Yo’lnâma

(“Ozodlik” Radyosi o’zbek bo’limi )
Yozgan va o’qigan: Temur Xo’ja
29.03.2002

Ochilish: Hurmatli tinglovchilar!

O’zbekistonning muxolif rahbarlaridan Muhammad Solihning “Yo’lnâma” nomli turkcha asari yaqinda İstanbulda nashr etildi. Bundan ilgari, 2000-inchi yilda o’zbek tilida chet ellarda nashr etilgan “Yo’lnâma” bu gal turk tilidagi tarjimasi bilan Turkiyadagi kitobxanlarga taqdim etilyapti. Bu kitob hali bir hafta ilgari kitabchilarda sotuvga chiqqaniga qaramay, uning haqida Turk matbuotida taqrizlar yozila boshlandi. Endi, bu haqda Istanbuldagi kasbdoshimiz Temur Xo’ja ma’lumot beradi.

Ovoz: Hurmatli tinglovchilar! Shoir va siyosiy arbob Muhammad Solihning bundan ikki yil oldin o’zbek tilida yozgan “Yo’lnâma” nomli asarini turk tiliga Mahmud O’zbek nomli bir kishi tarjima qilgan. Turkiyada keng tanilgan “O’tuken” nomli nashriyot uyi tamonidan chop etilgan “Yolnâma: Erkinlik Kurashi” nomli 326 betlik kitobda, Muhammad Solihning 1960 bilan 1993-nchi yillar o’rtasida O’zbekiston va boshqa joylarda o’z ko’zi bilan ko’rib, jonli guvoh bo’lgani turli siyosiy voqealar, uchrashuvlar va o’ylar haqida tafsiliy ma’lumat berilmaqda. Kitobning orqa muqovvasida “Muhammad Solih bugun ellik uch yoshda, uning aytishicha, bu 53 yilning 7 yili enasi aytib bergan ajib afsânalar soyâsida o’tgan. Qolgan 17 yili Sovet maktablarida isrof qilingan, 13 yili ijara uchun uy izlashga xarjlangan, 7 yili siyosatga qurbon qilinib, yana 9 yili surgunda kechgan. Ne go’zal taqsimot!” deb yozilgan. Kitobning boshida Anqaradagi G’oziy Universiteti Turkologiya professo’ri Ahmed Ercilasunning “O’sha kechadan bugungacha” sarlovhali maqolasiga o’run berilgan. Professo’r Ahmed Ercilasun 1986-nchi yilda Toshkentdagi bir yig’ilishda Muhammad Solih va boshqa o’zbek ziyolilari bilan qanday tanishganligi va o’tkazgan samimiy suhbatlari haqidagi taassuratlarini kitabxonga bildiradi. Turk olimi Ahmed Ercilasun mazkur maqolasini “Muhammad Solih endi 50 yoshini chet ellarda o’tkazgan paytlarida, o’z xalqi uchun kurashini davom ettiryapti” deb, yakunlaydi.

Muhammad Solihning bundan ikki yil ilgari o’zbek tilida nashr etilgan ”Yo’lnoma” kitobi haqida oldingi suhbatlarimizning birinda ma’lumat berganligimiz uchun, endi mazkur asarning Turkcha tarjimasi ustida alohida to’xtalmaymiz. Lekin, “Yo’lnoma”ning turkcha tajimasi o’tgan hafta oxirida sotila boshlaganidan keyin kuni-kecha “Hurriyat” gazetasida bitta kitob taqrizi chop etildi. Hurriyat gazetasi muharrirlaridan Hadi Uluengin “Muhammad Salih Bilan” degan sarlavha ostidagi maqolasi boshida, “Qarshimda turgan odam shoir. Biroq u shoir kabi bir shair. Qarshimda turgan kishi ziyoli. Biraq, u ziyoli kabi bir ziyoli” deya Muhammad Solihning ham shoir hamda ziyoli tomanlarini gazetxonga tanishtiradi. Turk jurnalisti Hadi Uluengin mazkur moqalasi davomida, Muhammad Solihning ham mustaqillik hamda demokratiya borasida O’zbekistonda olib borgan siyosiy kurashi haqida qisqacha ma’lumat bergandan so’ng, maqolasi oxirida Turkiyani Muhammad Solihga yetarli e’tibar bermaganlikda tanqid qiladi. “Bundan keyingi maqolalarimda, — deb yakunlaydi turk jurnalisti Hadi Uluengin, — Muhammad Solihning o’z vatanidan uzoqda turishining oldini olish uchun Turkiya va biz turklarning nimalar qilishi kerakligi tog’risida alohida to’xtalaman.” Hadi Uluenginning yozishicha, turkiyali jurnalistlar va ziyolilarning Turkiya tashqarisidagi turli turkiy mamlakatlar va u yerlardagi siyosiy o’zgarishlarga ko’praq e’tibar berishlari zarur.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *