”UNING BOSHI 18 MILLION KRONGA BAHOLANDI…”

(Norvegiyada chiqadigan ”DAGBLADET” gazeti Muhammad Solihga qarshi uyushtirilgan suiqasd haqida)
16.05.2001
Norvegiada chiqadigan eng yirik gazetlardan biri bo’lgan «Dagbladet» Muhammad Solihga qarshi tayyorlangan suiqasd haqda «Uning boshi 18 million kronga baholandi» sarlavhasi ostida ikki sahifalik material chop etdi.

Muhammad Solih 1999 yilda «Dagbladet» gazatasiga bergan interv’yusida, deyiladi, maqolada, «Prezident Islom Karimov mening izimdan yollangan qotillarni yuborishi mumkin,» deb aytgan edi.

Chindan ham shunday bo’ldi. 1999 noyabr oyida O’zbekiston Ichki Ishlar vaziri Zokir Almatov paxta eksportyori Bahrom Mo’minoxunovdan u taniydigan chechen tijoratchilarini o’zi bilan uchrashtirishni so’radi. B. Mo’minoxunov o’zining uchta chechen do’stini Almatovning oldiga olib keldi. Bu yerda Almatovdan tashqari O’zbekiston Interpoli direktori Mahmud Hayitov ham bor edi. «Men ularning chechenlarga «sizlar Muhammad Solihni o’ldira olasizlarmi,» degan gaplaridan dahshatga tushdim,» deydi Bahrom Mo’minoxunov.

Maqola davomida chechenlarning va Bahrom Mo’minoxunovning Muhammad Solihga telefon qilib, uni ogohlantirgani, Muhammad Solih esa, hukumat tomonidan tushgan bu qotillik rejalarini fosh qilish uchun bu taklifini qabul qilish kerakligini chehchenlarga aytgani va shundan so’ng jiddiy o’yin boshlangani haqida gapiriladi. Suiqasd aprel va may o’rtalarida amalga oshirilishi lozim bo’lgan, deyiladi maqolada. Chunki, Muhammad Solih o’zining Olmoniyadagi do’stlari bilan uchrashish uchun tez-tez Olmoniyaga borib turardi. Maqola davomida Interpol direktori M. Hayitov bilan o’tkazilgan suhbatlarning yozib olinganligi va bu qotillik rejasining qanday oshkor qilingani haqda so’z yuritiladi.

O’zbekiston yangi bir Afg’onistonga aylanishi mumkin, deyiladi maqolada, vaziyat juda tahlikali. Hukumat tomonidan o’tkazilgan terrorlar natijasida radikal islomiy guruhlar paydo bo’ldi, O’zbekistondagi beqarorlik butun mintaqani o’z domiga tortishi mumkin, chunki, O’zbekiston mintaqada aholisi eng katta va muhim o’rin turugan bir o’lka, deyiladi, maqolada.

Maqola shunday yakunlanadi: «Har holda bir narsa aniq, deydi Muhammad Solih, Prezident Karimov o’z hokimiyatini imkon qadar uzoqroq saqlab qolishga urinmoqda. U o’zining siyosiy raqiblariga omonsiz va shafqatsiz ekanligini ko’rsatdi. So’nggi paytlarda bu hukmdorning kuch bilan hokimiyatdan ketkazilajagi haqdagi gap’so’zlar ko’paymoqda».

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *