YO’LCHI — KARIMOV, XONCHI* — SOLIH

* (Xon — Onado’lu turkchasida karvonsaroy. Karimov karvonsaroyda mehmon — ketuvchi, yo’lchi. Muhammad Solih — saroyning sohibi demoqchi)

Hadi ULUENGIN
Turkiyada chiqadigan «Hurriyet» gazetasi
27. 03.2002
Birinchi voqea: O’zbekiston O’rta Osiyodagi eng muhim mintaqaviy kuch.

Nafaqat 25 milyonlik nufuzi va nisbiy harbiy kuchi bilan, ayni paytda va balki aynan shu o’ga-ini, «og’aynigarchilik»lari tufayli.

Chunki, mavjud sun’iy chegaralar etnik jo’grofiya bilan hech mos kelmasligi sababli, ham Turkmaniston, ham Xitoy Xalq Jumhuriyati tarkibida qolaytgan Sharqiy Turkiston, hamda Qozog’istonning Chimkent aholisi o’zbekchaning asosini tashkil qiluvchi chag’atoy turkchasida gaplashmoqdalar.

Bularga yana Tojikiston va Afg’onistondagi birqancha mushtarakliklarni qo’shmoq kerak.

Mintaqadagi o’lkalar bugun, Toshkent despoti Islom Karimovning yuqorida zikr etilgan ana shu kuch va «og’aynichilik»lardan foydalanib o’zlariga «ola qarashidan» chekinmoqdalar. Va bu o’lkalarning tashqi ittifoqlarga yo’nalishini, hamda, masalan, qozoq Nazarboyevning qizini qirg’iz Akayevning og’li bilan boshini biriktirib «xonadon sulolasi» qurishini O’zbekistonga qarshi «himoya refleksi» o’laroq tushunmog’imiz kerak.

* * *

IKKINCHI voqea esa shu: Karimovga qaramasdan xalqaro «real politik» O’zbek’ston kabi regional kuch bilan «yaxshi», kamida «normativ» munosabat qurishni shart qilib qoymoqda.

Ham boshqa o’lkalar uchun, hamda tabiiy ki Tukiya uchun.

Ustiga ustak, shunisi aniqqa o’xshamoqda-ki, sog’ va so’li aniq bo’lmagani uchun yaqin kelajakda nima qilishi taxmin etilishi ham, Moskvaga nisbatan qo’lida qarta tutmoq uchun Vashington-Anqara-Tel Aviv chizgisida oyin oynayotgan Toshkent diktatori 11 sentyabr voqealaridan song AQShning regionda joylashishidan ham foydalanmoqda.

Karimov, Jazoir misolidagi kabi, o’z zulmidan qochgan «norozi»larning («suvga chokayotgan ilonga yopishar» qabilida) Farg’ona vodiysidagi islomiy harakatga qo’shilishidan foydalanib, boshida turgani ijtimoiy-fashistik oligarxiyani «dunyoviy tuzumning qal’asi», deya xalqaro maydonda qimmatroq pulashga harakat qilmoqda.

* * *

MAYLI, e’tirozim yo’q. Uchunchu voqea shudir-ki, davlat siyosatining sovuq haqqoniyati (hayhot!) ko’pincha jamiyatda qabul qilingan axloq mezonlariga zid keladi.

Shu sababdan ichimizdan lan’atlasak ham Karimovli O’zbekistonni «qo’llab quvatlaylik». Ammo «qo’llab quvvatlash» boshqa, qo’llab quvvatlash boshqadir!

Boshqa bir ibora bilan aytganda, «qo’y bo’lmagan joyda echkiga Abdurrahmon Chalabiy derlar» (Onadoli turklarida qo’llaniladigan maqol) misoli Anqara ham Toshkent bilan olib borayotgani dialoglarda biroz AB (Avropa Birligi) poytaxtlarining Anqara bilan ol’ib borayotgan munosabatlaridan o’rnak olishi kerak.

Ya’ni, «real politik» yondoshuvga qaramay, Islom Karimovga «yana ham ko’proq demokratiya, yana ham ko’proq erkinlik» deb iloji boricha bosim qilishimiz kerak. Va bu shart…

Qaysidir ma’noda, qo’ldan kelgancha, u yerning «tashqi dinamikasi» rolini bajarishimiz shart.

Madomiki o’zimizni Turk dunyosining eng demokratik o’lkasi deb hisoblayotgan ekanmiz va hatto baz’an «akalik» qilishni istayotgan bolsak, buni quruq gapda emas, amalda ko’rsatishga ma’sulmiz.

Bu — Ismoil Gaspiralining «Jadid» harakatidan Ziyo Go’kalp (Turkchilik g’oyasi ideologi)ning «Turon» utopiyasiga qadar so’nggi tahlillarda musbat demokratik hamla bo’lgan Turkchilikka bo’lgan bir qarzimizdir.

Tashkentdagi inson huquqlari raportlarini ham bundan so’ngra Brussel, Vashington, Moskvada emas, to Akayevlarga qibla bo’lgan Istanbulda nashr etilishi uchun yengimzini shimarmog’imiz kerak.

* * *

VA, aslida kelgusidagi «real politik»aga kiruvchi yana bir ma’suliyatimiz ham bor. Biz turkchilikda juda nodir munavvar-siyosatchi o’zbek muxolifati lideri Muhammad Solih boshchiligidagi, Osiyo jog’rofiyasining ozodlik kurashchilarini ham qo’llab quvvatlashga majburmiz.

Rahmatli O’zalning (Turkiyaning sobiq Prezidenti) harakat qilgani kabi, ularni qollab qo’ltiqlamoqqa mukallafmiz.

Kun kelib, davron do’nib (aylanib), Anqara uch marta mamlakatdan chiqarib yuborgani uchun Ovrupo surgunida yashayotgan Solih O’zbekistonga qo’ngan uchqichdan Prezident sifatida chiqishi mumkin.

Bilaylik-ki, turk olami dohil, asta sekin yangidan bino bo’layotgan bu dunyoda Islom Karimovlar ertami-kechmi yolchi bo’lishadi, Muhammad Solihlar esa — xonchidir.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *