Zindondan reportaj

BBC O’zbek xizmati
04.05. 2002

Oldin ma’lum qilganimizday, BBS radiosinig o’zbekcha eshititishlar bo’limi O’zbekiston qamoqxonalaridan reportajlarini berib bormoqda.

Qamoqxonalardan reportajning bu galgi suhbatdoshi O’zbekiston Islomiy harakatining matbuot voizi Zaniddin Asqarov edi.

Suhbatlarni har galgiday BBS «Yangi mediya» xodimi Abdulhamid Ismoil olib boradi.

Abdulhamid Ismoil: Mana 16 fevral portlashlari gumondorlari ustidan mahkama o’tkazildi. Siz o’zingizni va O’zbekiston islomiy harakatini uning matbuot kotibi sifatida bu portlashlarga aloqasi yoq, degandingiz bu mahkamada. Bu aytganlaringizni mana uch yil o’tgandan keyin qamoqda o’tirib ham ayta olasizmi?

Zayniddin Asqarov: Shu gapimni hali ham takrorlayman.

Abdulhamid Ismoil: Nima uchun?

Zayniddin Asqarov: Chunki, portlashlarni oldindan bilmaganmiz. Bir paytlar Tohir Yo’ldosh, Jumabay Namanganiy va Muhammad Solihlarni chet davlatlarda ko’rganim uchun Istanbuldan ushlab kelishdi. Bu portlashlarda bu odamlarnig aloqasi yo’q edi. Mening aybim yo’q emas, aybim bor, bunga yarasha jazo oldim, ammo portlashlarga aloqam yo’q edi. Buni mahkamada ham aytgandim, buni ular ham tasdiqlashgandi.

Abdulhamid Ismoil: Aybingizni nimada deb bilasiz?

Zayniddin Asqarov: Aybimni mustaqil O’zbekiston hukumati va uning rahbari I. A. Karimovga qarshi qurolli kurashmoqchi bo’lganlarga moddiy yordam berganman.

A. Ismoil: Mana sizlar — O’zbekiston islomiy harakatidan bir guruh odam qamoqqa olindingizlar. Tashkilotingiz bu bilan zaiflandimi yoki kuchlandimi?

Z. Asqarov: Endi uch yildan bu yog’iga xabarni bilmayman. Lekin o’sha paytdagi fikrlarga ko’ra ancha zaiflangandi. Ancha kuchsizlangan, chunki, asosiy odamlari qamoqda o’tirishibdi. Oldingidan ancha susaygan deb tushunaman.

A. Ismoil: Bu yerda 159 modda bilan qamalganlarga boshqacha munosabat qilishadimi yoki hamma qatorimi?

Z. Asqarov: Munosabat deyarli hamma qatori, ba’zilariga hurmat-ehtirom ham yaxshi. Ba’zi kishilar o’zining adashganligi yetmaganday, boshqalarni ham yo’ldan urib, propaganda qilishadi, bu yerda ana o’shalarga jazo beriladi. Davlatga qarshi va yoki zonada unaqa-bunaqa ishlar qilamiz, degan propaganda ishlarini olib borishmasa, hech kim biz bilan ishi yo’q bu yerda. Mana, men xohlasam, namoz o’qiyman, xohlasam, kitob o’qiyman, yuraman kuni bilan. Mana, men O’zbekiston islomiy harakatining oldi odamlaridan biri edim. Menga munosabat shunaqa bo’lsa, boshqalar bilan hech kimning ishi yo’q bu yerda. Mana bu yerda biz odamlarga tushintirayapmiz, davlatimiz dinga qarshi bo’lganida bizni bunaqa qilib, tutib o’tirmasdi. Jazo olgan kishilarni borib so’radik, yuzga yaqin kishi bor bu yerda 159 modda bilan qamalgan, hammasi qoidani buzishgan yoki birovlarga tan jarohati yetkazishgan. Jazolari o’sha uchun berilgan.

A. Ismoil: Mana bu yerda namoz o’qishga imkon bormi?

Z. Asqarov: Cheklanganligi bor bu yerda. Masalan, azon chaqirib, namoz o’qimaymiz, har kim o’zi yakka-yakka oqib yuraveradi. Mana men o’tirgan joyimda namozimni o’qib yuribman. Menga nimaga bunaqa qilasan, degan odam yo’q bu yerda. Bu yer ko’cha emasku, jomiyga borib, o’n ming odam bilan namoz qilsak. Bu zonada hech kimni shikoyt qilishiga o’rin yo’q, deb o’ylayman bu masalada.

A. Ismoil: Hizb-ut-tahrir bilan munosabatlaringiz qanday edi o’sha paytlari? Bu tashkilot sizlarga hamfikirmidi?

Z. Asqarov: Biz ular haqida 1988 yildan boshlab, ularni kitoblarini o’qigandik. Bizning ulomalarimiz Abduvali qori aka yoki Rahmatulloh qori aka bu tashkilotning tagini surishtirib, Iyordaniyaning maxsus xizmatlariga bog’liqligini bizga aytishgandi. Arab davlatlarining boshqa davlatlarni mustamlaka qilish uchun qilayapgan yo’llari deb bizga tushincha berishardi. Biz chet ellarda bu tashkilotnig nufusi ham yo’q va bular faqat varaqa tarqatish bilan chegaralanib qolishgani uchun biz e’tibor ham bermagandik. Keyinchalik norasmiy uchrashuvlarimizda ham bu tashkilot bilan nizolar kelib chiqqandi. Hatto Tohir Yo’ldosh bir suhbatda, “Agar biz O’zbekistonni oladigan bo’lsak, birinchi bo’lib Hizb-ut-tahrir harakatini yo’qatamiz,“ degandi.

Bu yerda ham ularning kattalari bilan uchrashdim, islomiy tushunchalar bo’yicha tortishib, ualrning noto’g’ri yo’lda ekanliklarini aytib berdim. Qo’limdan kelgancha ualrni tog’ri yo’lga solishga harakat qilib kelayapman.

A. Ismoil: Rahbariyat haqida va jumladan, Tohir Yoldosh haqida ba’zi gaplar yuradi. Aytishlaricha, T. Yoldosh o’z yoliga, J. Namangoniy o’z yo’liga deyishadi. Ularning orasida biron ziddiyat bormidi yoki Jumaning Tohirga bo’yinsunishi aniq bir holmidi?

Z. Asqarov: Tashkilotning umumiy rahbari Tohir Yoldosh edi. Uning harbiy ishlar yordamchisi, ichki ishlar yordamchisi va vazirlari bor. Juma Namangoniy qurolli kuchlar bo’yicha qo’mandoni hisoblanadi. Ularning orasida hech qanday ziddiyat yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. Agar bular ziddiyat qiladigan bo’lsalar, ulardan yuqorida o’zlarining sho’rosi bor. Bu maslahatchilar kerak bo’lsa, Tohir yoki Jumaboyga jazo berishga tayyor odamlardir. Jumaboy o’z shaxsiy ishlarida o’ziga erkinlik berilgan, ammo diniy ishlarda Tohirga bo’yinsunishga majburdir. 16 fevral portlashlari Usama Bin Ladin yoki Tohirnig maslahati emas edi. Bu Chechennistondagi Hattobnig maslahati edi. Uning yoniga borilib, maslahat qilingan ammo u bizlardan so’ramasdan boshlab yuborgan bu ishni va inqirozga uchradi bu ishlar. Bu kutilmagan bir holat bo’lib qoldi. Aslida, 2000 yilda bu harakat O’zbekistonning hamma tamonidan kirib kelib janglar boshlab yuborish planini tuzib chiqqandi. Bu maqsadni 16 fevral portlashlari buzib yubordi. Men sudda ham aytganman bu haqda, yana qaytarib aytaman: bu portlashlarga Muhammad Solihnig yoki Tohir Yoldoshning aloqasi yo’q. Bu tamoman Chechenistondan boshqarilgan ish edi. Bu masalada sudlanganlar ham aytishdi bu to’g’rida. Ular hatto bir-birlarini ham tanishmaydi. Bu portlashlarning ichini chuqur o’rganishmadi va natijada Islomiy harakat va Muhammad Solih bu ishlarning homiysi deb e’lon qilindi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *