«Unlilar uyg’unligi» turk qavmlarining uyg’unligidir

O’zbek tili Buyuk Turk tilining bir shoxabchasi o’laroq singarmonik til, yani unli saslarning uyg’unligiga qurilgan bir musiqiy tildir. Singarmonizm haqida, yanglishmasam, 1984 yilda (mistik shoir So’fi Olloyor se’rlari misolida) bir maqola yozgan va bu mavzuda tilchi do’stimiz Bahtiyor Isobek bilan ancha tortishgandik.

Demoqchimanki, «unlilar masalasi» bugun paydo bo’lgani yo’q. Shuningdek, bu masala 84 yilda ham, hatto 20 yillarda Jadidlar zomonida ham ilk paydo bo’lmagandi. Bu muammoni ulardan ham oldin, 16 asrda, Turkistonda «zerikkanidan» Hindistonga ketib, u yerda Imperiya qurgan andijonlik Zahriddin Muhammad Bobur ko’targandi va arab alifbosida turkchadagi unli saslarini ifodalovchi harflar yo’qligidan noligandi. (Hech shubhasiz, singarmonizm qonuniyatiga eng uyg’un alifbo O’rxun yozuvlari edi, ammo bu imlo allaqachon tarixga ko’mildi, uni qo’llashning imkoni yo’q (so’nggi ming yil ichida Turk tili fonetik va morfologik jihatdan o’zgardi). «Unlilar muammosi» Sovetlar davrida yanada chuqurlashdi. 30 yillarda Bolsheviklar tarafidan yurutilgan noto’gri til siyosati (o’zbek adabiy tilining fonetika va morfologiyasi Toshkent va Fargona shevalari ustiga qurilib, qolgan shevalar iste’moldan chiqarilgani va kiril alifbesiga o’tish) oqibatida O’zbekchada fors tili talaffuzi unsurlari kuchaya bordi va adabiy tilimiz boshqa Turk qavmlarining adabiy tilidan sezilarli darjada uzoqlashdi. 1980 yillarga kelib, O’zbekistonning rasmiy tilchilari singarmonizm o’zbekchadan borgan sari yo’qolib borayapti, chunki tilimiz taraqqiy qilmoqda, bu tabiiy jarayon, degan safsatani jamoatchilikka qabul qildirgandi. Vaholanki, singarmonizm xalq gapirayotgan tilda yashashda davom etayotgandi, u kirillcha alifbe va til nimaligini bilmaydigan tilchilarimizning talaffuzidan chiqib ketayotgandi. Lekin alifbening tilimizga begonaligi adabiy tilni xalq tilidan begonalashtira boshlagani ham to’gri edi. Bu vaziyat bugun ham o’zgargani yo’q. Aksincha, O’zbekiston hukumatining 1995 yilda tasdiqlagan «O’zbek tili grafikasi» o’zbeklarning Alifbo Labirintlarida yana bir necha yil sarson yurishiga mahkum qiladiganga o’xshaydi.

Bu hukumitining barcha sohalarda bo’lgani kabi, til sohasidagi bu tashabbusu ochiqchasiga g’ayrimilliy va g’ayrilmiydir. Uning tanlagan alifbosi biznng boy tilimizni qashshoqlashtirishga olib kelishi shubhasizdir. Mana shu qashshoqlashtirish so’zidagi «sh» harfinng qo’llanilishi, hukumat alifbosining, aniqrog’i, hukumatning basharasidagi qo’tirning o’zginasi emasmi?

Biz ERK web-sahifasida hukumatning alifbosini anchagacha ishlatib ko’rdik va shunga amin bo’ldik-ki, bu alifboni hatto uncha keng bo’lmagan auditoryada qo’llash ham til madaniyatiga zarar berishi muqarrardir. Materillarni sahifaga qo’yar ekan, birodarlarimiz qaysi so’zni qaysi harf bilan ifodalashni bilmay qoladigan bo’ldilar, hukumatning »yangi alifbosi» shu qadar rasvo!

Biz bu kichik tajribadan kelib chiqib, o’zbek tiliga maksimum uyg’un bir alifbo tuzish va uni loaqal, hozircha, ERKning internet sahifasida ishlatib turishga qaror qildik. Bundan maqsadimiz faqat ERK sahifasini saviyali qilish emas, albatta. Bundan ikkita asos maqsadimiz bor.

Burunchisi, tilimizning singarmonik xususiyatini muhofaza qilish haqadar dolzarb masala ekanini avvalo o’zbek, keyin boshqa turk qavmlarining jamoatchiliklariga xotirlatish. Bu «yangi alifbo» bilan, bugun davom etayotgan Turk qavmlari lahchalarining tahlikali uzoqlashuvini bir oz sekinlashtirish uchun ilk amaliy tashabbusni boshlash.

Biz qo’llanishga qaror berganimiz Yangi Alifboga 1939 qabul qilingan kirillcha o’zbek alifbosiga kiritilmagan 3 ta g’oyat muhim unli tovush harf kiritildi:

1) Bu o’lim, o’pka, o’lka so’zlaridagi o’. Bu o’rtoq, o’tloq, o’roq dagi o emas.

2) Ustida nuqtasiz I harfi, ism, isiriq, istak dagi i. Bu iymon, musiqi, haqiqi so’zlaridagi i emas.

3) Ustida ishoratli u, bu harf ustiga ustak, unli, undosh, tushmoq, tuslanmoq, Urganch , uka, tashabbus so’zlaridagi u. Bu usta, uchmoq, uchqun so’zlaridagi u emas.

Eski kirill alifbosi va hukumatning yangi lotin alifbosida har xil tovushli so’zlar bir xil harflar bilan belgilanib, tilda unli saslar deformatsiyasini chuqurlashtirayapti.

Ikkinchi maqsadimiz, alifbomizni boshqa Türk qavmlari alifbosiga yaqinlashtirish, ular bilan madaniy aloqalarning tamalini hech bo’lmasa alifbo birligi bilan mustahkamlashga tashabbus qilish. Ya’ni, maqsadimiz hukumatning o’z alifbosidan ko’zlagan maqsadlarining tom teskarisi.

Balki bu alifbo Turklarning Birligi kabi buyuk xayolning ilk pog’onalariga qo’yilgan ilk odim bo’lar. Har holda, bu Turk davlatlarining intefratsiyasiga qo’shilgan juda kichik, ammo real hissa bo’lar, deb umid qilamiz.

P.S. Bu alifboda 1939 yildan beri qo’llanilib kelgan kirill alifbosidagi «tsirk» so’zining boshida keladigan «TS» sasini beruvchi bir harfdan tashqari barcha harflar mavcud. TS harfini «s» harfi bilan ham bemalol ifodalasa bo’laveradi, biz «TSIRK» deganda ruslarga o’xshab talaffuz qilishga mahkum emasmiz.

Özbek turkçæsi alifbasining latindagi layihæsı

Latin       Kirill

1) A (a) — O (o) oq, osmon, odæm, obodonchilik sözlæridægi o;

2) A (æ) — A (a) ustida ishoratli a, ædæbiyat, æjoyib, ægær so’zlæridegi “æ”;

3) B (b) — Б (б);

4) C (c) — Ж (ж) jænub, jævob, jænob sözlæridægi j (c);

5) Ç (ç) — Ч (ч) chækænæ, chevær, chiraq sözlæridægi ch, quyruqli C;

6) D (d) — Д (д);

7) E (e) — Э (э);

8) F (f) — Ф (ф);

9) G (g) — Г (г);

10) Ğ (ğ) — F (F) g’æzæb, g’æzæl, g’oz sözlæridægi g’;

11) H (h) – X (x);

12) X (x) — X (x) qalin h, halq, hatin, æhlaq, hulq, huddi;

13) İ (i) — И (и), iyman, iyæk, it;

14) I (ı) — kirill alifbasida bu hærf yöq edi. Bu nuqtasiz i. Gul isi, ismæt, istæk, imi-cimida, ima-isharæ, isiriq sozlæridægi «i»;

15) O (o) — Ў (ў) örtoq, örtaboy, öt (mæysæ, olov) sözlæridæ o’;

16) L (l) — Л (л);

17) M (m) — М (м);

18) N (n) — Н (н);

19) Ö (ö) — У (y) ustidæ ikki nuqtali ö, ördæk, öchirmoq, ölim (væfat etmak), bu hærf kirill alifbosida yöq edi;

20) P (p) — П (п);

21) R (r) — Р (р)

22) Q (q) — Ķ (ķ);

23) S (s) — C (c);

24) Ş (ş) — Ш (ш) shæmol, shæræf, sharq sozlæridægi sh;

25) T (t) — Т (т);

26) U (u) — У (y) uchuvchi sozidægi “u”;

27) Ü (ü) — ustidæ ikki nuqtali u, üch (raqam), üst, ünli yozuvchi, ünli tovush sözlaridæ qollaniladigæn “ü“;

28) V (v) — В (в);

29) Y (y) — Й (й);

30) Z (z) — З (з);

Izah: Kirilldægi mustaqil ieorglif hærf bilæn belgilængæn Ё (Yo), Ю (Yu), Я (Yæ) tovushlari, körib turgæningizdek, ikkitæ hærfning qöshilishi bilæn yæsælædi. Bu tilimizning qonuniyatigæ mos kelædi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *