Sharq despotizmining zamonaviy namunasi Pragada

21 noyabrda Pragada boshlanadigan NATO majlisiga Belorussiyaning Prezidenti Lukashenko chaqirilmadi, to’g’rirogi, unga viza berilmadi. Lukashenko gayridemokratik lider sifatida Prgada qabul qilinmadi. U kimga yoqmay qoldi, Chexiyagami yoki NATOgami?
Albatta, Lukashenkoni dissident va demokrat bo´lgan Vaclav Havel yoqtirmaydi, ammo Lukashenkoga viza bermaslik tashabbusi Haveldan chiqdi desak, mubolg’a bo´lardi. Bu voqeada NATO va Amerika Qo´shma Shtatlarining ro´li shubhasiz katta.
Masalan, agar Belorussiya antiterror kampaniyasida Amerikaning ittifoqdoshi bo´lsa edi, Lukashenko NATO sammitiga mutloqo taklif qilingan bo´lardi. Xuddi O´zbekiston Prezidenti Karimov taklif qilgangani kabi, masalan. Bilasiz, Prezident Karimov sharq despotizmining zamonaviy namunasidir. U endi dunyoning eng demokratik o´lkasi hisoblangan Amerika Qo´shma Shtatalari soyasida davlatni boshqarmoqda. O´zbekiston turmlari siyosi mahbuslarga to´lib ketgan. O´zga fikrlovchilarni qiynash va ularning qatliomi (oldi´rishlar) kundalik ishga aylandi va to´xtovsiz davom etmoqda. Antiterror kampaniyasining ilk bosqichida O´zbekiston aholisi Amerikaning u yerga kelishida bir hayirli ishorat ko´rganday bo´lgan edi. Ayniqsa, ziyolilar bu voqeaning O´zbekiston rahabariyatini bazi siyosi va iqtisodi islohotlarga majbur qiladi deb umid qilgandi. Ammo kutilgan narsa sodir bo´lmadi. Halqqa qarshi repressiya butun shiddati bilan davom etmoqda. Amerika Qo’shma Shtatlari mamuriyati inson haqlarining poymol qilinishini goh-goh tanqid qilib qoyadi, ammo bu tanqid O´zbekistonga ko´rsatilayotgan yukli iqtisodiy yordam bilan darhol muvozanatladi. Bu o´z navbatida Karimov rejimining u yoki bu shklda mustahkamlanishiga sabab bo’layotir, rejimni yangi repressiv harakatlarga rag’batlanitirmoqda.
Karimov Amerika hukumatining bosimi bilan inson haqlari himojachisi tashkilotlardan bittasini ro’yxatdan o´tkazdi. Bu Amerika tarafidan misli ko´rilmagan mujiza sifatida baholandi, voqea prezentasiyasi” u yer bu yer emas, Amerika kabi buyuk davlatning Davlat Depatamenti tarafidan jamoatchilikka taqdim etildi.
O´rta Osiyo mintaqasining hassos voqeligi bilan hisoblashmay, faqat mavjud siyosi konyunktura bo’yintirig’idan chiqishni istamaslik siyosatining oqibatlari bu mintaqada muqim qolishni istayotgan AQSH kelajagi uchun tahlikali bo´lishi mumkin. Bu holat hozir biz Afgonistonda baham ko´rayotganimiz achchiq mevalarni yetishtirgan siyosatni eslatayapti. Zulm va terrorni yoq qilish uchun zulm va terrorga tayangan bir vositani qo´llanmoq mantiqsizdir. O´rta Osiyodagi avtoritar rejimlar mintaqaga hech qachon istiqror (stabillik) olib kelolmaydi. Chunki istiqrorsizlikning manbai bu rejimlarning o´zidir.
90-yilllarning o´rtasida bizda paydo bo´lgan islomiy radikalizm O´zbekiston Prezidenti Islom Karimovning siyosiy ektremizmi mahsulidir. Halq tarafidan qo’llab-quvvatlangan Demokratik Harakatlar ERK va BIRLIK rejim tarafidan ta´qiqlangandan so´ngra ularning o´rnini radikal guruhlar to´ldirdi. Demokratik chizgidagi gazetalar yopildi va ularning o´rnida O´rta Osiyoda Halifat davlati qurishga chorlagan varaqalar paydo bo´ldi. Prezident Karimov o´lkada Demokraik Harakatni ta´qiqlalab, o´ziga Muholifat sifatida Islomiy Harakatni tanladi.
Nega?
Chunki Demokratik Harakat muhtamal saylovlarda Karimovga qarshi kuchli raqobat tashkil qila olardi, Islomi harakatning bunday raqobat kuchi yo’q edi. Bu harakat halq ichida keng platformaga ega emasdi. “Islomiy harakat” G’arbni u bilan qo’rqitib, ko´proq pul qo’porish va asos raqibi Demokratik harakatga kurashish uchun Karimov rejimi tarafidan shishirilgan bir harakat edi.
Karimov 90-yillarning boshlarida “islom fundamentalizmi”ga qarshi Amerika va G’arb davlatlarining yordamini olish mumkinligini, ammo demokratik Harakatga qarshi kurashda maydonga faqat o´zi chiqishi lozimlgini anglagandi. Eng qo’rqinchlisi, halq Demokratik harakatni qo’llab-quvvatlashi ehtimolining yuksakligi edi. Bu ehtimolning naqadar real ekanini u 1991 yil Prezidentlik saylovlarida o´z ko´zlari bilan ko´rgan edi. Saylovda, butun hiyla va nayranglarga, byulletenlarni almashtirishlariga qaramay, ERK partiyasi 13 foyiz ovoz olganini hech unutmagandi.
Bugun, rejim halq oldida o´z obro´sini to´la yo´qotgan bir paytda, minimum erkinlik berilgan har qanday saylov rejimning halokati bolishi muqarrardir. Shu bois, Prezident Karimov saylovdan o´tdan qorqqanday qo’rqmoqda. Shu bois, u har to´rt yoki besh yilda “referendum” deb atalgan masxarabozliklarga bosh urib, o´z vakolatini uzatishga majbur bo´lmoqda. Shu boiski, u o´ziga “raqib” sifatida tanlagan prezident nomzodlarini o´ziga ovoz berdirib, dinyoga kulgi bo´lishdan ham qaytmayapti Ha, Amerikaning shunaqa bir original muttafiqi bor.
U bugun Pragaga tashrif buyurmoqda.
Missiyalaridan biri dunyoda demokratiklshmani qo’llash bo´lgan tashkilot NATO bugun demokratiyaning ashaddiy dushmanlaridan bittasini sharaflantirajak.
Ozodlikni sevgan insonlarning bosh toji bo´lgan shaxs, Vaclav Havel ham bugun har qanday ozodlikdan nafratlanuvchi bir odam bilan ayni zalda o´tirib, ma’ruzalarni eshitajak.
Bu qadim dunyoda nimalar sodir bo´lmaydi deysiz!
18.12.2002

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *