TERRORNING ILDIZINI XALQNING O’ZI KO’RSATISHI KERAK…

BBC radiosi o’zbek bo’limidan 9 oktyabr 2001 kuni berilgan davra suhbati matni
(Suhbat qisqartirilgan holda chop etilmoqda)
Radio xodimi Hamid Ismoilning savoli: O’zbekistonning Afg’onistonga qarshi AQSh boshlagan harbiy harakatlarga qo’shilishi O’zbekiston demokratik kuchlariga manfaat keltiradimi?

Muhammad Solih: Demokratik kuchlarga qanday manfaat keltirishini bilmayman, ammo O’zbekiston rahbari janob Karimovga manfaatlar keltirishi mumkin. Yaniy, janob Karimov bugun Amerikaning qo’li bilan o’zining dushmanlarini yo’q qilish imkonini axtarayapti va shu imkon, hozir menimcha, unda bor. Bu imkondan qay darajada effiktiv foydalana oladi, buni vaqt ko’rsatadi.

Hamid Ismoil: Mana, O’zbekiston ichidan qaraganda, islomiy nuqtai nazardan qaraganda, Abduquddus, sizga ham shu baho to’g’ri ko’rinadimi, yo’qmi?

Abduquddus Mirzayev: Bu voqea O’zbekistonga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

H. Ismoil: Qanday ma’noda salbiy ta’sir etishi mumkin?

A. Mirzayev: Bu harbiy harakatlar inson huquqlari ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatib, muxolif fikrlilarga nisbatan yangi tazyiqlarga sabab bo’lishi mumkin.

H. Ismoil: Savolim islomshunos olim Tolib Saidboyevga. Markaziy Osiyoga kirib kelayotgan G’arb mamlakatlari, birinchi navbatda AQSh, geostrategik kuch sifatida mintaqada Rusiya bilan raqib kuchlarga aylanadimi yoki Rusiyaning so’nggi bayonatlarini nazarda tutadigan bo’lsak, bu yerda yangi muvozanat yuzaga kelayptimi?

Tolib Saidboyev: Menimcha, yangi muvozanat yuzaga kelaypti, masalaga faqat islom dini nuqtai nazaridan emas, kengroq qarash kerak. Birinchi navbatda AQSh qilayotgan ish muvaffaqiyatli yakunlansa, yaniy, toliblar hukumati tez vaqt ichida yo’q qilinib, yangi hukumat qurilsa, bu O’zbekiston xalqi uchun, musulmonlar uchun juda katta ish bo’lardi. Lekin bu urush qanchaga cho’ziladi? Amerialiklar maqtanishayotvudi oldin, nuqta-nuqta bombardimon qilamiz-u, tez kunda g’alaba qilamiz deb, endi hozir oylargacha cho’ziladigan urush to’g’risida gap ketayapti. Mana, moskvalik siyostshunoslar hisoblashayapti, agar Afg’onistondagi urush cho’zilib ketsa, eng kamida 300 ming af’gon qochqini O’zbekiston va Tojikistonga keladi. Mana, ma’lumki, O’rta Osiyoda ancha qiyinchilik, g’alla bo’lmadi, yana 300 ming xalq kelsa, xalqning ahvoli yanada og’irlashadi. Va ijtimoyiy va iqtisodiy ahvol yanada keskinlashishi mumkin.

H. Ismoil: Boshqalarga savolim, G’arb kuchlari o’z vazifalarini u yoki bu miqdorda ado qilib, mana, Saidboyev aytganlariday, qochqinlar muammosini yuzaga keltirib, mintaqani tark etadigan bo’lsa, O’zbekiston o’zining hozirgi harakatlari garovida qolishi xavfi bormi?

M. Solih: Bizningcha, O’zbekiston oldida ikkita tahlika turibdi. Birinchisi, hurmatli olimimiz aytganlariday, qochqinlar muammosi. Mutaxassislarning aytishlariga ko’ra, Afg’onistonning shimoliy mintaqalarida, 100 mingga yaqin kishining Qirg’iziston yoki Tojikistonga va qisman O’zbekistonga qochib o’tishga shaylanayotganlari haqda xabarlar bor. Bu qochoqlarning Markaziy Osiyodagi beqaror vaziyatni yanada beqarorlashtirishi turgan gap. Amerika bizga dushmanlarimizni yo’q qilib beradi, biz esa, tennis o’ynab yurmaiz, deb xayol qilayotgan O’rta Osiyolik rahbarlar bu xomxayolga ko’p berilmasinlar, bu xavfning oldini olshni o’ylasinlar, chunki, mamlakat bugun haqiqatdan ham jiddiy xavf ostida — mamlakat ichkarisidan yanada chuqurlashuvi muqarrar bo’lgan istiqrorsizlik kelaypti xavf sifatida. Islomiy harakatga keladigan bo’lsak, albatta, undan ham xavf hali yo’q bo’ldi, Amerika u bilan hisoblashib bo’ldi, degan xomxayolga ko’p berilmaslik kerak; mantiqan olib mushohada yuritadigan bo’lsak, Juma Namangoniyning guruhi bugungi vaziyatning o’zi uchun yo hayot, yo mamot ekanligini albatta, biladi. Toliblarga qo’shilib harakat qilish va amerikalklarga va shimoliy alyansga qarshi jangga kirish — islomiy harakatni, ham askariy, ham, siyosiy jihatdan yo’q qilsh degani bo’ladi. Chunki, bu — O’zbekistonda o’zlariga tayanch deb bilgan guruhlarning hafsalasini pir qilishi turgan gap. U holda, ular o’zini O’zbekiston islomiy harakati emas, balki, Afg’oniston islomiy harakati deb, atagani to’g’ri bo’ladi, deyaotganlar paydo bo’laypti hozir ba’zi intarnet sahifalarida. Shuning uchun bu guruh O’zbekistonga kirishga urunib ko’rinishi turgan gap, xususan, Farg’ona vodiysidagi xalq orasida bo’lgan o’z hayrihohlarini yo’qotmaslik uchun ham bu fursatdan foydalanishga harakat qilishlari mumkin. O’zbekistondagi rasmiy propaganda «xalq ularni qo’llab-quvvatlamaydi», deb ming jar solsa ham, vodiydagi ahvolni ko’rgan odam, u yerdagi aholining qashshsoqlik va zulmdan «kim kelsa-kelsin, bu zulmdan, bu safolatdan bizni qutqarsin», deb turganiga guvoh bo’ladi.

H. Ismoil: Shu yerda gapingizni bo’lsak-da, vodiydan turib gapirayotgan Abduqddus Mirzayevga murojaat qilsak. Islomiy omilni oladigan bo’lsak, g’arbiy kuchlarning mintaqaga kirib kelishi, musulmon mamlakatlarining ba’zilarida raddiya namoyishlariga sabab bo’lmoqda. Xuddi shunday raddiyachilar O’zbekistonda ham paydo bo’lishi mumkinmi, islomiy guruhlar yana ham radikallashishi mumkinmi?

A. Mirzayev: Bunday xatar O’zbekistonda bo’lmasligi mumkin, hukumatning qattiq siyosati bunga yo’l qo’ymasligi mumkin. Ammo bugungi vaziayt Afg’oniston va O’zbekiston xalqlari o’ratsiga uzoq yillar davom etadigan adovat urug’ini sepishi mumkin.

H. Ismoil: Bugungi vaziyat islomning radikallashishiga sabab bo’lishi mumkinmi? Professor Tolib Saidboyev, marhamat.

T. Saidboyev: Albatta, agar urush cho’zilib ketsa, qochqinlar O’zbekistonga kela boshlasa, ayrim radikal yoshlar kuchayib o’z ta’sirini o’tkazishga harakat qilishlari mumkin. Lekin ikkinchi tomondan, menimcha, afg’on va o’zbek xalqining tarixiy va siyosiy rivoji butunlay biri-biridan farq qiladi. O’zbeklarning asosiy qismi toliblarni qo’llab-quvvatlamasa kerak, chunki, o’zbek xalqi boshqacha turmushni ko’rgan, boshqacha turmush olib borayapti va toliblarning Afg’onistonda nima qilayotganini ham biladi. Shuning uchun radikal guruhlar bo’lgani bilan, bu guruhlar keng omma orasida tarqalmasa kerak.

H. Ismoil: Hamma ham shu fikrga qo’shiladimi?

M. Solih: Bu radikal kuchlarning sonini, albatta, biz bilmaymiz. Lekin bir narsa ma’lum — og’ir iqtisodiy vaziyatda radikallashishga tayyor bo’lgan ijtimoyiy qatlam miqdori anchagina. Ammo men boshqa narsani aytmoqchiman. Mana, Amerikaliklar «terrorni ildizi bilan yo’q qilamiz», deb chiqishdi, bunga butun dunyoning katta davlatlari dastak berishmoqda, albatta, biz ham bu shiorni qo’llab-quvvatlaymiz va shu o’rinda amerikaliklarga shunday bir murojatt ham qilishim mumkin: madomiki, siz butun dunyoda terrorning ildizini qirqishga bel bog’labsiz, bizning mintaqada bu ildizlarni o’sha yerdagi xalqning o’zi ko’rsatishi kerak. Albatta, janob Karimov yoki janob Nazarboyev yoki Turkmanboshilar terrorning ildizi sifatida o’zining dushmanlarini ko’rsatayapti. Masalan, janob Karimov Juma Namangoniyni terroning ildizi sifatida ko’rsatib bo’ldi, ammo Jumaning tashkiloti terrorning ildizi emas, uning mevasi. Bu mevani yetishtirgan narsa — O’zbekistondagi o’sha rejimning o’zi, uning musulmonlarga qashi qilayotgan zulmi. Demoqchimizki, faqat Afg’onistonni bombalash bilan ish bitmaydi — terrorning ildizini unutmaslik kerak. Umid qilamizki, «terrorning ildizini yo’q qilamiz», deb maydonga chiqqan mamlakatlar buni unutmaydilar.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *