“OZODLIK” RADIOSIGA INTERVYU

(Radioning 24.01.2002 kungi dasturidan yozib oindi)
Radio xodimi Azizullo Orol: Prezidentlik muddatini 7 yilga cho’zish va ikki Palatalik Parlament haqida 27 yanvar kuni o’tkaziladigan Referendumga munosabatingiz qanday? Ba’zilar Referendumda qo’yilgan masalalar eski sovet davrlaridagi kabi hali o’tkazimasdan turib, 95 foiz ovoz bilan ma’qullanajagi haqda gapirmoqdalar. Shunday qarashlar haqda nima deysiz?

Muhammad Solih: Bashorat qilmasdan oldin shuni aytish kerak, amerikalik taniqli siyozatshunoslardan biri, professor Marta Olkott shunday bir gap aytgan edi: «Karimov va Niyozov hech qachon o’z ixtiyori bilan yoki saylov bilan hokimiyatdan ketmaydi. Karimov va Niyozov saroy to’ntarishi bilan yoki shunga o’xshagan bir zo’ravonlik yo’li bilangina hokimiytadan ketishi mumkin», degan edi. Albatta, bu fikrni biz aytsak, darrov bular davlat to’ntarishiga da’vat qilayapti, deyishlari mumkin edi, yaxshiyamki, bu gapni amerikalik siyosatshunos Marta Olkott aytayapti. O’zbekiston prezidenti o’z maqomidan saylovlar vositasida yoki o’z istagi bilan ketishi mumkin emasligini yaqinda bo’ladigan referendum yana bir bor dunyoga ko’rsatadi. Janob Karimov har gal prezidentlik muddati tugashi oldidan muhahaqqaq ravishda shunday bir narsa o’ylab topadiki, bu o’sha demokratiyaning ibtidoiy usuli bo’lgan saylovni bekor qiladi. Kamina, bir muxolif sifatida O’zbekiston prezidentining prezidentlik muddati tugashidan oldin tayorlayotgan yoki tayorlashi mumkin bo’lgan o’yinlardan oldindan ogoh qilganman jamoatchilikni. Bu aslo mening bashoratchi bo’lganimdan emas, faqat har bir tanqidiy fikr yuritadigan kuzatuvchi sobiq kommunistlarning tabiatini yaxshi biladi. Shu ma’noda ertaga bo’ladigan referendumning natijalarini bashorat qilishning keragi yo’q, haqiqatdan ham, siz aytganday, 95 yoki 98 foiz ovoz olishiga hech kimning shubhasi yo’q.

Azizullo Orol: Bu referendum qanday sabab va taqozolarga ko’ra o’tkazilyapti? Unga qanday ichki va tashqi omillar sabab bo’laypti, deb o’ylaysiz?

Muhammad Solih: Omillar haqda gapiradigan bo’lsak, Ikki xil omil bor: birinchisi, O’zbekistonda vujudga kelgan siyosiy va ijtimoiy sharoit omillari. Bu omillar birinchi navbatda O’zbekistondagi mavjud tuzumni tag-tomiri bilan o’zgartirishga undayapti, bu omillar referendum kabi maynovozchiliklarni nihoyat bas qilib, haqiqatning ko’ziga tik boqishni talab qilaypti, bu omillar xalqning sabr-toqatini bu qadar uzoq imtihon qilmaslikni taqozo qilayapti. Bu omillar tezroq insofga kelib, xalqning irodasiga bo’ysunishni, davlatning tepasidan ketisni taqozo qilayapti. Ammo Prezident Karimovning o’zining omillari, uni harakatga keltirayotgan omillar ham bor, bu omillar ham O’zbekiston taqdirini hal qilishda katta rol o’yanaydi, hatto asosiy omil o’laroq oldimizga kelayapti. Bu omillar O’zbekistonning davlat o’laroq o’rtaga chiqqan omillariga va xalqning zarurat tuygan o’sha omillariga qarama-qarshi tarafdan harakatga kechaypti, afsus. Boshqacha aytganda, uning prezidentlik muddatini cho’zishga qaysi omil majbur qilaypti, degan savolga qisqa qilib, «hokimiyatni yo’qotish qo’rquvi», deb javob berish mumkin.

Azizullo Orol: Referendumning qanday ijobiy jihatlari bo’ishi mumkin? Referendumning ham iqtisodiy, ham sioysiy jihatdan ijobiy xususiyatlari mavjud deyishmoqda, shunday fikrlarga qanday qaraysiz?

Muhammad Solih: Albatta, bu bir kulguli bahona, buning hech bir ijobiy shaklda vaziyatga ta’sir qiladigan tomoni yo’q. Bahonada aytiladiki, agar saylovlar besh yilda emas, 7 yilda qilinadigan bo’lsa saylov harajatlari tejalishi mumkin — shunday ham kulguli bahona bo’ladimi, shunday kulguli ro’kach bo’ladimi? Yana bir bahona shundan iboratki, agar janob Karimov faqat besh yilgina prezidentlik qiladigan bo’lsa, o’z programmasini hayotga tadbiq qilishga ulgurolmas ekan, holbuki, u 5 yil emas, mana, 12 yildan beri O’zbekistonni idora qilayapti, ammo hali hanuzgacha biror bir programma tadbiq qilolgani yo’q va qilishiga ham bizning gumonimiz bor. Va endi u yana o’z iqtidorini uch yilga uzaytirib, bu programmani tadbiq qiladi, desak, odamlar bunga kuladi, xolos.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *