”RADIO FREE EUROPE – RADIO LIBERTY”GA INTERVYU

«Has New Alliance With West Helped Central Asia’s Opposition Movements?»
(Ingilizchadan tarjima)

PRAGUE, July 4, 2002 (NCA Zamira Eshanova) Biz G’arbdan yordam so’raganimizda uning qo’lidan kelmaydigan bir narsani so’ramagandik. Uning o’zi ham takrorlayotgan narsalarni so’radik. Ya’ni, bizning hukmdorlarni o’z xalqlariga o’z konstitutsiyalarida yozilgan haqlarni berishga undashni so’radik.

Kecha Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi yordamchisi janob Kreynerning Senatda O’rta Osiyo bo’yicha ma’ruzasi e’lon qilindi. Amerika Qo’shma Shtatlari vakili janob Kreyner o’z ma’ruzasida muxolifat partiyasi ”Birlik”ning ham ro’yxatga olinishiga umid bildirib o’tdi. Bu juda yaxshi xabar. Agar O’zbekiston hukumati “Birlik” partiyasini ro’yxatga olsa, biz bu qadamni jonu-dildan qo’llab-quvvatlaymiz. Ammo O’zbekistonda o’zgacha fikrlovchilarning va siyosiy muxolifatning ahvoli avvalgidan zarracha ham o’zgargani yo’q.

Agar o’zbek hukumati “Birlik” partiyasini ro’yxatga olish bilan muxolifat degan “bosh og’riqdan” qutulaman deb o’ylayotgan bo’lsa katta xato qiladi. Bu aslo O’zbekistonda siyosiy muxolifat tan olindi degan gap emas.

Siyosiy muxolifat deganda xalq ham, hukumat ham va hatto janob Karimov ham asosan, “ERK” Partiyasini biladi. Toki bu kuch siyosiy mashru spektrdan tashqarida tutilar ekan, O’zbekistonda siyosiy muxolifat tan olindi, deyish yolg’on bo’ladi.

Biz O’zbekiston rejimiga muxolifat qilar ekan, bu muxolifatni G’arb va yoki Amerikaga yoqish uchun qilmayapmiz. Bizning muxolifatamiz u yerdagi xalq uchundir. U xalqning tezroq zulmdan qutulib, o’z hurriyatiga erishishi uchun muxolifatdamiz. Va bu ishda yordam istar ekan, avvalambor O’zbekiston xalqidan istaymiz yordamni. Albatta, G’arbning ham yordami muhim, ammo bu yordam samimiy bo’lmog’i lozim.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *