TERRORning ildizlari — totalitar rejimlardir!

Halit Qaqinch «Star» gazetasi, Turkiya
10.10.2001
Ochig’i, anglamoqqa qiynalaman. Chunki, «kumpas» teoriyalarini yoqtirmaganim kabi, voqeaga sababchi kishilarni ham taniyman. «Hurriyat» gazetasidan Yolchin Bayor O’zbekistonning surgundagi muxolifat lideri Muhammad Solihning fundamentalist terrorizmga maylli bir kishi ekanligini yozgandi. Bayor uzoq yillardan beri muxbirlik qiladi. Muhammad Solih bu iddaolarga darrov javob berdi. Bayor raddiya xatni keyingi maqolasida aynan berdi.

Oradan oz vaqt o’tdi. Bu safar Radikal gazetasi qo’pol xatoga yo’l qo’ydi: AQSh tarafidan terrorist deb e’lon qilingan 27 tashkilot va shaxs orasida Muhammad Solihning ismini ham zikr etdi. Bahsga sabab kishining Nosir Fahmi Nosir Hasanayin nomi bilan ham atalgan Muhammad Salah degan boshqa bir shaxs ekanligi ma’lum bo’lgach, gazeta o’z sahifalarida tuzatuv e’lon qilib, uzr tiladi!

Voqealar bu bilan bitmadi. Bu safar yana Hurriyat gazetasida Enis Barbaro’g’li Muhammad Solih bilan Usamo bin Ladin orasida o’ziga xos qaysarlik bilan «aloqa» qurgan maqolasini chop etdi. Barbaro’g’li yaxshi tahsil ko’rgan, ziyoliy yoshlardan bo’lib, qaysarlik bilan yana ayni xatoni aynan takrorlaganiga aqilim bovar qilmayapti, tushunolmayapman.

NAZARIMDA BU MUZAFOTNI HECH TANIMAYSIZ

Hurmatli hamkasblarim, sevimli do’stlar!..

Muhammad Solih O’zbekistondagi diktatorlik rejimi tarafidan ko’plab marotaba o’ldirishga harakat qilingan, demokrat va ziyoliy insondir. Qamoqda chirib yo’q bo’lib ketishi uchun zindonga tashlangan o’zbek adabiyoti namoyondasi Mamadali Mahmud kabi rejim tomonidan ba’zan fundamentalist, ba’zan esa KGB agenti e’lon etilib qoralashga harakat qilinmoqdadir.

Yana o’ylab adog’iga yeta olmaganim bir «mexanizm» tarafidan jamoatchilikka fundamantalist o’laroq taqdim etishga harakat qilingan Mamadali Mahmud 2000 yilining iyun oyida Amerika inson haqlari himoyachilari tarafidan Hellman-Hammet mukofotiga loyiq deb topildi… 5 aprel 2001 da esa, Amerika Yozuvchilar Jamiyati «PEN» Barbara Goldsman hurriyat mukofotini Mamadali Mahmudga berdi.

Muhammad Solih fundamentalist… Mammadali Maxmud KGB agenti… Yopiray!.. Balkim, bu xatolar yomon niyatdan emas, muzafotni yaxshi bilmasligingizdan shunday xatolarga yo’l qo’yayotganingizga yo’yib, Muhammad Solihning Osloda qalamga olgan navbatdagi maqolasiga o’rin bermoqchiman:

ISLOMIY RADIKALIZMNI O’ZLARI PAYDO QILDILAR

New Yorkdagi egizak minoralar fojiasi hech shubhasiz-ki, butun insoniyatning fojiasidir. Bu ishni qilganlar mutlaqo jazolarini tortishi kerak va tortadi ham, Ollohning izni bilan.

Terronning tomirini qirqmoq shartdir. Menga bu ibora juda yoqdi. TERORNING TOMIRINI QIRQMOQ.

Dunyoda so’nggi kunlarda juda keng tarqalayotgan ibora bo’ldi bu. Ha, terrorning ildizini quritmoq lozim. Ki, bu balo begunoh odamlarning yostig’ini quritmasin. Lekin terrorning ildizi der ekan, buni har kim o’zicha talqin qiladi, masalan, bizning O’zbekboshi Karimov «terrorning ildizi» deganda O’zbekiston Islomiy Harakatini tushunadi. Ammo bizning mintaqani tanigan har bir aqli salim inson biladiki, bu Harakat terrorning ildizi emas, uning MEVASIDIR.

O’zbekistanda tero’rning ildizi — siyosiy rejimdir. Bu ildizlarni har kun parvarish etgan, tarbiyalagan, sug’orib, o’stirgan bog’bon bizning Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning o’zginasidir. Uning o’lka bo’ylab o’tkazgan terroridan zindonlarda o’lgan va o’ldirilgan insonlar soni New Yorkdagi egizak minoralarda o’lganlarning sonidan oz emas, desak, mubolg’a bo’lmaydi.

Farqi, bu o’lganlarni sanaydigan odam yo’q, hisobini so’rab, bunga qiziqqan yo’q.

Dunyo nazdida o’zbekning joni ancha arzondir, dunyo nazdida o’zbekning ko’zyoshlari ancha qiymatsizdir…

1991 yilda O’zbekiston’da «islomiy radikalizm» degan bir narsa hech yo’q edi. Buning paydo bo’lishi uchun Karimov bechora roppa-rosa 5 yil mehnat qildi, besh yil, tasavvur qiling! U besh yil davomida davlatga oid bo’lmagan masjidlarni qahromonlarcha, xalqning ko’z oldida yiqib, yer bilan bir qildi. U besh yil davomida namoz qilgan yoshlarni hibsga oldi, yerto’lalarda qiynoqqqa soldi, o’ldirdi, quvg’in qildi.

Besh yil tanaffussiz xalqqning diniga qarshi davlatning butun imkoniyatlarini ishga solib jang qildi.

Bu besh yil davom etgan davlat terroridan keyin muslimonlar, ayniqsa, yoshlar O’zbekistondan qocha boshladilar, ularning bir qismi Tojikiston muxolifatiga qo’shilib Afg’onistonga o’tdi. Bugun o’zlarini O’zbekiston Islomiy harakati deb atagan va Amerika Prezidenti Bushning terroristlar ro’yxatiga kiritilgan qurolli guruhning o’zagi o’sha Karimov terroridan qochgan yoshlardan tarkib topgandir.

Shu bois, kamina o’tgan kuni (7 oktyabr, 20001) BBC radiyosidan gapirar ekan, Amerika Davlatiga murojaat qilib, shularni aytdim:

Muhtaram amerikali do’stlar, modomiki, sizlar Markaziy Osiyoda terrorning tomirlarini axtarayotgan ekansizlar, sizdan iltimos, bu xususda u mintaqaning xalqidan ham bir so’rab ko’ring. Terrorning ildizi qayerda, deb xalqdan bir so’rab ko’ringchi, u nima derkin?

Albatta, Karimov «mana siz axtargan terrorning ildizi», deb o’z dushmanlarini sizga ko’rsatajakdir.

Lekin Markaziy Osiyoda TERRORNING ILDIZI — TOTALITAR REJIMLARDIR.

Afg’onistanni bombalash bilan ish bitadi deb o’ylamang, Amerikalik Do’stlar. Terrorni, faqat Tolibonni yengish bilan tugatib bo’lmaydi. Chunki yana bir Tolibon bor, bu Qizil Tolibondir.

Sobiq Politburo sarqitlari QIZIL TOLIBON lar! Iltimos, ularni unutmang.

Tero’rning tomirini quritamiz deb so’z berdingiz, inshOlloh, shunday bo’lajak. Umid qilamizki, qo’lingizdagi belkurakni teran-teran urib, terrorning o’q ildizlariga yetajak va uni yana ko’karmaydigan qilib qirqib tashlaysizlar!

Muhammed Salih
(Turkiya Turkchasida)

Dunyaya bakiyorsun shair,
Yapraklarina kar yag’mish
Uzak Harezm’deki mag’rur
Ve dik bir chinar gibi.

Sen garip bir ag’ach deg’ilsin asla
Bir kuytu Prag hapishanesinde,
Bir kor atesh olarak dushmushsun
Dunyanin tam gundemine!

Ondokuz yashinda geldig’in Prag
Sovyet tanklarini tashlarken,
Sen ichin ichin duymushtun
Prag halki ichin o’zgurlug’u.

Elli iki yashinda geldig’in Pragsa
O’zgurdu, ama gechmishini unutmushtu,
Kendine az buldug’u o’zgurlug’u
Shimdi sana cho’k go’rmushtu.

19 yashinda deg’ilsin ey koja shair
Artik «Prag Bahari» da geride kaldi,
Sachlarina dushmush aklarla anlashilan
Bugun kara bir kish var Prag’da.

Anjak sen uslanmaz bir savashchisin
Geride kalan go’zu yashli halkin ashkina
Somurgeden kurtulmush, anjak bir turlu
O’zgurlug’e kavushmamish Turkistan ichin.

Dunyamiza bakiyorsun mag’rur ve dik
Bir kuytu Prag hapishanesinden,
Sen garip bir ag’ach deg’ilsin asla
Yureklerimizde hishirdiyor yapraklarin.

Timur Kojaog’lu
3 Aralik 2001, Istanbul

O’zbekchasi:

MUHAMMAD SOLIH

Dunyoga qarayapsan shoir,
Yaproqlariga qor yaqqan
Uzoq Xorazmdagi mag’rur
Va tikka yuksalgan chinordek.

Sen aslo g’arib bir daraxt emassan,
Tanho Praga qomoqxonasida,
Bir o’t bolib tushgansan
Dunyoning kun tartibiga!

O’ntoqqiz yoshda kelganingda Praga
Sovet tankalarini toshga tutgandi,
Sening qalbingda uyg’ongandi
Prag xalqining erkinligi.

Ellik ikki yoshda kelganing Praga esa
Erkin edi, lekin o’tmishini unutgandi,
O’zi uchun oz ko’rgan erk(inlik)ni
Sen uchun ko’p ko’rgan edi.

19 da emassan endi, ey Shoir
Ortiq ortda qoldi «Prag Bahori».
Sochlaringga oq tushgan bugun
Pragada esa — qora qish!

Biroq sen yilmagan bir jangavorsan
Orqangdagi ko’zi yoshli xalq uchun
Mustamlakadan qutilgan, ammo
Erkin bo’lolmagan Turkiston uchun!

Dunyomizga qarayapsan mag’rur va tikka
Sen tanho Praga qomoqxonasidan,
Sen g’arib bir daraxt emassan aslo,
Qalbimizda hilpirar yaproqlaring.

Temur Xo’ja
2001-yil, 3-Dekabr, Istanbul

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *