«Ozodlik»radiosi Muhammad Solihning Pragada hibsga olinishi borasida

Dec. 6, 2001
Ochish: Muhtaram tinglovchilar, 28 noyabr kuni “ERK” demokratik partiyasining raisi, taniqli shoir Muhammad Solih Praga aeroportida hibsga olinganidan xabaringiz bor, albatta. 5 dekabr kuni Ozod Evropa-Ozodlik rediosining prezidenti janob Tomas Dine Chexiya rasmiylariga rasman murojaat qilib, siyosatchini qo’yib yuborishni so’radi. Ayni vaqtda inson huquqlarini himoya qiluvchi qator tashkilotlar ham Chex respublikasi rahbariyatiga aynan shunday murojaatlar qilishmoqda. Hamkasbimiz Farangis Said murojaatnomalarning ayrimlari bilan sizlarni tanishtiradi. Marhamat, tinglang.

5 dekabr kuni Praga shaxri va shaxar sudi bosh prokuroriga yo’llagan murojaatnomasida Ozod Evropa-Ozodlik radiosi prezidenti janob Dine Muhammed Solihni Chexiya hibsxonasidan ozod qilishni so’ragan. Maktub “men sizlarni Muhhammad Solih (Salay Madaminov)ning yaxshi fazilatli va oily printsiplarga amal qiladigan shaxs ekaniga ishontirish maqsadida murojaat qilmoqdaman,” degan so’zlar bilan boshlanib, unda radio taniqli siyosatchi, inson huquqlari himoyachisini sud qarori qabul qilinmaguncha kafillikka olishga tayyor ekani bildirilgan. O’zbekistonning sobiq siyosiy lideri Muhammad Solih 1991 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashgan va opponenti, joriy president Islom Karimovga yutqazgan. Shundan so’ng, — deb davom etadi Tomas Dine, — ta’qiblarga uchragan, bir necha marta hibsga olingan, va shu bois ko’p o’tmay mamlakatni tark etishga majbur bo’lgan. Norvegiyada boshpana topgan, O’zbekiston masalalari bo’yicha taniqli siyosiy tahlilchi, inson huquqlari himoyachisiga aylangan Muhammad Solihni O’zbekiston Oliy sudi sirtdan sud qilib, 15 yarim yilga ozodlikdan mahrum etgan. Human Rights Watch kabi nufuzli xalqaro tashkilot mahkama jarayonini kuzatib brogan va ayblarni tasdiqlovchi dalillar namoyish qilinmaganini qayd etgan, deyiladi maktubdi.

Bundan so’ng Ozod Evropa-Ozodlik radiosining prezidenti Tomas Dine Muhammad Solih radio dasturlarida ishtirok etish uchun Pragaga taklif etilganini bildirib, u vatanida inson huquqlari va demokratiyani targ’ib qilib kelayotgan adolatli, vijdonli, pok va dovyurak inson ekani ta’kidlangan. Chexiya rasmiylaridan Solihni qo’yib yuborish so’ralgan va u sud qarori qabul qilunmagunicha Chexiyani tark etmasligiga kafolat berilgan.

Muxtaram tinglovchilar, bu murajaatnomaga Chexiya rasmiylarining munosabati shu damgacha aniq emas. Chexiyaning CTK axborot agentligining xabariga ko’ra, 5 dekabr kuni Chexiya adliya vazirligi O’zbekiston huquq-tartibot organlaridan Solihning ekstraditsiya qilish talabi bilan rasmiy hujjatlarni oldi. Himoyachi Miroslava Koxutova sud va bosh prokurordan Solihni qo’yib yuborishni so’radi. Reyter axborot agentligining xabarlariga ko’ra, Muhammad Solihga siyosiy boshpana bergan Norvegiya hukumati ham Chexiya respublikasidan O’zbekiston muxolifati liderni O’zbekistonga ekstraditsiya qilish emas, balki Norvegiyaga qaytarishni so’ragan.

Ayni vaqtda Chexiya rasmiylariga boshqa tashkilot va shaxslardan murojaatnomalar kelishi davom etmoqda. Shulardan biri Birlik harakatining vakili Hazratqul Xudoyberdidan Chexiya prezidenti Vaclav Havel nomiga elektron pochta orqali yuborilgan murojaatnomadir. “Chexiya politsiyasi, Interpol va Praga shahar sudi katta xatoga yo’l qo’ydi” deb boshlangan ochiq maktubida Xudoyberdi Chexiya rahbarini BMT konventsiyalari va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga da’vat etib, Muhammad Solih hech qachon antidemokratik harakatlarda ishtirok etmagan, u terrorga nafrat bilan qarab, davlat zo’ravonliklari va fuqarolarga nisbatan terrorga qarshi kurashgan deyiladi. Maktub Solihni Norvegiyaga topshirish taklifi bilan yakunlanib, uning muallifi Hazratqul Xudoyberdi ekstraditsiya masalasini Norvegiya rasmiylari ko’rib chiqishlari kerak deydi.

O’zbekiston inson huquqlari tashkiloti raisi Tolib Yoqubov Chexiya respublikasining O’zbekistondagi elchisi janob Yaroslav ludvega yo’llagan maktubida Muhammad Solihning o’zbek demokratik muxolifatining liderleridan biri ekani barchaga ayon deb, uning uchta ukasi ham hozirgi vaqtda qamoq jazosini o’tayotgani aytilib o’tilgan va ekstraditsiya haqidagi masalani salbiy hal qilish so’ralib, chunki, aks holda Solih kimlarning qo’liga tushishi ma’lum ekani qayd etilgan va elchining bu murojaatnomani Chexiya hukumati e’tiboriga yetkazishiga umid bildirilgan.

Chexiya prezidenti Vaclav Havel, ichki ishlar vaziri Stanislav Gross va boshqa rasmiylarga yo’llangan murojaatnomasida “Inson huquqlari va qonun ustuvorligi Qirg’iz-Amerika Byurosi” deb nomlangan tashkilot vakillari ham “ERK” demokratik partiyasi yekatchisi, Muhammad Solih taqdiri yuzasidan chuqur xavotir bildirib, Solihni qo’yib yuborishni so’raganlar va bu aslida yagona qaror bo’lishi mumkinligini ta’kidlaganlar. “So’ngi bir-necha yil davomoda O’zbekiston terrorizmga qarshi kurash niqobi ostida inson huquqlari va erkinliklarini poymol qilib kelayotir. O’zbekiston rasmiylari muxolifatga ham, erkin matbuotga ham qarshidir,” deyiladi murojaatnomada va Chexiya respublikasi BMTning qator konventsiyalariga, shu jumladan mahbus u qiynoqlarga solinishi mumkin bo’lgan mamlakatga ekstraditsiya qilinmasligi haqidagi xalqaro hujjatga qo’shilgan davlat ekani qayd etiladi.

AT, jahon ommaviy axborot vositalari, Internet sahifalarida bu mavzuda bildirilayotgan fikr, e’lon qilinayotgan maqolalar orasida 6 dekabr kuni Yureyja Vyu web-saytida chiqqan bir maqola e’tiborimni o’ziga tortdi. Uning muallifi Alek Appelbaum shunday deb yozadi: O’zbekiston hukumati Muhammad Solih ayblarini tasdiqlovchi dalillarni Chexiyaga yuborar ekan, shu o’rinda AQSh bilan hamkorligidan foydalanishi mumkin. Afg’onistondagi aksli-terror kampaniyasida O’zbekiston AQShning asosiy hamkoriga aylangan. Rasmiy Vashington Solih ishi yuzasidan hech qanday bayonet qilmadi deb yozadi Alek Appelbaum YuB internet sahifasida 6 dekabr kuni e’lon qilingan maqolasida.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *