih aka, o’tgan 1991 yilgi saylovlarda sizga 54 % ovoz bergan xorazmlik saylovchilarga aytadigan so’zingiz bormi?

Muhammad Solih: Rahmat. Xorazmdagi saylovchilarimga yana bir bor o’z rminnatdorchiligimni bildiraman. U yerdagi bunday natija olinishining bir siri bor. Xorazmlik yoshlar o’sha saylovlarda g’alati bir usul qo’llashgan. Ular saylov qutilarini saylov komissiyasi sanagunlaricha saqlab o’tirishgan. Hokimiyat odamlari uchta rayon qutilarini barobar o’g’irlab ketishga erishishgan va sayylov natijalarini o’zgartirishga ulgirishgan. Agar o’sha uchta rayon ham qutilarni yaxshi qoriqlanganida edi, natijalar undan ham yuqori bo’lgan bo’lardi. Qutilarni qo’riqlash usuli butun jumhuryyatda qilinganda edi, hukumat saylov natijalarini o’zgartirishga ancha qiynalgan bo’lardi. Saylovlar xalqning hukumatlarni o’zgartirishga qaratilgan qonuniy qurolidir. Agar xalqimiz bundan o’z vaqtida foydalansa, bugungiday diktatura ostida yashamagan bo’lardi.

Gulchehra Nurilloh: Mana bu savolni beruvchi sizning o’quvchilar orasidan bo’lsa kerak.

Savol: Hurmatli Muhammad Solih aka, Siz o’z vaqtida lotin imlosiga o’tish tarafdori edingiz. Mana, hozir bu imloga ham o’tildi, ammo darsliklar va badiiy kitoblarni lotin imlosida qayta bosishning imkoni yo’qligidan bolalar chalasavod bo’lib qolishayapti. Hozirgi vaziyatda lotin imlosiga o’tish masalasiga qanday qaragan bo’lardingiz?

Muhammad Solih: Rahmat singlim, men doimo lotin imlosiga o’tish tarafdori bo’lib kelganman. Faqat lotin imlosiga o’tish uchun bir asos hozirlanishi kerak edi. Davlat siz aytayaotgan muammolarni oldindan ko’ra bilishi kerak edi. Shunga yarasha tadbir olib o’tilishi kerak edi bu imloga. Ammo hukumatning boshqa sohada bo’lgani kabi bu sohada ham ishlari rasvo. Eng birinchisi xalqga taqdim qilingan alifbo rasvo. Nega krilldan lotinga o’tishga tarafdor edik, chunki, krill alifbosida o’zbek tilidagi unli tovushlarning ba’zilarini ifolaydigan belgi yo’q edi. Kirill alifbosi tilimizdagi singarmonizm qonunlariga zid bir alifbo edi. Lekin yangi alifboda inglizcha transkripsiya taqdim qilinayapti. Bu shakldagi alifbo kirildan ham battar bo’ldi biz uchun. Biz bunday alifbo tarafdori emasmiz, albatta.

Gulchehra Nurilloh: Muhammadjon, galdagi savol quyidagicha.

Savol: Assalom-alaykum. O’zbekistonning o’ziga xos, o’ziga mos yo’li bor, deyishadi, ammo biz bu yo’lda faqat qashoqlikni ko’rayapmiz, xolos. O’zbekiston bunaqa “yo’llardan” chiqib hamma rivojlanayaotgan davlatlar yo’liga chiqib olsa bo’lmasmikin?

Muhammad Solih: Valleykum-salom, albatta bo’ladi. Lekin demokratiya yo’liga tushish uchun shu yo’lnig tarafdori bo’lgan zehniyatdagi odamlar tomonidan boshqarilishi kerak vatanimiz. Lekin hozirgi aytilayaotgan o’ziga xos, o’ziga mos yo’l juda nari borsa, tajovuzkor rejimning yo’lidir. Yana nari borsa, yurtboshi va uning atrofidagi korrupsiyanerlarning yo’lidir. Lekin aslo o’zbek millatining yo’li emas, o’zbek millatining yo’li siz aytganday va biz orzu qilayaotgan, xalqimiz istayaotgan demokratiya yo’lidir.

Gulchehra Nurilloh: Navbat ziyoliylarning savoliga.

Savol: Solih aka, O’zbekistonda ziyoliylarning ahvoli juda achinarli ahvolda. Akademik bilan laborantnig oyligi orasida faqat besh ming so’mgina farq bor, xolos. Olimlarga e’tibor shu bo’lsa, kelajagimiz buyuk bo’larmikin?

Muhammad Solih: Rahmat savol uchun. Aslida, bu masala haqida katta bir eshittirish berish mumkin bo’lardi. Men qisqacha qilib shuni aytishim mukinki, olimini xo’rlagan hukumat o’zi ham xor bo’ladi. Aslida, shunday bolayapti ham.

Bunday davlatning kelajagi buyuk deyish, o’sha xalqning ustidan kulish bilan barobardir. Olimlar har bir davlatning buyuk bir potensialidir. Buni ko’rmagan davlat boshlig’i nafaqat kelajagini, hatto bugunini ham ko’rolmagan davlat boshlig’idir. Lekin bugungi qiyin davr olimlar uchun emas, butun xalqimiz uchun bo’layapti. Xudo xohlasa, sabr bilan chidab turilsa, olimlarimiz va xalqimiz ham oydinlik kunlarga yaqinda chiqib olamiz.

Gulchehra Nurilloh: Muhammadjon, muxolifat faoliyatiga qiziqadigan yoshlardan biri sizga shu savolni beribdi:

Savol: Eshitishimga qaraganda, ”ERK” Partiyasi bilan Birlik rahbarlari bir-biri bilan chiqishmayti, deyishadi. Bu O’zbekiston hukumatiga juda ham qo’l kelmayptimi?

Muhammad Solih: Ha, albatta, hukumatga juda qo’l keladi. Lekin voqealardan xabari bor kishilar biladi, Birlik rahbari degan odamalrdan kelayaotgan fisqu-fasod, ig’volarni. Biz Birlik web sahifasida berilayaotgan bunday ig’volarga yillardan beri, na men va na-da partiya, biron marta javob bermadik. Buni davom ettirish ularning insofiga havola. Mening muxolifim O’zbekistondagi zulm rejimidir. Unga qarshi kuchim yetgancha kurashishga harakat qilayapman. Hozir ham o’zini Birlik rahbaryati degan kimsalar haqida bir narsa demoqchi emasman. Siz aytganday, hukumatga qulay kelmasligi uchun men bir narsa demoqchi emasman. Ularni Alloh isloh qilsin.

Gulchehra Nurilloh: Muhammadjon, nihoyat, oxirgi savol beruvchiga ham yetib keldik. Lekin bu ovoz sohibi sizga savol bermayapti. Balki… keling yaxshisi uni o’zingiz eshiting.

“Hurmatli Muhammad Solih, men sizga savol bermoqchi emasman. Bir oz gapirmoqchiman, xolos. Aytishlaricha, uchta ukangiz qamoqda ekan. Birining tirnoqlari sug’irilib olinibdi, birinig ko’zi chiqarilibdi, yana birining bir oyog’i sindirilibdi. Buni eshitishning o’ziyoq dahshat. Xudo sizga sabr bersin, sog’-omon bo’ling.

Muhammad Solih: Alloh rozi bo’lsin sizdan. Men bu haqda bir narsa demoqchi emasman, chunki, mening oilamning va qarindoshlarimning boshiga tushgan narsa, mening millatimning boshiga tushgan zulm oldida kichik bir narsa.

Gulchehra Nurilloh: Hurmatli Muhammad Solih, bu eshittirish orqali vatandoshlaringiz savollariga javob berganigiz uchun sizga katta rahmat va omonlik tilab qolamiz.

Muhammad Solih. Sizga ham katta rahmat Gulchehra opa, omon bo’ling va ko’rishguncha, xayr.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *